So’nggi yangiliklar

23:37"Пахтакор" 7 ўйин деганда Суперлигада "Насаф"ни мағлуб этди  1 23:13Дуайт Йорк "Юнайтед"да Шешконинг ўрнига кимни ўйнатиш кераклигини айтди  0 22:50Каррагер "Ливерпуль" ҳақида: "Мавсумни тўлақонли пароканда қилиш учун марказий ҳимоячи жароҳат олса бўлгани"  0 22:16Жорди Альба: "Ямал ва Мессини солиштириш нотўғри"  0 21:54Камолиддин Тожиев: "Мухлисларга ёқадиган ўйин бўлди"  2 21:39Рўзиқул Бердиев "Пахтакор" майдонидаги мағлубиятдан кейин нималар деди?  31 21:21Аденис Шала: "Пахтакор"дан яхшироқ ўйнадик"  4 20:59Игорь Сергеев: "Мавсумни муносиб якунлаш керак"  2 20:39"Сурхон"нинг футболчилари олдида қарзлари бор  14 20:19Суперлига. "Пахтакор" "Насаф"ни мағлуб этиб, турнир жадвалида ортда қолдирди  167 20:05Суперлига. "Сурхон" – ОКМК 0:0  0 19:47Бьелса Уругвай терма жамоасини тарк этиши мумкин  1 19:18Миржалол Қосимов жамоасининг ушбу мавсумдаги ўйинларига неча баҳо қўйди?  4 19:05Февзи Давлетов: "Бу каби баҳсларда кўп ҳам вазиятлар яратилмайди"  0 18:52Kelme бренди Аёллар Осиё Кубоги-2026 мусобақаси учун расмий тўпни тақдим этди  0

Ivan Boshkovich "Lokomotiv"ga qarshi o'yinda Yovovich asosiy tarkibda tushmaganini aytdi Yangiliklar

Ivan Boshkovich "Lokomotiv"ga qarshi o'yinda Yovovich asosiy tarkibda tushmaganini aytdi

"So'g'diyona" bosh murabbiyi Ivan Boshkovich "Lokomotiv"ga qarshi o'yindan keyin matbuot anjumanida ishtirok etdi.


"O'yin engil o'tdi deya olmayman. Birinchi bo'lim biz kutgandek o'tmadi. Yomon o'yin ko'rsatmadik, lekin yigitlar oddiy xatolar qilishdi. Ayrim poziciyalarda pas oshirishlarda xatoliklar qildik. Bunday xatolar bo'lishini istamagandim. Birinchi bo'limda yaxshiroq vaziyatlar ham yarata olmadik. Ikkinchi bo'limda pozicion o'zgarishlar qildik. Termadan qaytib kelgan Yovovichni ham qiynamaslikni istagandik. U biroz betob edi, shunday bo'lsa-da, jamoaga yordam berishni istadi, gol ham urdi. Ikkinchi bo'limda butun bir jamoa yaxshi o'ynadi, o'yinni qo'sha oldik. Pressingni, ishtiyoqni kuchaytirdik, raqib yarim maydoniga tezda o'tishga harakat qildik. SHu orqali to'pni tezroq harakatlantirdik. Gol urish uchun etarlicha vaziyatlar yarata boshladik. Bu g'alaba biz uchun muhim bo'lgandi, chunki 2-o'rin uchun hali imkoniyatlarimiz bor. Medallar uchun oxirigacha kurashish kerak. Muxlislarimiz ham o'yindan mamnun bo'lishdi deb o'ylayman. Bugun nafaqat g'alaba qozondik, balki, yuqori darajali o'yin namoyish qildik, bu meni xursand qiladi. Yil boshidagidan ko'ra farq juda katta. Tarkibdagi barcha futbolchilar o'zgargan. Hamma o'ynamoqda, jamoaga yordam bermoqda. Biz to'g'ri yo'ldamiz deb o'ylayman", - dedi Boshkovich.

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика