Ivan Boshkovich: "Muhimi, ikkinchi turda ham gol o'tkazib yubormadik"
08 mar 2024 18:57
Yangiliklar
Ivan Boshkovich: "Muhimi, ikkinchi turda ham gol o'tkazib yubormadik"
- O'yin haqida
- Qiziqarli o'yin bo'ldi. Ko'plab vaziyatlar guvohiga aylandik. Rejamiz ochko olish edi. Albatta, g'alaba uchun harakat qildik va ijobiy natija kutgandik. Raqib biz o'ylaganlarimizni amalga oshirishimizga yo'l qo'ymadi. Malum vaziyatlarimizdan unumli foydalana olmadik. Natija adolatli bo'ldi deyish mumkin. Muhimi, ikkinchi turda ham gol o'tkazib yubormadik. Himoyani kuchaytirgandik, bu chiziq vakillaridan roziman. Umid qilamanki, bundan keyin ham gol o'tkazmaymiz.
- Ikki xil taym guvohi bo'ldik. Birinchi taymda "So'g'diyona" dominantlik qildi, ikkinchi taymda esa "Metallurg"da ko'p vaziyatlar yuzaga keldi...
- Futbolchilar sifati o'yin rejasini hal etadi. Bizda jarohat bilan bog'liq ayrim muammolar bor edi. Bu taktika tanlashda tasir qildi, ammo biz doim ikkinchi raqam ostida o'ynaymiz. Har doim gol o'tkazib yubormaslikka urinamiz. Qo'shib berilgan daqiqalarda darvozamizdan to'p olib chiqmadik, bu xursand qildi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
ОЧЛ 2 плей-офф босқичига қуръа ташланди: Роналду етакчилигидаги "Ал Насср" "Арқадағ" билан ўйнайди
Тимур Кападзе дунёнинг энг кучли мураббийлари орасида кучли ўнликка кирди!
АПЛ. "Арсенал" "Астон Вилла"нинг ғалабали сериясига нуқта қўйди. МЮ аутсайдерни мағлуб эта олмади
Роналду кетма-кет учинчи марта Яқин Шарқда йилнинг энг яхши футболчиси бўлди
Fikrlar