"Manchester Yunayted" afsonasi klubning yozgi transfer kampaniyasini tanqid qildi
16 okt 15:20
Yangiliklar
"Manchester Yunayted" afsonasi klubning yozgi transfer kampaniyasini tanqid qildi
Masalan, Pol Skoulz jamoaning yozgi harakatlaridan noroziligini bildirdi. U Rasmus Xoylund 2023 yilda 20 yoshida jamoaga kelib qo'shilgani va yagona hujumchi sifatida katta bosim ostida bo'lganini takidladi. Endi klub yosh hujumchi Benyamin Sheshkoni safiga qo'shib, xuddi shu xatoni takrorladi.
"Xoylundga qarang, yigit hozir 22 yoshda, jamoaga 20 yoshida qo'shilgan. "Manchester Yunayted"da faqat bir nafar markaziy hujumchi bor va barcha bosim unga tushdi. U muvaffaqiyatsizlikka uchradi. Asta-sekin jamoaga qo'shilishi, avval boshlang'ich tarkibda, keyin zaxiradan maydonga tushishi kerak edi. Jamoada uch yoki to'rt nafar forard bo'lishi kerak.
Ular bu yozda nima qilishyapti? Bittasi bilan xayrlashib, boshqasini sotib olishyapti — juda o'xshash, amalda bir xil futbolchini! U 22 yoshda. Yomon boshlamadi va o'sib borayotgani ko'rinib turibdi. Biroq bunda sog'lom fikr qani?", – dedi Skoulz "The Good, The Bad and The Football" podkastida.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Аргентина ЖЧ-2026дан четлатилиши мумкин
Ла Лига. Рафиньянинг дубли "Барселона"га "Осасуна" устидан ғалабани тақдим этди
Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди
ФИФА Туркий давлатлар Кубоги. Қулоққа қандай эшитилади?
Fikrlar
Админлар, сўнги пайтда анча кайфга берилиб кетяпсизлар. Битта мақолани қайтариб жойлаш, имловий хатолару нотўғри маълумот бериб зерикмаяпсилару лекин сайтни сифатани туширяпсизлар. Буни устига оғзи шалоқ шилталарни блокламасдан сайтни молхонага айлантиряпсизлар