So’nggi yangiliklar

02:50ЖЧ-2026 саралаши. Хорватия жаҳон чемпионатида, Германиядан ғалаба ва бошқа натижалар  0 01:55U-17 Жаҳон чемпионатида 1/8 финалга чиққан илк иштирокчилар маълум бўлди  4 01:33Одил Ҳамробеков: "Эрон термасидаги жамоадошларим финалга чиққанимиз билан табриклашди"  3 01:15Рустам Ашурматов: "Фабио Каннаваро ўзи билганларини ўргатиб, барчасини бирдек олиб бормоқда"  4 01:00Абдулла Абдуллаев: "Ҳақли равишда ғалаба қозондик"  0 00:51Отабек Шукуров: "Йиғин бошлангандан кейин 4 кун мобайнида мураббийлар Мисрнинг қандай ўйнашини уқтириб борди"  3 00:23Элдор Шомуродов: "Замонавий футболда барчасига тайёр туриш керак"  8 00:10Фабио Каннаваро: "Жаҳон чемпионатига чиққандан кейин стратегия тузилган ва биз буни бажариш учун қўлимиздан келганини қиламиз"  13 23:54Мбаппе рекорд ўрнатди  3 23:10Al Ain Cup. Ўзбекистон – Миср 2:0  20 23:01Миср 8 ой деганда илк марта ютқазди  21 22:53Al Ain Cup. Остон Ўрунов порлаган оқшомда Ўзбекистон Мисрни мағлуб этди, финалда яна Эрон билан ўйнаймиз  466 22:23"Барселона" "Челси" билан бир ҳимоячи учун курашади  0 22:09Остон Ўрунов миллий термадаги 9 ва 10-голларини урди  6 21:54"Манчестер Сити"га "Борнмут" футболчиси керак  2

Ivan Boshkovich: "Finalda "Nasaf"dan g'alaba kutaman" Yangiliklar

Ivan Boshkovich: "Finalda "Nasaf"dan g'alaba kutaman"

Xabaringiz bor, Qarshining "Nasaf" jamoasi 5 noyabr kuni OFK kubogi finalida Bahraynda "Al Muharrak"ga qarshi maydonga chiqadi.

"Ajdarlar" tarixni takrorlashga juda yaqin turishibdi. Bundan roppa-rosa 10 yil avval jamoa Anatoliy Demyanenko murabbiyligida OFK kubogini boshi uzra baland ko'targandi. O'sha yulduzli tarkibda yorqin o'yinlar o'tkazganlardan biri Ivan Boshkovich hisoblanadi. Bugungi kunda "Bunyodkor" akademiyasida bolalarga murabbiylik qilayotgan Boshkovich finaldan oldin fikrlari bilan o'rtoqlashdi. 

"Umumiy qilib aytsam "Nasaf"dan finalda faqat g'alaba kutaman. G'olib nomi bitta o'yinda aniqlanadi. Futbolchilarning mahorati va sifati bo'yicha ustunlik ular tomonida, deb o'ylayman",- deydi Boshkovich.

Guruh bosqichidan keyin barcha uchrashuvlarni o'z maydonida o'tkazgan "Nasaf" endilikda mehmonda to'p tepadi. Boshkovich bu borada nima deydi?

"Safarda to'p tepish doim qiyin bo'lgan. "Nasaf"ga oson bo'lmasligi aniq. Lekin bu - futbol. Unda hamma narsa ro'y berishi mumkin",- deydi murabbiy

Bitta bahsdan iborat uchrashuvlarda qaysi jamoa tayyorgarlikni yaxshi o'tagani asosiy planga chiqadi. Bitta xato ham qimmatga tushishi yoki o'yin taqdirini hal qilishi hech gap emas. Ivan Boshkovich ham fikrimizga qo'shilgan holda quyidagicha fikrlarini bildirdi. 

"Eng muhimi jismoniy va ruhiy tomondan yaxshi tayyorgarlik ko'rishdir. Bunday o'yinlarda diqqat-etiborli bo'lish eng yuqori darajaga chiqadi. "Nasaf"ga bu borada omad tilayman"

Eslatib o'tamiz Ro'ziqul Berdiev shogirdlari finalga qadar guruh bosqichida "Oloy", "Xo'jand", "Oltin asr", keyingi bosqichda "Ahal", "Mohun Bagan", "Li Man" kabi jamoalar to'sig'ini engib o'tdi. "Nasaf" jamoasiga bosh sovrinni yurtimizga olib kelishiga tilakdoshmiz!

Abdulaziz Iskandarov

Reyting: +18   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика