So’nggi yangiliklar

07:59Грузиялик тўпурар ҳимоячи водий жамоаси билан шартнома имзолади  1 07:31Ўткир Юсуповнинг "Фулад"даги тақдири маълум бўлди  1 02:57Ла Лига. Мбаппе ва Родригонинг голи "Реал"га меҳмонда "Алавес" устидан ғалабани тақдим этди  19 02:37А Серия. "Ювентус" меҳмонда "Болонья" устидан минимал ғалабага эришди  3 02:18Бутун дунёни асабига ўйнаган вазир ёҳуд Мессининг Хиндистондаги "дўсти"  7 00:28Туркия Суперлигаси. Шомуродов тўпурарлик пойгасида етакчи бўлиб олди  6 00:06А Серия. "Интер" меҳмонда ғалабага эришди  1 23:58Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди  46 23:49Бундеслига. "Бавария" ва "Боруссия" рақибларини мағлуб эта олмади  1 23:05Хосеп Гвардиола АПЛда Алекс Фергюсоннинг рекордини янгилади  1 22:38"Тоттенхэм” испаниялик футболчи учун 70 млн евро таклиф қилди  0 22:10Саудия Арабистони шаҳзодаси "Барселона"ни сотиб олиши мумкин  21 21:39А Серия. "Наполи" меҳмонда "Удинезе"га мағлуб бўлди  1 21:09АПЛ. "Ман Сити" йирик ғалабага эришди, Ҳусанов захирада қолдирилди, "Тоттенхэм"да эса йирик ҳисобда мағлуб бўлди  37 20:10Эрон Про лигаси. "Персеполис" ва "Трактор" ғалабага эришди, Ўрунов ва Ҳамробеков майдонда ҳаракат қилишди  1

Osiyo Kubogi-2027. Qita birinchiligiga chiqqan jamoalar 18 taga etdi Yangiliklar

Osiyo Kubogi-2027. Qita birinchiligiga chiqqan jamoalar 18 taga etdi

2027 yilgi Osiyo Kubogi 7 yanvar - 5 fevral oralig'ida Saudiya Arabistonida bo'lib o'tadi.

Shu paytgacha qita birinchiligi yo'llanmasini qo'lga kiritgan jamoalar soni 17 ta edi. 14 oktyabr kuni bo'lib o'tgan saralashning uchinchi bosqich 4-tur uchrashuvlaridan so'ng yana bir jamoa - Suriya ham Osiyo Kubogi yo'llanmasiga ega bo'ldi. Suriya terma jamoasi 9 va 14 oktyabr kunlari Myanmaga qarshi ikkita o'yin o'tkazib, har ikkalasini o'z foydasiga hal etdi – 5:1, 3:0.

Natijada saralash o'yinlari tugashiga ikki tur qolganida 12 ochko bilan muddatidan oldin vazifani bajardi. Malumot uchun, Osiyo Kubogi-2027ning oxirgi saralash bosqichida 24 ta jamoa qatnashyapti va jamoalar to'rttadan 6 guruhga bo'lingan. Saralash reglamentiga ko'ra, har bir guruhdan faqat bitta jamoa qita birinchiligiga yo'l oladi. Shu bois ham bitta o'rin uchun kurash oxirigacha kechadi.

Osiyo Kubogiga mezbon Saudiya Arabistonidan tashqari chiqqan jamoalar: Avstraliya, Iroq, Eron, O'zbekiston, Qatar, BAA, Yaponiya, Koreya, Ummon, Falastin, Bahrayn, Iordaniya, Xitoy, Indoneziya, KXDR, Kuvayt, Qirg'iz Respublikasi, Suriya.

Shnday qilib, musobaqa ishtirokchilari soni jami 19 taga etdi va qolgan 5 ta yo'llanma egasi 18 noyabr hamda kelasi yilning 31 mart kuni bo'lib o'tadigan o'yinlaridan so'ng malum bo'ladi. Bu saralashning eng oxirgi bosqichi hisoblanadi.

4-turdan so'ng o'z guruhlarida peshqadamlik qilayotgan jamoalar:

Filippin – 12 ochko

Livan – 10 ochko

Gonkong – 8 ochko

Turkmaniston – 9 ochko

Suriya – 12 ochko

Malayziya – 12 ochko

Saralashning "A" guruhida ishtirok etayotgan Tojikiston agar keyingi ikkita o'yinda g'alaba qozonmasa, Osiyo chempionatiga chiqa olmasligi mumkin. Hozircha bu guruhda Filippin peshqadamlik qilyapti. Tojikiston oxirgi turni o'z maydonida aynan Filippinga qarshi o'tkazadi va shu o'yinda barcha masala hal bo'lishi mumkin. Eslatib o'tamiz, safarda kechgan birinchi davra bahsida 2:2 hisobi qayd etilgandi.

P.S. Saralashning 5-tur uchrashuvlari 18 noyabr kuni bo'lib o'tadi:

Sharqiy Timor – Tojikiston

Maldiv orollari – Filippin

Bruney – Livan

Yaman – Butan

Gonkong – Singapur

Bangladesh – Hindiston

Shri Lanka – Tailand

Turkmaniston – Xitoy Taypeyi

Pokiston – Suriya

Afg'oniston – Myanma

Nepal – Malayziya

Laos – Vetnam


Xayrulla Xoliqov

Reyting: +4   

Fikrlar

   
16 okt 19:05:56
Абдулазиз Кодиров
Топпа тогри канде килиб 12 очко 4-турдан кейин
ТОЖИКИСТОН - ФИЛИПИН 1-ТУРДА 2-2 боган боса .?
   
16 okt 17:13:29
Азим Исмаилов
Нотугри кетибди тахлилчи х холиков
Филиппинда 12 очко
Тожикистон билан 1 уйин 2-2 тугаган булса 4 турдан кейин Филиппинда кандай килиб 12 очко булади?????
   
16 okt 15:03:56
Адхамжон Низамов
Чемпионатни утказиш учун Осиёда Саудиядан бошка давлат йукми? Бу АФК (Араб футбол конфедерацияси) пулга сотилаверар эканда.
   
16 okt 12:10:49
REAL MADRID
Хайрият, анча вақтдан бери биринчи марта бу сайтда Уммон деб ёзишибди админлар :))
championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика