Timur Kapadze Patrik Klyuyvert o'rnini egallashi mumkin
16 okt 17:45
Yangiliklar
Timur Kapadze Patrik Klyuyvert o'rnini egallashi mumkin
O'zbekiston terma jamoasi sobiq bosh murabbiyi Timur Kapadze Indoneziyani boshqarish uchun asosiy nomzodlardan biri bo'lib turibdi.
Bu haqda "Goal Media" xabar berdi.
Indoneziya tomoni Kapadzedan tashqari "Persiya"ning germaniyalik sobiq ustozi Tomas Doll va Iroq terma jamoasining ispaniyalik sobiq bosh murabbiyi Xesus Kasas nomzodlarini ilgari surmoqda.
Avvalroq Indoneziya Patrik Klyuyvert bilan shartnomani o'zaro kelishuv asosida bekor qilgandi. 49 yoshli mutaxassis joriy yilning 8 yanvarida bu lavozimga kelgandi.
11 oktyabr kuni Indoneziya terma jamoasi JCH-2026 saralash bosqichida Iroqqa 0:1 hisobida mag'lub bo'lib, kelasi yozda AQSH, Meksika va Kanadada bo'lib o'tadigan turnirga yo'llanma olish imkoniyatidan mahrum bo'lgan edi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Аргентина ЖЧ-2026дан четлатилиши мумкин
Ла Лига. Рафиньянинг дубли "Барселона"га "Осасуна" устидан ғалабани тақдим этди
Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди
ФИФА Туркий давлатлар Кубоги. Қулоққа қандай эшитилади?
Fikrlar