Ivan Boshkovich: "Tablodagi hisob hammasini aytib turibdi"
27 fev 22:12
Yangiliklar
Ivan Boshkovich: "Tablodagi hisob hammasini aytib turibdi"
- O'yin haqida fikringiz?
- O'yin borasida ko'p gapirmoqchi emasman. Tablodagi hisob hammasini aytib turibdi: biz 0:4 hisobida mag'lub bo'ldik. "Andijon" bizga nisbatan chiroyli o'ynadi va yirik g'alabaga erishdi. Biz ham harakat qildik, lekin hech nima o'xshamadi.
- Yangi futbolchilar jamoaga qanchalik qo'shib keta oldi?
- Yangi o'yinchilar hamma jamoada bor. Bizda ham bor. Hammamiz ishlayapmiz. Bugungi o'yinda bizdagi yangilar jamoaga moslashib ketmagani, "Andijon" futbolchilari esa moslashib olgani ko'rindi.
- O'zbekistonga kelganingizga 15 yil bo'ldi. Bu orada o'zbek futboli qanchalik rivojlandi?
- Yildan yil futbol yaxshilanib bormoqda. Kichik yoshdagi terma jamoalardan tortib katta yoshlilar ham xalqaro maydonda muxlislarni xursand qilyapti. Bu bilan o'zbek futboli faxrlansa arziydi. O'z navbatida Liga ham futbol rivoji uchun ko'p ishlarni qilyapti.

- "Bobur Arena"dagi muhit haqida fikringiz?
- Alo darajada. Bu stadionda muhit har doim yaxshi bo'lgan. Andijonlik muxlislari ajoyib.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
ЕЧЛ. "Реал Мадрид" Вальверденинг хет-триги эвазига "Манчестер Сити"ни мағлуб этди
ЕЧЛ. "Барселона" меҳмонда "Ньюкасл" билан дуранг ўйнади
Суперлига. "Насаф" сўнгги дақиқаларда урилган гол эвазига "Динамо" билан дуранг ўйнади
ЕЧЛ. "Реал Мадрид" — "Манчестер Сити" 3:0
Fikrlar