"Roma" yangi stadionga ega bo'ladi. Bunga Evro-2032 mezbonligi sabab bo'lmoqda
16 okt 14:05
Yangiliklar
"Roma" yangi stadionga ega bo'ladi. Bunga Evro-2032 mezbonligi sabab bo'lmoqda
UEFA prezidenti Aleksander Cheferin 2032 yilgi Evropa chempionati mezboni Italiyadagi futbol infratuzilmasi holatidan o'ta noroziligini bildirdi.
Biroq Apennin yarim orolida ish allaqachon boshlangan.
Rim rasmiylariga ko'ra, "Roma" uchun yangi stadion bo'yicha rejalar UEFA tomonidan belgilangan muddatga bajarilishi uchun yil oxirigacha taqdim etiladi. "Bo'rilar" uchun alohida maydon g'oyasi bir muncha vaqtdan beri muhokama qilib kelinadi, ammo endigina muvaffaqiyatga erishildi.
Bu muvaffaqiyat aynan Italiyaning Evropa chempionatiga mezbonlik qilishi bilan bog'liq, chunki "Roma"ning yangi stadioni musobaqalar o'tkaziladigan joylardan biri bo'lishi rejalashtirilgan. Hozircha, na taxminiy dizayn, na sarmoya miqdori, na hatto "jallorosi"ning "Olimpiko" stadionini tark etib, arenani "Lacio"ga qoldirib ketishining taxminiy sanasi ham malum emas.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Аргентина ЖЧ-2026дан четлатилиши мумкин
Ла Лига. Рафиньянинг дубли "Барселона"га "Осасуна" устидан ғалабани тақдим этди
Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди
ФИФА Туркий давлатлар Кубоги. Қулоққа қандай эшитилади?
Fikrlar