Ivan Yosovich: "Aybni o'zimizdan qidirishimiz kerak"
22 iyu 2022 09:10
Yangiliklar
Ivan Yosovich: "Aybni o'zimizdan qidirishimiz kerak"
Baxtiyor Ashurmatov boshchiligidagi "Qo'qon -1912" Superliganing 12-turida Toshkentda "Bunyodkor" mehmoni bo'ldi.
Teng kurashlar ostida kechgan uchrashuvda "Qo'qon -1912"ga ochko keltirgan golga Ivan Yosovich mualliflik qildi. Penaltini aniq amalga oshirgan himoyachi uchrashuvdan so'ng fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
"Deyarli bir oydan keyin rasmiy uchrashuvda maydonga chiqdik. O'yin qiyin bo'lishi malum edi. CHunki mehmonda o'ynadik. Raqib - "Bunyodkor". Ular o'z maydonida juda yaxshi o'yin ko'rsatadi. G'alabani nishonlashga yaqin edik. Oxirgi daqiqalarda omad etishmadi, boz ustiga diqqatni yo'qotdik. O'yin suratini olsak, durang adolatli natija.
Maydon U-23 Osiyo kubogidan keyin hali to'liq tayyor emasligi ko'rinib turibdi. Ammo aybni o'zimizdan qidirishimiz kerak",- deydi Yosovich.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Барселона" меҳмонда "Вильярреал" устидан ишончли ғалабага эришди, мезбонлар ўйинчиси 39-дақиқада майдондан четлатилди
"Реал" Абдуқодир Ҳусановни ўз сафига қўшиб олмоқчи
АПЛ. "Ман Сити" ўз майдонида "Вест Хэм"ни мағлуб этди, Ҳусанов 67-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Манба: Абдуқодир Ҳусановни АПЛнинг бошқа топ-клуби 47 миллион фунтга сотиб олишга тайёр
Fikrlar