Italiyalik futbol afsonasi teleko'rsatuvda jarohat oldi
14 may 21:13
Yangiliklar
Italiyalik futbol afsonasi teleko'rsatuvda jarohat oldi
"Milan" sobiq futbolchisi Alessandro Kostakurta teleefir payti ko'ngilsiz hodisaga duchor bo'ldi.
58 yoshli mutaxassis "Milan"ning "Kalyari"ga qarshi o'yinini muhokama qilish chog'ida futbolchilarning harakatiga taqlid namoyish etmoqchi bo'lib, oyoq mushaklarini shikastlab oldi.
Keyinchalik unga tibbiy yordam ko'rsatildi. Mutaxassis oyog'iga muz bosilib, massaj muolajasi qo'llanildi.
Eslatib o'tamiz, Kostakurta "Milan" safida 660 dan ortiq o'yinda maydonga tushib, besh marta Evropa CHempionlar ligasi hamda etti marta A Seriyada g'oliblikni qo'lga kiritgan.
Fikrlar