Islom Ismoilov: "CAFA turnirida kuchsiz jamoalar yo'q, Dushanbega o'z o'yinimizni ko'rsatish uchun keldik"
19 avg 2023 15:17
Yangiliklar
Islom Ismoilov: "CAFA turnirida kuchsiz jamoalar yo'q, Dushanbega o'z o'yinimizni ko'rsatish uchun keldik"
O'zbekiston bu turnirga Islom Ismoilov ustozlik qilayotgan U-15 terma jamoasi bilan tashrif buyurgan. Vakillarimiz ertaga ilk uchrashuvda Eron U-17 terma jamoasiga qarshi maydonga chiqadi.
Bugun musobaqa oldidan tashkiliy ishlar muhokama qilindi, murabbiylar ishtirokida matbuot anjumani bo'lib o'tdi. O'zbekiston U-15 terma jamoasi bosh murabbiyi Islom Ismoilov anjumanda quyidagilarni aytdi.

"Avvalo, samimiy qabul uchun Tojikiston futbol federaciyasi va Markaziy Osiyo futbol associaciyasiga minnatdorchilik bildiraman. Kelasi yil oktyabrda bo'lib o'tadigan U-17 Osiyo Kubogi saralash turniriga bosqichma-bosqich tayyorgarlik ko'ryapmiz.
Kuni kecha uyimizda o'tkazilgan Mirabror Usmonov xotirasiga bag'ishlangan xotira turnirida g'olib chiqdik. CHernogoriya, BAA, Saudiya Arabistoni terma jamoalariga qarshi yaxshi sparring o'yinlar o'tkazdik.
CAFA turniriga kelsak, har qanday murabbiy doimo o'z oldiga maksimal maqsadlarni qo'yadi. Raqiblar yaxshi, lekin bu erda kuchsiz jamoalar yo'q. Biz Dushanbega o'z o'yinimizni ko'rsatish uchun keldik. CAFA turniri yaxshi sinov bo'ladi. Biz turli uslubdagi to'rtta jamoa bilan o'ynaymiz. O'yindan o'yinga tayyorlanib boramiz, turli sxemalarni ko'zdan kechirib olamiz. Turnir qiziqarli o'tadi, deb o'ylayman", – deydi Islom Ismoilov.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
U-17 ЖЧ. Ўзбекистон Панама дарвозасига 6 та тўп йўллади
Эшитдик-да! Кападзе Ўзбекистон терма жамоасидан кетди
Ла Лига. "Реал" меҳмонда "Райо Вальекано"ни мағлуб эта олмади
АПЛ. "Манчестер Сити" "Ливерпул"ни йирик ҳисобда таслим этди, Ҳусанов эса...
Fikrlar