Inzagi: "Biz ranjidik, ammo yigitlarim bilan faxrlanaman"
14 mar 2024 17:10
Yangiliklar
Inzagi: "Biz ranjidik, ammo yigitlarim bilan faxrlanaman"
"Hammamiz qattiq ranjidik. Biroq men yigitlarga ECHLdagi bu mavsum bilan faxrlanishlari mumkinligini aytdim. Bugungi bellashuvning muhim pallalarida yaxshiroq harakat qilishimiz kerak edi. Qo'shimcha bo'limlarda biz o'yinni nazorat qildik, biroq ko'p xatolarga yo'l qo'ydik. Bunday o'yinlarda xatolar kechirilmaydi. SHubhasiz, birinchi uchrashuvda biz yirikroq hisobda zafar quchishimiz mumkin edi. Bugun esa gol urganimizdan keyin ustunlikni saqlab qolish kerak edi, buning o'rniga ular darhol muvozanatni tiklashdi va o'yinga qaytishdi. Jamoa mag'lubiyatlarga o'rganmagan va chorak final yo'llanmasi o'z qo'limizda edi. Biz qattiq ranjidik, lekin men yigitlar bilan faxrlanaman; ular menga haqiqiy zavq bera olishdi. Endilikda biz o'tgan ishni unutib, olg'a intilishimiz zarur, chunki bizni buyuk maqsad kutmoqda".
O’xshash yangiliklar
championat.asia
ОЧЛ 2 плей-офф босқичига қуръа ташланди: Роналду етакчилигидаги "Ал Насср" "Арқадағ" билан ўйнайди
Тимур Кападзе дунёнинг энг кучли мураббийлари орасида кучли ўнликка кирди!
АПЛ. "Арсенал" "Астон Вилла"нинг ғалабали сериясига нуқта қўйди. МЮ аутсайдерни мағлуб эта олмади
Роналду кетма-кет учинчи марта Яқин Шарқда йилнинг энг яхши футболчиси бўлди
Fikrlar