Ivica Olich: "Bavariya" qiziqayotgan bo'lsa, bu Fayzullaevning darajasidan darak"
06 fev 2024 20:24
Yangiliklar
Ivica Olich: "Bavariya" qiziqayotgan bo'lsa, bu Fayzullaevning darajasidan darak"
CSKA va "Bavariya" klublari sobiq hujumchisi Ivica Olich "armiyachilar" yarim himoyachisi Abbosbek Fayzullaevning ehtimoliy transferi haqida fikr bildirdi.
"Bavariya"ning Fayzullaevga qiziqayotgani to'g'risida aniq malumotga ega emasman. Agarda myunxenliklar uni kuzatayotgan bo'lsa, bu uning darajasidan darak. Ammo u nafaqat bir nechta o'yinda, balki mavsumlar davomida o'zini ko'rsatishi talab qilinadi. Ana shundan so'ng, nafaqat "Bavariya" balki boshqa katta klublarning qiziqishi haqida jiddiy gaplashish mumkin bo'ladi. Abbosbek sifatli futbolchi ekanligini sezish qiyin emas. U O'zbekistondan kelib, juda tez CSKAning asosiy tarkibiga kirib oldi. O'zining yuqori darajadagi futbolini ko'rsatishi uchun unga ortiqcha vaqt ham talab etilmadi. Agar shu ruhda davom etsa, yaqin kelajakda uning stoliga ko'plab takliflar kelib tushadi", — dedi Olich.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
ОЧЛ 2 плей-офф босқичига қуръа ташланди: Роналду етакчилигидаги "Ал Насср" "Арқадағ" билан ўйнайди
Тимур Кападзе дунёнинг энг кучли мураббийлари орасида кучли ўнликка кирди!
АПЛ. "Арсенал" "Астон Вилла"нинг ғалабали сериясига нуқта қўйди. МЮ аутсайдерни мағлуб эта олмади
Роналду кетма-кет учинчи марта Яқин Шарқда йилнинг энг яхши футболчиси бўлди
Fikrlar