So’nggi yangiliklar

07:59Грузиялик тўпурар ҳимоячи водий жамоаси билан шартнома имзолади  0 07:31Ўткир Юсуповнинг "Фулад"даги тақдири маълум бўлди  1 02:57Ла Лига. Мбаппе ва Родригонинг голи "Реал"га меҳмонда "Алавес" устидан ғалабани тақдим этди  19 02:37А Серия. "Ювентус" меҳмонда "Болонья" устидан минимал ғалабага эришди  3 02:18Бутун дунёни асабига ўйнаган вазир ёҳуд Мессининг Хиндистондаги "дўсти"  7 00:28Туркия Суперлигаси. Шомуродов тўпурарлик пойгасида етакчи бўлиб олди  6 00:06А Серия. "Интер" меҳмонда ғалабага эришди  1 23:58Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди  46 23:49Бундеслига. "Бавария" ва "Боруссия" рақибларини мағлуб эта олмади  1 23:05Хосеп Гвардиола АПЛда Алекс Фергюсоннинг рекордини янгилади  1 22:38"Тоттенхэм” испаниялик футболчи учун 70 млн евро таклиф қилди  0 22:10Саудия Арабистони шаҳзодаси "Барселона"ни сотиб олиши мумкин  21 21:39А Серия. "Наполи" меҳмонда "Удинезе"га мағлуб бўлди  1 21:09АПЛ. "Ман Сити" йирик ғалабага эришди, Ҳусанов захирада қолдирилди, "Тоттенхэм"да эса йирик ҳисобда мағлуб бўлди  37 20:10Эрон Про лигаси. "Персеполис" ва "Трактор" ғалабага эришди, Ўрунов ва Ҳамробеков майдонда ҳаракат қилишди  1

Ekspert fikri. Superliga 25-tur boshlanmoqda. "Nasaf" chempionlik uchun yana bir qadam tashlaydimi? Yangiliklar

Ekspert fikri. Superliga 25-tur boshlanmoqda. "Nasaf" chempionlik uchun yana bir qadam tashlaydimi?

FIFA kunlaridan so'ng yana Superliga qaytmoqda.

Bu turda bir qator qiziqarli uchrashuvlar kutmoqda. Mazkur o'yinlar oldidan "Andijon", "Yangier", "Mashal" jamoalarida faoliyat olib borgan Diyor Mirzaboevning fikrlari bilan qiziqdik. Mutaxassis jamoalarning imkoniyatlarini baholadi. 


"Nasaf" – "Qo'qon-1912"

Oxirgi turda "Qo'qon-1912" jamoasi medallar uchun kurashayotgan "OKMK" jamoasini safarda mag'lub qildi. "Qo'qon-1912" jamoasi Qarshiga yaxshi kayfiyat va qo'shimcha motivaciya bilan borishi aniq. "Nasaf" jamoasi o'tgan turda "Bunyodkor" jamoasi bilan murosa yo'lini tanladi va O'zbekiston chempionatida chempionlik uchun intrigani kuchaytirdi. Lekin ketma-ket ikkinchi yil chempionlik uchun asosiy favorit hisoblangan jamoa bunday hal qiluvchi o'yinlarni o'z uyida ijobiy hal qiladi, deyish mumkin.

Imkoniyatlar: 70 – 30


"So'g'diyona" – "Surxon"

Jizzaxliklar chempionatning yakunlovchi qismini ancha faol o'tkazmoqda. Mehmonda autsayder "Sho'rtan" jamoasini mag'lub etishdi. Hujum chizig'ida yuqori malakali ijrochilarga ega. "Surxon" jamoasi yosh va ishtiyoq baland, tezkor hujumlar uyushtiruvchi va kurashchang jamoa. Ushbu bahsda tajriba va mahorat o'z so'zini aytadi.

Imkoniyatlar: Jizzax jamoasi g'alaba qozonsa kerak.


"Andijon" – "Sho'rtan"

"Andijon" jamoasi o'tgan turda vodiy derbisida safarda mag'lubiyatga uchradi. Osiyo chempionlar ligasida va milliy chempionat uchrashuvlarida o'yin o'tkazayotgan jamoa uchun ikki frontda harakat qilish albatta oson emas. Bu yoqda Superligadan chiqib ketmaslik uchun ham kurash ketayotgani aniq. Shuningdek, agar "Sho'rtan" jamoasi safarda "Andijon"ga mag'lub bo'lsa, Superligani tark etishi aniq bo'ladi. Yangi bosh murabbiy qo'l ostida "Sho'rtan" jamoasi 3 ochko uchun harakat qiladi.

