Ispan klublari 2002 yildan buyon boshqa mamlakat klublariga qarshi barcha 15 finalni yutdi
22 avg 2020 10:20
Yangiliklar
Ispan klublari 2002 yildan buyon boshqa mamlakat klublariga qarshi barcha 15 finalni yutdi
Ispaniya klublari 2002 yildan buyon evrokuboklardagi boshqa mamlakat klublariga qarshi barcha 15 finalda g'olib bo'lishdi.
Bu vaqt davomida "Real" 3 bor (ispan klublariga qarshi finallar hisobga olinmagan) va "Barselona" esa 4 bor CHempionlar Ligasida zafar quchdi.
"Valensiya" UEFA kubokini 2004 yil yutgan, 5 bor UEFA Kubogi/Evropa Ligasi finallarida "Sevilya", 2 bor "Atletiko" chempion bo'lgan.
So'nggi bor La Liga klubi boshqa mamlakat klublariga qarshi kechgan finallarni boy berishi 2001 yilda yuz bergan. "Alaves" UEFA Kubogida "Liverpul" (4:5, hal qiluvchi golni ispan o'yinchisi o'z darvozasiga kiritgan)ga mag'lub bo'lgan, "Valensiya" esa CHempionlar Ligasi finalida "Bavariya" (penaltilar seriyasida)dan engilgan. SHundan keyin boshqa mamlakatlarga qarshi finalda ispan jamoasi o'ynasa, faqat g'olib bo'ladi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ўзбекистон Суперкубоги. "Нефтчи" — 2026 йилги Ўзбекистон Суперкубоги соҳиби.
Ла Лига. "Барселона" ўз майдонида "Севилья"ни тор-мор этди
Камолиддин Тожиев: "Эртанги ўйинга 100 фоиз шаймиз. Пенальтилар сериясига тайёрланмадик" (тўлиқ матбуот анжумани)
Opta. EЧЛ учун асосий даъвогарлар рейтингини қайтадан тузиб чиқди
Fikrlar