Isko faqat APL klubiga o'tishga tayyor
11 mar 2020 23:31
Yangiliklar
Isko faqat APL klubiga o'tishga tayyor
Ispaniyalik futbolchi boshqa chempionat vakillaridan tushgan takliflarni ko'rib chiqmaydi.
AS xabariga ko'ra, Madridning "Real" klubi yarim himoyachisi Isko yozda jamoani tark etmoqchi. 27 yoshli ispaniyalik futbolchi "qirollik klubi" bosh murabbiyi Zinedin Zidan bilan suhbatlashganidan keyin shunday qarorga kelgan. Malum bo'lishicha, har doim o'zini Angliyada sinab ko'rishni orzu qilgan Isko faqatgina APL klublarining takliflarini ko'rib chiqadi.
Avvalroq xavbek uchun "Arsenal", "Manchester Yunayted" va "Manchester Siti" klublari kurash olib borishi haqida xabarlar tarqalgan edi.

Malumot uchun, La Liganing joriy mavsumida 16 o'yinda maydonga tushgan futbolchi bittadan gol va golli uzatmaga mualliflik qilgan.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Аргентина ЖЧ-2026дан четлатилиши мумкин
Эрлинг Ҳоланд Криштиану Роналдуни қувиб ўтиб, АПЛ рекордини янгилади
"Бухоро" Табатадзенинг голи эвазига "Арал"ни ютиб, Суперлигада қолди!
Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди
Fikrlar