Imkoniyatlar: 50 – 50

"Mashal" – "Xorazm"

Oxirgi turda "Mashal" jamoasi Navoiyda alamli mag'lubiyatga uchradi. Otabek Narzullaev bosh murabbiy etib tayinlangandan so'ng jamoada o'yin uslubi o'zgardi — kombinacion va hujumkor futbol namoyish etmoqda. Lekin gol urish borasida qiynalmoqda. "Xorazm" jamoasida tajribali futbolchilar yig'ilgan. Superliga jadvaliga etibor qaratsak, har ikki jamoa ham o'tish o'yinlariga tushib qolmaslik uchun kurashmoqda.

Imkoniyatlar: 60 – 40


"Navbahor" – "Bunyodkor"

"Navbahor" jamoasida bosh murabbiy o'zgardi. Jamoa uyda "Qizilqum"ni mag'lub etdi va safarda "Xorazm" bilan durang o'ynadi. Nazariy jihatdan jamoa hali ham sovrindorlar orasidan joy olishi mumkin. Namanganda har qanday jamoaga ham 3 ochko olib ketish oson emas. Yangi shakllanayotgan "Bunyodkor" jamoasi Toshkentda amaldagi chempion bilan durang o'ynadi. Medallar uchun kurashayotgan jamoalardan biri hisoblanadi.

Ikkala jamoa o'rtasida ehtiyotkor o'yin kutilmoqda.

Imkoniyatlar: durang.


"Dinamo" – "Buxoro"

Samarqandliklar medallar uchun asosiy nomzodlardan hisoblanadi. Qo'lga kiritilayotgan g'alabalar buning yaqqol isboti. "Buxoro" jamoasi uchun esa bu oson o'yin bo'lmaydi, chunki ular ham O'zbekiston kubogi finali va Superligada qolish masalasi bilan band. "Buxoro" jamoasi ruhiyatini jamlab olishi kerak bo'ladi.

Imkoniyatlar: 50 – 50


"Paxtakor" – "Qizilqum"

Ikkala jamoa ham oxirgi turda g'alabaga erishdi. "Paxtakor" jamoasida milliy terma jamoa azolari mavjud. Yuqori malakali ijrochilar yig'ilgan jamoa hisoblanadi. "Qizilqum" jamoasi o'yin davomida himoyaviy futbol ko'rsatadi.

Imkoniyatlar: "Paxtakor" ishonchli g'alaba qozonadi.

"Neftchi" – OKMK

"Neftchi" chempionlik uchun asosiy nomzod jamoa. Hal qiluvchi pallada o'z maydonida tajribali OKMK jamoasini qabul qiladi. Tomoshabinlar bilan to'lgan o'yingohda muxlislarni xursand qilishga harakat qiladi. "Neftchi" jamoasi "Nasaf" kabi barqaror natija ko'rsatayotgan, hozirgi kunda yuqori sport formasidagi jamoa desak bo'ladi.

OKMK jamoasi oxirgi ikki turda mag'lubiyatga uchradi, lekin bu natijalar ushbu o'yinda hal qiluvchi ahamiyat kasb etmaydi.

Imkoniyatlar: 60 – 40

Reyting: +1   

Fikrlar

+2   
16 okt 18:08:25
Зоиржон Капаянги.
Ҳожирги пайтда тағмин қилиш қийин аутсайдер юқоридаги жамоа нр и ютиб қўйса сенсация бўлмай қолди
   
16 okt 18:37:44
Real.M & Chelsi
Neftchi chempion bo'lsa kerak
   
16 okt 17:54:17
Dostonbek Anvarov
Нефтчига омад чемпион болсин енди
   
16 okt 17:11:11
Elyor Hasanov
Қадам ташласаям қ.. мга, ташламасаям қ.. мга
   
16 okt 16:44:11
Маратик
Нимага динамо имконияти 50*50 Энг кизиги Пахтакор кизилкум учрашувида Пахтакор яккол фаворит экан?Ким бу утахасис мутахасис?
   
16 okt 16:37:37
Адхамжон Низамов
Олга,"Буюк чинорлар."Олга водий.
championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика