So’nggi yangiliklar

11:25Левандовски "Барселона" билан шартномасини узайтириш учун нима қилиши кераклиги маълум  0 10:52Sofascore. Кечаги учрашувда Аббосбек Файзуллаевнинг ҳаракатлари неча баҳога лойиқ кўрилди?  1 10:17ФИФА президенти Жаҳон чемпионати мезбонлиги учун Ўзбекистонга миннатдорчилик билдирди  0 09:44Черан хет-трик қилиб, "Пахтакор"га ғалаба келтирган учрашувдан ГАЛEРEЯ  1 09:10"Реал" ва ПСЖ собиқ ҳужумчиси Малайзия клубига ўтди  0 08:36Sofascore. Ҳусанов кечаги учрашувда ҳимоячилар орасида энг катта баҳога лойиқ кўрилди  2 08:00Энг зўрлари аниқланган, Бразилия олтинчи марта кубогни кўтарган ЖЧ тақдирлаш маросимидан ГАЛEРEЯ  0 07:29ЖЧ-2026 саралаш. Эрон терма жамоасининг Тошкентга келадиган таркиби маълум  26 02:03Ла Лига. "Атлетико" "Реал Сосьедад"га қарши ўйинда 84-дақиқада гол ўтказиб, ғалабани қўлдан бой берди  2 02:00А Серия. "Фиорентина" 3та пенальти голга айланмаган ўйинда "Милан"ни мағлуб этди, ҳакам 2та қизил карточка кўрсатди, Де Хеа эса учрашув қаҳрамонига айланди!  8 01:55Лига 1. ПСЖ меҳмонда "Ницца"ни ютолмади  0 00:34Ўзбекистон кубогининг янги эгаларига аталган карикатура  2 23:24Хендерсон АПЛга қайтиши мумкин  0 23:09РПЛ. ЦСКА Москва дербисида "Динамо"ни мағлуб этди, Файзуллаевдан навбатдаги гол  6 23:06А Серия. "Рома" "Монца" билан дуранг ўйнади, Шомуродов 86-дақиқада захирадан туширилди  15

Istefo - eng oson echim Yangiliklar

Istefo - eng oson echim

Kecha Superliganing 4-tur bahslari doirasidan o'rin olgan "So'g'diyona" - "Qizilqum" uchrashuvi bo'lib o'tdi.

Jizzax shahrida kechgan bellashuvda "Qizilqum" 3:1 hisobida g'alaba qozondi. Navoiyliklarning gruziyalik legioneri Elguja Grigalashvili uchta gol urib mavsumdagi ilk xet-trik muallifi bo'lganidan xabaringiz bor.

Natijada "Qizilqum" ketma-ket uchta mag'lubiyatdan so'ng Superligadagi dastlabki g'alabasini qo'lga kiritgan bo'lsa, "So'g'diyona" qatorasiga ikkinchi bor mag'lub bo'ldi. Umuman olganda, jizzaxliklar bo'lib o'tgan to'rtta uchrashuvning birortasida g'alaba qozona olishmadi: uch mag'lubiyat va bir durang.

O'yindan keyingi matbuot anjumanida "So'g'diyona" bosh murabbiyi Aleksandr Mochinov barcha aybni o'ziga olib jamoani tayyorlay olmaganini hamda tarkibni aniqlashda xatoga yo'l qo'ygani haqida gapirdi. SHuningdek, jamoa kichik inqirozni boshdan kechirayotganini, futbolchilarga ishonch etishmayotganini aytib o'tdi. Va eng muhimi, Mochinov natija bo'lmas ekan, bunday vaziyatlarda bosh murabbiy istefoga chiqishini eslab o'tdi.

Futbolda murabbiylar odatda uch xil vaziyatda ishdan bo'shashadi. Birinchisi, natija ko'rsata olmagani uchun o'zi istefo so'raydi. Ikkinchisi, rahbariyat uning ishidan qoniqmay bo'shatadi. Uchinchisi esa jamoa yaxshi o'yin ko'rsatayotgan paytda ham murabbiy aytaylik sog'ligi yoki oilasidagi biror muammo sabab o'zi ketishga ruxsat berishlarini iltimos qiladi.

Ko'p murabbiylar birinchi va ikkinchi holatga tushishni xohlashmaydi, chunki hech bir murabbiy jamoani qabul qilib olayotganida natija baribir o'xshamaydi demaydi, hamma faqat yaxshisiga umid qiladi. Lekin bu - futbol. Ikkita eng kuchli jamoa bir-biri bilan o'ynagan taqdirda ham baribir kimdir mag'lub bo'ladi.

Bungacha uchta o'yinda gol urmagan "So'g'diyona" kecha hartugul to'p kiritishga muvaffaq bo'ldi. Mayli, rikoshetdan bo'lsa ham gol urdi. Ammo umumiy hisobda to'rtta o'yinda atigi bitta gol urish bu Superliga jamoasi uchun uyat. O'FA vice-prezidenti Umid Ahmadjonov xizmat safari bilan Jizzaxga borganida klubdagi mavjud sharoitlarni ko'rib, "So'g'diyona"ning Superligada o'ynashiga ruxsat bergandi. Endi bo'lsa bu jamoa Superliga darajasida o'yin ko'rsatmay Ahmadjonov oldida izza bo'lib qoldi.

Agar "So'g'diyona" hammaga "emish" bo'ladigan bo'lsa, unda Superligada yurganidan nima foyda? Tinchgina Pro-ligada o'ynab yursa bo'larmidi. Mochinov esa bu holatda eng oson echimni tanlagandek ko'rinmoqda: natija o'xshamadimi, istefo beradi. To'g'ri-da, ketgani bilan nima yo'qotadi? Murabbiy biror jamoani qabul qilib olar ekan, oldin o'ziga savol berishi kerak emasmi: men jamoaga nima bera olaman? Ishlash qo'limdan keladimi? Superligada natija qila olamanmi?

Bo'lsa bo'ldi, bo'lmasa yo'q qabilida hammasini tashlab ketsa undan qolgan jamoani kim oladi? Yil boshida Mochinov butun jamoani o'zi yig'di, hech kim uning ishiga aralashmadi. O'zi noldan boshladi hammasini. Endi bo'lsa tarkibni tanlay olmadim deb o'tiribdi. Kechirasiz-u, bu g'irt maktab bolasining gapi. Hozir bo'shadi ham deylik, lekin keyingi murabbiy bu futbolchilarni men yig'maganman, menga talab qo'ymanglar demasligiga kim kafolat beradi. SHunday qilib natija rasvo bo'lishda davom etaveradimi?

Aleksandr Mochinov "Buxoro"da ishlaganidayoq hali oliy liga darajasida murabbiy emasligini ko'rgandik, sal qolsa buxoroliklar birinchi ligaga tushib ketardi. Undan keyin yoshlar termamizni Tojikistondagi saralashga olib borib, yakunda Osiyo chempionatiga olib chiqa olmadi. Bundan ko'rinib turibdiki, Mochinovning joyi yo birinchi liga, yo o'rinbosarlar jamoasi yoki bo'lmasa bolalar futboli, ammo aslo Superliga emas.

P.S. Istefo bermoqchiman, qo'limdan kelmayapti deb ketishdan osoni yo'q, ammo ketishdan oldin o'zimdan keyingi murabbiyga qanday jamoani qoldirib ketyapman deb bir savol berib ko'ringlar, hurmatli murabbiylar.

Reyting: +30   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика