"Milan" Modrich yordamida "Real" azosi bilan muzokara o'tkazmoqda
18 iyu 20:10
Yangiliklar
"Milan" Modrich yordamida "Real" azosi bilan muzokara o'tkazmoqda
"Milan" "Al Hilol"ga ketgan Teo Ernandes o'rniga "Real" chap qanot himoyachisi Fran Garsiyani sotib olishi mumkin.
AS xabariga ko'ra, Milan klubi 25 yoshli ispaniyalikning agenti bilan allaqachon muzokaralar olib bormoqda. Qayd etilishicha, transfer "rossoneri"ning yangi futbolchisi va "Real" afsonasi Luka Modrich tomonidan maqullangan. Xorvatiyalik futbolchi yangi klubini transfer ishlarida qo'llab-quvvatlab turibdi.

"Real" yaqinda "Benfika"dan Alvaro Karrerasni safiga qo'shib olgandi. Demak, endi Garsiya boshlang'ich tarkibdagi joy uchun u va Ferlan Mendi bilan kurashishi kerak bo'ladi.
Garsiya o'tgan mavsum "Real" libosida 54 o'yinda qatnashib, 1 ta gol urdi va 5 ta golga assistentlik qildi.
O’xshash yangiliklar
02:57
La Liga. Mbappe va Rodrigoning goli "Real"ga mehmonda "Alaves" ustidan g'alabani taqdim etdi 19
championat.asia
Аргентина ЖЧ-2026дан четлатилиши мумкин
Ла Лига. Рафиньянинг дубли "Барселона"га "Осасуна" устидан ғалабани тақдим этди
Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди
ФИФА Туркий давлатлар Кубоги. Қулоққа қандай эшитилади?
Fikrlar