Sadio Manening akasi Qozog'istonda akademiya ochishga shama qildi
16 okt 13:28
Yangiliklar
Sadio Manening akasi Qozog'istonda akademiya ochishga shama qildi
Senegallik sobiq hujumchi Malik Mane Qozog'istonda o'zining futbol akademiyasini tashkil etish haqida o'ylayotganini takidladi.
"Hozir Senegalda akademiyani boshqaryapman — jamoamiz milliy chempionatning uchinchi divizionida o'ynaydi. Bu butunlay mening loyiham, ukam Sadio ishtirokisiz. Senegalda boshqa biznesim ham bor. Ehtimol, kelajakda Qozog'istonda akademiya ochaman. Bu haqda o'ylayapman", – dedi Mane.
37 yoshli Malik Mane 2012 yilda Senegal terma jamoasida 1 ta o'yin o'tkazgan. U "Liverpul" va "Bavariya"da o'ynagan jahon futboli yulduzi Sadio Manening o'gay akasi sifatida tanilgan.
Malik Mane Qozog'istonda "Aktobe" (2011), "Taraz" (2016-2017), "Akjayik" (2018) va "Atirau" (2019) jamoalarida harakat qilgan.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Аргентина ЖЧ-2026дан четлатилиши мумкин
Ла Лига. Рафиньянинг дубли "Барселона"га "Осасуна" устидан ғалабани тақдим этди
Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди
ФИФА Туркий давлатлар Кубоги. Қулоққа қандай эшитилади?
Fikrlar