So’nggi yangiliklar

00:38АПЛ. "Астон Вилла" – "Арсенал", "Манчестер Юнайтед" – "Вулверхэмптон": бошланғич таркиблар маълум  0 00:19Ўзбекистон U-21 терма жамоаси ўртоқлик учрашувида Қатар U-23 термасига ютқазди  0 00:14Ироқ. "Аманат" Бахтиёр Қосимовнинг дубли эвазига "Ал Шорта"ни мағлубиятга учратди  0 00:06АПЛ. ​"Челси" – "Борнмут". Таркиблар аниқ!  1 23:29"Ман Сити"га ўтаётган Семеньонинг трансфер суммаси ва маоши маълум  0 22:40"Манчестер Сити" ҳимоячиси "Вест Хэм"га ўтишни истамади  0 22:15Куртуа "Реал"нинг декабр ойидаги энг яхши ўйинчиси деб топилди  0 21:42Деклан Райс жароҳат сабаб "Астон Вилла"га қарши ўйнамайди  4 21:05Футболда 2026/2027 йилги мавсумдан бошлаб "Арсен Венгер офсайди" жорий этилиши мумкин  11 20:40Иньяки Уильямс Испания Суперкубоги ҳақида: "Саудия Арабистонида ўйнаш - жуда ёқимсиз"  1 20:18"Ғазалкент" 13 нафар футболчи билан шартнома тузилганини эълон қилди, улар орасида Ўзбекистон U-18 терма жамоаси аъзоси ҳам бор  3 20:04Анвар Ғофуров: "Чемпионликни муносиб ҳимоя қилиш учун барча куч ва маҳоратимизни ишга солишга тайёрмиз"  4 19:40Слот: "Янги футболчиларга қилинган барча харажатлар ҳам самарали бўлмади"  3 19:14Артета "Астон Вилла" билан ўйин олдидан: "Бизни ҳақиқатан жуда қийин ўйин кутмоқда"  16 18:51Эрон чемпионати. "Трактор" ўз уйида "Малаван" билан муроса кўчасини танлади, Ҳамробеков 71 дақиқа ўйнади  2

Ispaniyani zir titratayotgan “Jirona” o'zi qanday jamoa? Yangiliklar

Ispaniyani zir titratayotgan “Jirona” o'zi qanday jamoa?

Teglar :  La LigaJirona
La Ligada 19 ta tur ortda qoldi.

Turnir jadvali futbol muxlislari odatlanib qolganidan sal boshqacha, “Real”, “Barselona”, “Atletiko” uchchalasi “kuchli uchlik”da ketma-ket turgani yo'q. Bu mavsum Ispaniyaning favoritlari safiga shunday jamoa qo'shildiki, muxlislar buni etti uxlab, tushlarida ko'rishmagani aniq. Bu – “Jirona”!



So'nggi yillardagi futbolga etibor biroz susayganimi yoki APL baribir La Ligaga qaraganda ko'proq muhokama qilinishi sababmi, kim bilsin, “Jirona”ga etibor juda past omma orasida. 2015/16 yilgi mavsum yodingizdami? APLda “Lester” nimalar qilib tashlaganini barcha biladi. Qanaqa muhokamalar bo'lgandi, a? 

Gap hozir “Jirona” haqida ketar ekan, avvalo, qizg'in muhokamalarga o'tishdan avval (agar u bo'lsa keyinchalik ham, agar “Jirona” 2-davrada o'yinni susaytirmasa) bu jamoaning qisqacha tarixi, umuman, qiziqarli va etiborga molik jihatlari bilan tanishtiramiz. 


Jamoaning La Ligadagi ishtiroki


Bundan 94 yil avval tashkil topgan klub 2016/17 yilgacha La Ligada ishtirok etmagan, yani, faqat quyi ligalarda qatnashib yurgan. 2017 yili jamoa Segundada 2-o'rinni olib yuqori ligaga chiqdi. 2017/18 yilgi mavsumda klub La Ligada 10-o'rinni qo'lga kiritdi. Keyingi mavsum esa jamoa uchun omadsiz bo'ldi va 18-o'rinni egallab, yana Segundaga tushib ketdi. 



Biroz tanaffusdan so'ng jamoa 2022/23 yilgi mavsumni La Ligada o'tkazdi va yana bir bor 10-o'rinni egalladi. 


Klub rahbarlari


“Jirona”ning o'zi rahbarlari kim ekan deysizmi? Begonalar emas, siz sal futbolni yaxshiroq bilsangiz ularni taniysiz. Jamoaning 47 foiz akciyalariga “City Football Group” egalik qiladi. Bu kompaniya “Manchester Siti”ning ham egasi hisoblanadi. 

Yana bir qism akciyalar esa “Man Siti” bosh murabbiyi Pep Gvardiolaning ukasi Pere Gvardiola boshchiligidagi kompaniyaga tegishli. 

Klub prezidenti ispaniyalik Delfi Geli hisoblanadi. 


Tarkibdagi mashhurlar

“Jirona” tarkibida bir qarashda siz-u biz biladigan, mashhur futbolchilar yo'qdek, ammo, ayrimlarini taniymiz. Masalan, niderlandiyalik Deyli Blind bugungi kunda ispan klubida faoliyatini olib bormoqda. 



SHuningdek, “Barselona”da qisqa vaqt faoliyat olib borgan Pablo Torre ham “Jirona”da. 

Yana bir futbolchi esa 2017 yildan buyon klub safida faoliyat olib borayotgan Kristian Stuani. 1986 yilda tug'ilgan urugvaylik futbolchi jamoa safida 213 ta o'yin o'tkazib, 116 ta gol urishga muvaffaq bo'lgan. Urugvay terma jamoasi safida ham Stuani 50 ta o'yin o'tkazib, 8 marta raqiblar darvozasiga to'p kiritgan. 



Stadion

“Jirona”ning uy o'yinlarini o'tkazadigan stadioni juda kamtarona. 1970 yilda foydalanishga topshirilgan “Montilivi” stadioni o'z bag'riga 14 624 nafar muxlisni sig'dira oladi.



Xo'sh qadrli muxlis, nima deb o'ylaysiz, “Jirona” ushbu mavsumda La Ligada chempion bo'la oladimi? Agar chempion bo'la olmasa qaysi o'rinda mavsumni yakunlaydi, deb o'ylaysiz?


Alisher Ostonov tayyorladi

Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика