Italiya terma jamoasi yarim himoyachisi jarohati sababli Evro-2024'dagi ilk o'yinni o'tkazib yuboradi
14 iyu 2024 01:32
Yangiliklar
Italiya terma jamoasi yarim himoyachisi jarohati sababli Evro-2024'dagi ilk o'yinni o'tkazib yuboradi
Italiya terma jamoasi yarim himoyachisi Nikolo Fajoli Evropa chempionati boshlanishidan oldin jarohat oldi.
“Yuventus” futbolchisi Bosniya va Gercegovina terma jamoasiga qarshi o'rtoqlik o'yinida jarohat oldi. SHu tariqa, “Skuadra Adzurra” murabbiylar shtabi 23 yoshli yarim himoyachini Evropa chempionati guruh bosqichi 1-turidan o'rin olgan Albaniya terma jamoasiga qarshi o'yin uchun tarkibga kirita olmaydi. Uchrashuv 15 iyun kuni bo'lib o'tadi.
Nikolo Fajoli Italiya terma jamoasi safida uchta o'yin o'tkazgan. Eslatib o'tamiz, futbolchi pul tikish bilan bog'liq uzoq muddat diskvalifikaciya tufayli yakunlangan mavsumning muhim qismini o'tkazib yubordi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
U-17 Жаҳон чемпионати. Ўзбекистон U-17 терма жамоаси пенальтилар сериясида Хорватияни енгиб, кейинги босқичга йўл олди
ЖЧ саралаши. Португалия Роналдусиз рақиб дарвозасига 9 та тўп киритиб, мундиалга чиқди
Португалия ЖЧ йўлланмасини қўлга киритганидан сўнг Роналду қисқа фикр билдирди
"Шармандалик, бу шармандалик!"
Fikrlar