Ispaniyalik murabbiy "Andijon" va "Navbahor"ning muvaffaqiyatli starti haqida gapirdi
03 mar 17:15
Yangiliklar
Ispaniyalik murabbiy "Andijon" va "Navbahor"ning muvaffaqiyatli starti haqida gapirdi
Vodiy jamoalari uchun mavsum ko'tarinki kayfiyatda boshlandi.
"Andijon" o'z maydonida "So'g'diyona"ni yirik hisobda engdi. "Navbahor" esa markaziy to'qnashuvda "Dinamo"dan ustun keldi. Bu natijalar xorijlik mutaxassislarni befarq qoldirgani yo'q. Bir necha yil oldin "Metallurg"da ishlagan ispaniyalik Luisma Ernandes bu ikki jamoaning natijalari haqida fikr bildirdi.
"Ha, men Superligani kuzataman. Bu mavsumda jamoalardan ko'p yangiliklar kutilyapti. Yangi murabbiylar yangi loyihalarning asosiy ustuni hisoblanadi. Babayan “Andijon”ni boshqarayotgan bo'lsa, Timur "Navbahor"da o'z imzosini qoldirmoqda.
Mavsumni har ikki jamoa muvaffaqiyatli start bilan ochdi. Bu esa chempionatda yuqori o'rinlar uchun kurashni yanada qizitadi va raqobatni kuchaytiradi", – deydi Luisma Ernandes.

O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ўзбекистон Суперкубоги. "Нефтчи" — 2026 йилги Ўзбекистон Суперкубоги соҳиби.
"Пахтакор" Суперкубокдаги ҳакамлик устидан шикоят киритди
Ла Лига. "Барселона" ўз майдонида "Севилья"ни тор-мор этди
Камолиддин Тожиев: "Эртанги ўйинга 100 фоиз шаймиз. Пенальтилар сериясига тайёрланмадик" (тўлиқ матбуот анжумани)
Fikrlar