"Milan" Menyanga klub tarixidagi eng yuqori maoshni taklif qildi
09 jan 11:38
Yangiliklar
"Milan" Menyanga klub tarixidagi eng yuqori maoshni taklif qildi
Bu haqda insayder Fabricio Romano ijtimoiy tarmoqlarida xabar qildi.
Manba malumotlariga ko'ra, klub franciyalik posbonga yiliga 5 mln evrogacha maosh to'lashga tayyor — bu "Milan"dagi maoshlar limiti doirasidagi eng yuqori oylik, shuningdek, salmoqli bonuslar ham nazarda tutilgan. Agar yangi kelishuv imzolansa, Menyan jamoaning eng ko'p maosh oluvchi futbolchilaridan biriga aylanadi va hujumchi Rafael Leau bilan teng darajada bo'ladi.
Muzokaralar hali yakunlanmagan, biroq klub rahbariyati optimistik kayfiyatda: hozircha "Milan" taklifini ortda qoldira oladigan boshqa klublar yo'q. Menyan yaqin vaqt ichida javob berishi kutilmoqda.
Darvozabonning amaldagi shartnomasi 2026 yilning iyunigacha amal qiladi. Joriy mavsumda u "Milan" safida 18 o'yin o'tkazib, 8 ta uchrashuvda darvozasini daxlsiz saqladi. Transfermarkt bahosiga ko'ra, Menyanning qiymati 25 mln evroni tashkil etadi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
ЕЧЛ. "Реал Мадрид" Вальверденинг хет-триги эвазига "Манчестер Сити"ни мағлуб этди
Суперлига. "Насаф" сўнгги дақиқаларда урилган гол эвазига "Динамо" билан дуранг ўйнади
Opta. EЧЛ учун асосий даъвогарлар рейтингини қайтадан тузиб чиқди
Камолиддин Тожиев: "Эртанги ўйинга 100 фоиз шаймиз. Пенальтилар сериясига тайёрланмадик" (тўлиқ матбуот анжумани)
Fikrlar