So’nggi yangiliklar

17:33Суперлига. "Навбаҳор" кетма-кет 12 та ўйиндан буён Наманганда мағлубият нималигини билмаяпти  0 17:15Футбол ҳақиқатан ҳам биринчи ўриндами?  0 17:12Копа соврининга даъвогарлар рўйхати эълон қилинди  0 16:45"Андижон"нинг словениялик легионери қаерда?  3 16:18Беҳрузбек Облақулов: "Вадим Карленович шошилмай ўйнашни айтганди. Якунда ўйинни қутқара олдик"  3 15:56"Навбаҳор" Наманганда "Сўғдиёна" билан дуранг ўйнаган баҳсдан ГАЛЕРЕЯ  2 15:28Суперлига. "Насаф", "Динамо", "Бунёдкор" ва "Нефтчи" меҳмонда ютқазмаяпти  4 15:00Чипта нархи Женнифер Лопес концертидан каррасига арзонроқ, шиддати эса юқорироқ бўлиши кутилаётган ўйинга превью  7 14:42Шацких бош мураббий сифатида Рўзиқул Бердиев жамоасини ҳеч қачон ютолмаган  3 14:15"Буларнинг барчаси миш-миш" - Игорь Сергеев МТЖга хорижлик мураббий келиши мумкинлиги ҳақида  8 13:49Суперлига. "Нефтчи" 10 йилдан буён Қўқонда ғалаба қозона олмаяпти   2 13:21Суперлига. "Динамо" Ғузорда аср ғалабасини қўлга киритди, кейинги турда катта имтиҳон  5 12:54"Барселона" "Камп Ноу"га қайтмоқда: клуб кузда янгиланган аренада ўйнаши мумкин  0 12:26Гринвуд "Ал Насср"га ўтишга розилик берди  0 11:59Суперлига. "Навбаҳор" ўз уйида учинчи марта дуранг ўйнади, "Сўғдиёна" меҳмонда учинчи бор муроса кўчасини танлади  0

Islombek Rustambekov: "Men "CA"ga qanday kelganman?" Yangiliklar

Islombek Rustambekov: "Men "CA"ga qanday kelganman?"

Yangi yil kirib kelishiga ham sanoqli daqiqalar qolmoqda.
Bayram tuhfasi sifatida saytimiz o'quvchilariga yangi loyihani taqdim etamiz. Loyiha Men CAga qanday kelganman? deb nomlanadi va unda sayt ijodkorlarining qanday qilib championat.asiaga kelishgani haqida so'z boradi.

"Futbol jurnalistikasiga FE gazetasi orqali kirib kelganman. Aytish kerakki, bu gazeta men uchun katta maktab bo'lgan. Fursatdan foydalanib, menga ishonch bildirib, to'g'ri yo'l-yo'riq ko'rsatgan SHukurullo Ishoqov, Boburbek Tursunov va SHerzodbek Sodiqovga minnatdorchilik bildiraman va ular meni hozir o'qiyotgan bo'lsa Yangi yil bilan tabriklayman.

Keyinchalik malum muddat ustozimiz Xayrulla Xoliqovning taklifiga binoan "FutGOL" gazetasida faoliyat yuritdim. Bu ham faoliyatimdagi oldinga tashlangan bitta katta qadam bo'lgan deb bemalol ayta olaman. SHu vaqt mobaynida ko'plab jurnalist akaxonlar bilan tanishdim. Adashmasam, Nodirxo'ja Yuldashev bilan 2009 yili tanishganmiz. O'sha paytdan buyon bu insonning ishlash tizimi menga juda yoqadi. Ilk bor tezkorlik bilan ishlashini ko'rib, hayron qolganman.

Esimda Namanganda "Navbahor" - "Paxtakor" o'yinidan keyin o'tkazilgan matbuot anjumanida Nodir aka murabbiylar fikrini tokchada o'tirib, tezkorlik bilan yozib, saytga kiritib qo'ygandi. To'g'risi, u paytda boshqa hamkasblarimiz diktofonga yozib, so'ngra uyga borganda kompyuterga ko'chirardi. Ayrim klublarda esa rasmiy saytlar bo'lmagan.

Xullas 2010 yili qishda Toshkentga ish yuzasidan borganimda, "Paxtakor" stadioniga o'tdim. CHunki Nodir aka sayt ochilishidan ilgari ushbu klubda faoliyat yuritardi. Tushlik paytida borganimda men, Behzod Nazarov va Nodir aka uchchalamiz "Paxtakor" stadionidagi restoranda birga tushlik qildik. So'ngra Nodir aka meni o'z xonasiga taklif etdi. Xonaga kirdim. SHunda championat.uz ochilayotganini aytib, sayt adminkasini ko'rsatdi. Hamkorlik qilish borasida gaplashib, avvaliga xuddi sinov kabi ishlab yurdim. Unga qadar fk.uz saytida ham ishlardim. Lekin Nodir akani ishlash tizimi boshqalardan farq qilardi va o'z ishiga professionallarcha yondoshishi meni ham "championat.uz"ga o'tishimga turtki bergan. 1-2 yil qo'ldan kelganicha sayt uchun maqola yozib yurdim. Keyinchalik sayt o'zini oqlay boshladi shekilli, xodimlarga uncha katta bo'lmasada, oylik maoshlarni joriy etdi. Bu payt student bo'lganim uchun ham pullar unchalik qiziqtirmasdi va muhimi o'z ishimdan rohat olayotganim edi.

2013 yildan birinchi ligani to'liq yoritib borish vazifasi berildi. Undan oldin bu ishni "FutGOL" gazetasida amalga oshirganim uchun ham menga maqul keldi. Birinchi liganing barcha klublari bilan do'stona aloqani yo'lga qo'yib, ular bilan hamkorlik qila boshladim.
Saytda o'z o'rnimni topib ketishimda shubhasiz Narzulla akaning beminnat ko'magi muhim o'rin tutadi. Buni hech qachon unutmayman.

Har doim nima yordam so'rasam yo'q demaydi. Ishi juda ko'p bo'lishiga qaramay, atrofidagi jamoadoshlarini ham qo'llab-quvvatlaydi. SHahboz Beg'amov aytib o'tganidek, "CA" ijodkorlari xuddi bir oiladek bo'lib qolgan. Ichki muhit yaxshi bo'lsa, ishda ham unum bo'ladi deb bejizga aytishmagan. Ilohim inoqligimizga hech qachon ko'z tegmasin!

Fursatdan foydalanib, barcha hamkasblarimni, muxlislarni jamiki yurtdoshlarimizni kirib kelayotgan yangi yil bilan tabriklayman!   
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика