So’nggi yangiliklar

16:38"Барселона" АПЛ жамоаси ҳимоячисининг трансфери бўйича музокара олиб бормоқда  1 16:10"Шўртан" ҳимоячиси "Андижон"га ўтди  2 15:47City Football Group Ҳиндистон клубидаги улушини сотди  0 15:23"Ўйлашимча, ЖЧда гуруҳдан чиқамиз" — Анзур Исмоилов  4 15:18Суперлигадаги трансферлар бир саҳифада  13 14:59Андрей Шипилов "Андижон" футболчисини "Қўқон-1912"да кўрмоқчи  1 14:36Ўзбекистон футболчилар уюшмасининг 2025 йилги бош ассамблеяси ўтказилди  0 14:15Эргашев "Навбаҳор" билан хайрлашди  2 13:52Суперлига интенсивлигини ошириш масаласида IFAB билан расмий келишувлар бошланди  1 13:25"Хоразм" ҳимоячиси жамоа билан ҳамкорлик қилишда давом этади  1 13:01"Барс" "Насаф" собиқ футболчисига қизиқмоқда  0 12:34Марлен Чобанов Ироқ чемпионатига йўл олди  1 12:13"Хоразм" етакчиларидан бири билан шартномани узайтирди  1 11:05"Реал Мадрид" ПСЖ футболчисига 90 миллион евро беришга тайёр  0 10:41"Динамо"дан навбатдаги юриш. Жамоа Буркина-Фасо терма жамоаси футболчиси билан шартнома имзолади  8

Ixtiyor Toshpo'latov: "Afsuski, o'z oldimizga qo'yilgan vazifani bajara olmadik" Yangiliklar

Ixtiyor Toshpo'latov: "Afsuski, o'z oldimizga qo'yilgan vazifani bajara olmadik"

Yakunlangan mavsum Bekobodning "Metallurg" klubi 10-o'rinni qo'lga kiritdi.

Xo'sh, Superliganing 2022 yilgi mavsumidan jamoa futbolchisi Ixtiyor Toshpo'latov qanday fikrda? Futbolchi bilan bog'lanib, mavsum yakunlari bo'yicha fikrlariga quloq tutdik. 

"Yakunlangan mavsumdan unchalik ko'nglim to'lgani yo'q. Aytalik, jamoamiz o'z oldiga qo'ygan vazifani bajara olmadik.  "Metallurg" uchun bu mavsumni yaxshi o'tkazdi. Hech bir jamoadan ortda qolganimiz yo'q. Biroq yuqorida aytganimdek, o'z oldimizga qo'yilgan vazifani bajara olmadik. 

Ispaniyalik mutaxassislar kelib, jamoa o'yinini ancha yaxshi tomonga o'zgartira oldi. O'yinlarimiz yanada mazmunli bo'ldi. O'yin tomonlama hech bir jamoadan ortga qolganimiz yo'q. 

"Metallurg" bilan shartnomam yil yakunida nihoyasiga etadi. Hali yangi shartnoma bo'yicha gaplashganim yo'q. SHu bois kelajagim borasida biror bir fikr ayta olmayman.

Bilasizmi, yakunlangan mavsum ancha qiziqarli va kurashlarga boy o'tdi. CHempionlik uchun kurash so'nggi turga qadar davom etdi. Qolaversa, bir nechta jamoalar unga davogarlik qildi. Avvalgi mavsumlarda bu masalani mavsum yakuniga etishiga 3-4 tur qolganda aniq bo'lardi. 2022 yilda esa raqobat 26-turga qadar bo'lib, barchani diqqat-markazida bo'ldi", - deya so'zini yakunladi Toshpo'latov.

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика