So’nggi yangiliklar

17:05Ўзбекистон Суперкубоги: дебютант “Нефтчи” саккизинчи жамоа, рекорд “Пахтакор”да  1 16:49"Футбол олами". 3-турдаёқ илк истеъфо  0 16:29Аёллар ўртасидаги Осиё кубоги. Ўзбекистон чорак финалда Жанубий Кореяга йирик ҳисобда мағлуб бўлди  12 15:35Ўзбекистон Суперкубоги–2026: Бердиев рекордчи, рўйхатда хорижлик мураббийлар ҳам бор  1 15:25"Имишли" — "Сабаҳ". Таркиблар маълум  0 14:50Ким Мин Же "Бавария"ни А Серия топ клубига алмаштириши мумкин  1 14:28Ўзбекистон Суперкубоги. Тарихдаги илк учрашув ва қолган тўқнашувларда қандай натижалар қайд этилган? Кимлар майдонга тушган?  2 13:36"Интер" Саудия Арабистонидаги ўйинчига кўз тикди  1 12:48Суперлиганинг 3-туридаги ҳакамлик таҳлили: "Пахтакор" – "Навбаҳор" ва "Насаф" – "Динамо" ўйинларидаги хатолар ҳамда баҳсли қарорлар  18 12:17Мауро Бразил — Суперлигада дебют қилган илк уругвайлик футболчи  5 11:52Эндрик "Реал"даги келажаги ҳақида қарор қабул қилди  12 11:15"Интер" "Рома" юлдузини трансфер қилмоқчи  1 10:40Расмус Хойлунднинг "Наполи"даги келажаги маълум  1 10:12Спалеттининг "Ювентус"даги келажаги маълум  1 09:43"Ливерпуль" "Реал"дан икки ўйинчини 120 миллион еврога сотиб олиши мумкин — TEAMtalk   12

Ivan Yosovich Qo'qondagi futbol muhiti, mehmondo'stlik va Nemanya Vidich haqida Yangiliklar

Ivan Yosovich Qo'qondagi futbol muhiti, mehmondo'stlik va Nemanya Vidich haqida

"Qo'qon-1912"ning yangi o'yinchisi Ivan Yosovich bilan suhbatlashdik.

- Bizning chempionatda ko'plab serb futbolchilari to'p tepishgan. Siz bu haqda bilarmidingiz?

- Bu erda to'p tepgan ko'p futbolchilarni bilaman. Serblardan hozir Superligada o'ynayotgan barchasini bilaman, Raevac va Jokichlar esa mening do'stlarimdir. Bundan tashqari, bu erda mening "Surxon"da o'ynayotgan do'stim Husniddin G'ofurov ham bor. Biz 3 yil oldin Serbiyada birga o'ynaganmiz. U O'zbekistonda menga ko'p yordam beradi.


- "Qo'qon-1912"ga o'tishingiz qanday kechdi?

- Murabbiy mening o'yinlarimni kuzatgan ekan va shu sababdan meni jamoasiga taklif qildi.


- "Qo'qon-1912"ga keldingiz. Umuman klub va O'zbekiston haqidagi dastlabki taassurotlaringiz qanday kechdi?

- Ilk kunlardanoq odamlaringizning mehmondo'stligi meni hayratga soldi. Mamlakat juda go'zal va aytishim mumkinki, bu erda o'zimni yaxshi his qilyapman.



- Yangi jamoangizdagi ilk o'yinlaringiz haqida nima deya olasiz?

- Taassurotlar juda zo'r va chempionatni g'alaba bilan boshlaganimiz juda muhim. Men stadiondagi muhitdan tasirlandim, muxlislar "Qo'qon-1912"ni sevishadi va bizni ajoyib tarzda qo'llab-quvvatlashadi. SHu bilan birga biz ham maydondagi harakatlarimiz orqali buni qaytarishga harakat qilamiz.

SHaxsan men Qo'qonga kelgan kunimdan boshlab jamoaga moslashib ketishga harakat qilyapman va shuni aytishim kerakki, jamoadagi do'stlarim ajoyib va meni juda yaxshi qabul qilishdi.


- Murabbiylar, jamoadoshlar va moslashish jarayoni qiyin bo'lmayapdimi?

- Moslashish vaqtni talab qiladi. Hamma narsa yangi, ammo aytmoqchi edimki, bu er zo'r va men o'zimni uydagidek his qilyapman. Bosh murabbiy Baxtiyor Ashurmatov boshchiligidagi jamoa zo'r ish olib bormoqda va buni jadvalda ham ko'rish mumkin.


- Hozir koronavirus tufayli futbol to'xtab qolgan. Hozirgi paytda nimalar bilan mashg'ulsiz?

- To'g'risini aytganda bu qiyin, mashg'ulotlar va chempionat to'xtatilgan, hamma narsa yopiq. Oilam bilan bo'la olmayapman va bu juda og'ir. Qo'qonda men Raevac va Bamba bilan mehmonxonadaman va bo'sh vaqtlarimizni yakka tartibdagi mashg'ulotlarga qaratganmiz. Procedurani hurmat qilaman va ishonamanki, bu o'tib ketadi va biz o'yinlarni davom ettiramiz.


- Siz uchun Serbiya tarixidagi eng kuchli 3 futbolchi kimlar?

- Nemanya Vidich, Branislav Ivanovich va Nemanya Matich.



- Eng sevimli jamoangiz va o'yinchingiz?

- Sevimli jamoam yo'q. Ammo, eng yaxshi ko'rgan o'yinchim bu Nemanya Vidich. U o'z vaqtida dunyoning eng kuchli himoyachisi bo'lgan deb o'ylayman.


- Siz bilan o'ynagan yoki sizga qarshi o'ynagan eng kuchli futbolchi kim?

- Toni Kroos.


- Ivan Yosovichning futbolchilik faoliyatidagi eng esda qolarli o'yin qaysi?

- Moskvaning CSKA jamoasiga qarshi o'yin.


Alisher Ostonov suhbatlashdi.

Reyting: +10   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика