So’nggi yangiliklar

13:51"Манчестер Сити"нинг ўтмишдаги рекорд трансфери тўртинчи марта ҳибсга олинди  0 13:22"Интер" Милан дербиси олдидан икки футболчисини йўқотди  0 12:50ЖЧ олдидан: "Челси" футболчиси ўзига жамоа қидирмоқда  1 12:22"Барселона" сардори қишда жамоани тарк этиши мумкин  3 11:56"Реал"нинг аргентиналик футболчиси Мастантуоно Ламин Ямаль ҳақида тўхталди  0 11:33"Реал" асосий ўйинчиларидан бири яна жароҳат олди  2 10:58"Арсенал" ўз етакчиси билан янги шартнома имзолашга яқин  0 10:32Ибрагимович Ла Лига, Премьер-лига ва А Серияда ўйнаш ўртасидаги фарқларни тушунтирди  3 10:05Эксперт фикри. Ёрқин Назаров: “Жаҳон чемпионатида музқаймоқ еб келиш эмас, муносиб ўйин кўрсатишимизга умид ва ишонч уйғонди”  6 09:18Роналду Оқ уйга ташрифидан сўнг Трампга мурожаат қилди  14 08:54"Арсенал" асосий футболчиси жиддий жароҳат олди  0 08:30Ўзбекистон МТЖ 9 йилдан сўнг ушбу натижага эришди  15 08:03Суперлига. Бугун бизни Марказий учрашув кутмоқда  9 07:36Африка қитъасида йилнинг энг яхшилари аниқланди  2 00:49Артета: "Гвардиола футболчи сифатида менинг қаҳрамоним эди. У билан ишлаш ҳаётимдаги энг тўғри қарорлардан бири бўлди"  1

Ivan Boshkovich: "Deyarli "kambek" qayd etdik. Jamoam kuchayib bormoqda" Yangiliklar

Ivan Boshkovich: "Deyarli "kambek" qayd etdik. Jamoam kuchayib bormoqda"

Superliga 21-turidan o'rin olgan "So'g'diyona" - OKMK (1:1) uchrashuvidan so'ng jizzaxliklar bosh murabbiyi Ivan Boshkovich o'yindan keyingi matbuot anjumanida ishtirok etdi.

"Qiziqarli o'yin guvohi bo'ldik. OKMKga qarshi kechgan o'yinlarimiz har doim qiziqarli kechmoqda. Raqibimiz ayni damda ikkinchi o'rinda bormoqda. Biz yaxshi o'yin namoyish etdik, faqatgina birinchi bo'limda 2-3ta tezkor qarshi hujumni o'tkazib yubordik. Yaratgan vaziyatlarimizdan foydalana olmadik. Yakunlovchi poziciyalarda oqsadik. Men o'z futbolchilarimning mahoratiga shubha qilmayman, bugun shunchaki omadimiz kelmadi. Tanaffusdan keyin esa kichik o'zgarishlarga qo'l urdik. Taslim bo'lmadik va oxirigacha kurashdik. O'yinda deyarli "kambek" qila oldik, ammo urgan golimiz ofsayd tufayli hisobga olinmadi. Yigitlarga rahmat aytdim, ular bugun yaxshi kurashishdi. Oldinda hali 5ta bahs bor. Musobaqa so'ngiga qadar kurash olib boramiz. Hali hech narsa tugamadi", - dedi Ivan Boshkovich.


- Birinchi bo'limda jamoangizning o'yini qovushmagani haqida aytib o'tdingiz. Markaziy himoyachilar ko'p xatolarga yo'l qo'yishdi. Tanaffusda futbolchilaringizga nima dedingizki, ular maydonga qaytib o'yinni o'zgartira olishdi?


- Men futbolchilarimdan sovuqqon bo'lishlarini talab qilaman. Vertikal paslar orqali o'ynashimiz kerak. Hamma xato qiladi, bu tabiiy hol. Biz o'ylagan reja amalga oshdi, futbolchilarim har doim to'pni oldinga chiziqqa qadar etkazib bera olishdi. Suhrob Izzatov bugun ko'p paslar amalga oshirdi. Ikkinchi taymda biroz o'zgarish qildik, lekin birinchi bo'limda kamroq xatolarga yo'l qo'ydik. Ikkinchi bo'limda "brak"lar ko'p bo'ldi. Tanaffusdan keyin xavfliroq o'ynadik, xolos. OKMKga qarshi xatoga yo'l qo'ymaslik qiyin. Jamoaviy o'yinimiz o'sib bormoqda. Futbolchilarim shunday xatolar orqali o'sishga erishishadi. Bugun maydonda 2-3ta yosh futbolchilar bor edi. Ular yaxshi o'yin namoyish etishdi va bir ochko qo'lga kiritishimizga o'z hissalarini qo'shishdi. Hali oldinda bahslar bor, bizdan teparoqda joylashgan jamoalar hali ochko yo'qotishlari aniq. Biz oxirigacha kurashamiz, keyingi mavsumda bundan-da yaxshiroq o'ynay olishimizga ishonaman. Jamoam kuchayib bormoqda.


- Ikkinchi bo'limda Yovovich birga-bir vaziyatdan foydalana olmadi va shu vaziyatdan ko'p o'tmay uni zaxiraga oldingiz. Vladimirning zaxiraga olinishiga asosiy sabab o'sha vaziyat bo'ldimi?


- Yo'q. Hech qaysi bir murabbiy bor-yo'g'i bir vaziyat uchun futbolchini zaxiraga olmaydi. Yovovichning bugun omadi kelmadi. U futbolchilarni yaxshi alday oladi, to'p bilan faqat oldinga yuradi, lekin bugun biroz omad etishmadi. Uning o'rniga maydonga tushgan futbolchilar o'yinni kuchaytira olishdi. Jamoamizda barcha futbolchilar muhim, faqatgina Doriev va Yovovich "So'g'diyona" etakchilari deyish noto'g'ri. Barcha futbolchilar bir xil mehnat qilishmoqda.


Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика