Ivan Yosovich: "O'ylashimcha bugungi durang adolatli bo'ldi"
12 avg 2022 01:08
Yangiliklar
Ivan Yosovich: "O'ylashimcha bugungi durang adolatli bo'ldi"
-O'yin haqida fikrlaringiz...
-Bemalol ayta olamanki, bugun juda yahshi uchrashuv bo'ldi. "Olimpik" jamoasi juda yaxshi jamoaligini bilar edik. Fikrimcha, Timur Kapadze O'zbekistondagi eng zo'r murabbiylardan biri. Bugungi raqibimiz yosh yigitlardan tashkil topgan jamoa edi. Ular qisqa paslar va to'p nazoratini yaxshi ko'rishadi. SHuning uchun ham biz himoyalandik va qarshi xujumda o'ynadik. Gol o'tkazib yuborganimizdan so'ng, biz tezda javob qaytardik. Afsuski, penaltini golga aylantira olmadim. Gol urganimda balki g'alaba qozongan bo'lar edik. O'ylashimcha bugungi durang adolatli bo'ldi.
-Penalti tepishingizdan oldin nimani his qildingiz. Gol urolmaganingizga sabab nima bo'ldi deb o'ylaysiz?
-Bu futbol. Albatta, men gol urmoqchi edim. Tajribali futbolchi sifatida ayta olamanki, darvozabon bugun juda zo'r o'yin ko'rsatdi. Agar murrabiy keyingi penaltini yana menga bersa, o'sha safar albatta gol uraman.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Аргентина ЖЧ-2026дан четлатилиши мумкин
Ла Лига. Рафиньянинг дубли "Барселона"га "Осасуна" устидан ғалабани тақдим этди
Эрлинг Ҳоланд Криштиану Роналдуни қувиб ўтиб, АПЛ рекордини янгилади
Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди
Fikrlar