Ivan Boshkovich: "Ishlashimiz lozim bo'lgan jihatlar bor"
12 avg 2024 00:34
Yangiliklar
Ivan Boshkovich: "Ishlashimiz lozim bo'lgan jihatlar bor"
Superliganing 15-turidan o'rin olgan "So'g'diyona"-"Metallurg" (2:2) uchrashuvidan so'ng mezbonlar bosh murabbiyi Ivan Boshkovich matbuot anjumanida o'z fikrlarini bildirib o'tdi.
"Ha albatta, bugungi o'yin og'ir kechdi. Bir necha kun oldin kubokda" Navbahor"ga qarshi maydonga chiqqandik. SHu boisdan ham ikkinchi bo'limda yigitlarda charchoq alomatlari sezildi.
Birinchi bo'limda yaxshi o'yin namoyish etdik, ko'plab vaziyatlar yaratdik. Ikkita gol kiritgan bo'lsak-da, g'alaba qozona olmadik, "Metallurg" vakillari hisobni tenglashtira olishdi. Xato va kamchiliklarni ko'rib chiqib, tahlil qilamiz. Futbolchilar maydonda o'zaro tushunmovchiliklarga duch kelishayapti, bu ishlashimiz lozim bo'lgan jihatlardan biri.
Jizzaxda futbolni yaxshi ko'rishadi. Bizga yorqin g'alabalar kerak. Jamoamiz bilan kelgusidagi o'yinlarda yutuqlarga erishish uchun jiddiy ishlaymiz", - dedi jizzaxliklar ustozi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ўзбекистон U-23 терма жамоаси мусобақани ғалаба билан бошланди. Стартда Ливанни енгдик
Испания Суперкубоги. "Барселона" "Атлетик"ни ўта йирик ҳисобда таслим этиб, финалга йўл олди
АПЛ. "Манчестер Сити" "Брайтон" билан ўйинда яна очко йўқотди. Ҳусанов тўлиқ ўйнади
Равшан Ҳайдаров: "Уч очко қўлга киритилди. Болаларча қилинган хатолар Эронга қарши ўйинда такрорланмайди деб умид қиламан"
Fikrlar