Islom Ismoilov: "G'alabani katta yoki kichigi bo'lmaydi. Barchasining zamirida mehnat yotadi"
15 avg 2023 21:40
Yangiliklar
Islom Ismoilov: "G'alabani katta yoki kichigi bo'lmaydi. Barchasining zamirida mehnat yotadi"
Hal qiluvchi bahsda vakillarimiz evropalik tengqurlarini 6:1 hisobida mag'lubiyatga uchratdi va bosh sovringa ega chiqdi. Uchrashuvdan so'ng terma jamoa ustozi Islom Ismoilovning fikrlarini tingladik.
"Birinchi navbatda barcha yurtdoshlarimizni g'alaba bilan tabriklayman. G'alabani katta yoki kichigi bo'lmaydi. Barcha g'alabalar zamirida katta mehnat yotadi. Musobaqaga etarli darajada tayyorgarlik ko'rdik va bu o'z samarasini berdi.
Bu terma jamoa yig'ilganiga 2 yil ham bo'lgani yo'q. Bir qator xalqaro o'rtoqlik uchrashuvlarida maydonga tushdik. Bo'lajak turnirlar oldidan bu foydali, bo'ldi deb o'ylayman.
Jamshidbek Rustamovni kelajagi porloq. Bu yoshda o'tish davri, shu bois to'xtab qolmasligi kerak. Oldimizda turgan asosiy musobaqalarda ham o'zining gollari bilan yordam bersa, xursand bo'lamiz", - deydi Islom Ismoilov.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
U-17 ЖЧ. Ўзбекистон Панама дарвозасига 6 та тўп йўллади
Эшитдик-да! Кападзе Ўзбекистон терма жамоасидан кетди
Ла Лига. "Реал" меҳмонда "Райо Вальекано"ни мағлуб эта олмади
АПЛ. "Манчестер Сити" "Ливерпул"ни йирик ҳисобда таслим этди, Ҳусанов эса...
Fikrlar