So’nggi yangiliklar

17:05Ўзбекистон Суперкубоги: дебютант “Нефтчи” саккизинчи жамоа, рекорд “Пахтакор”да  1 16:49"Футбол олами". 3-турдаёқ илк истеъфо  0 16:29Аёллар ўртасидаги Осиё кубоги. Ўзбекистон чорак финалда Жанубий Кореяга йирик ҳисобда мағлуб бўлди  12 15:35Ўзбекистон Суперкубоги–2026: Бердиев рекордчи, рўйхатда хорижлик мураббийлар ҳам бор  1 15:25"Имишли" — "Сабаҳ". Таркиблар маълум  0 14:50Ким Мин Же "Бавария"ни А Серия топ клубига алмаштириши мумкин  1 14:28Ўзбекистон Суперкубоги. Тарихдаги илк учрашув ва қолган тўқнашувларда қандай натижалар қайд этилган? Кимлар майдонга тушган?  2 13:36"Интер" Саудия Арабистонидаги ўйинчига кўз тикди  1 12:48Суперлиганинг 3-туридаги ҳакамлик таҳлили: "Пахтакор" – "Навбаҳор" ва "Насаф" – "Динамо" ўйинларидаги хатолар ҳамда баҳсли қарорлар  18 12:17Мауро Бразил — Суперлигада дебют қилган илк уругвайлик футболчи  5 11:52Эндрик "Реал"даги келажаги ҳақида қарор қабул қилди  12 11:15"Интер" "Рома" юлдузини трансфер қилмоқчи  1 10:40Расмус Хойлунднинг "Наполи"даги келажаги маълум  1 10:12Спалеттининг "Ювентус"даги келажаги маълум  1 09:43"Ливерпуль" "Реал"дан икки ўйинчини 120 миллион еврога сотиб олиши мумкин — TEAMtalk   12

Intervyu. Mirzohid G'ofurov: “Yosh futbolchilarga kibrga berilmasliklarini maslahat beraman” Yangiliklar

Intervyu. Mirzohid G'ofurov: “Yosh futbolchilarga kibrga berilmasliklarini maslahat beraman”

Barcha sportchilar singari futbolchilar ham karantin davrini o'z uylarida, oila davrasida o'tkazishmoqda.

Ushbu imkoniyatdan foydalangan holda, “Navbahor”ning tajribali himoyachisi Mirzohid G'ofurov bilan telefon orqali bog'lanib, unga o'zimizni qiziqtirgan bir necha savollar bilan murojaat qildik.

- Karantin paytini uyda qanday o'tkazyapsiz? Futbolni sog'indingizmi?


- Albatta, barcha futbolchilar singari karantin davrini uyda, oilam davrasida o'tkazyapman. Jamoamiz murabbiylar shtabining mashg'ulotlar jadvali asosida uyda yakka tartibda mashqlarni bajaryapman. Yuzaga kelgan imkoniyatdan foydalangan holda, oilam davrasida ko'proq bo'lish, suhbatlashishga intilyapman. Boisi, biz – futbolchilarning asosiy vaqtimiz ko'proq safarlarda kechadi hamda oila davrasida kam bo'lamiz. Menimcha, har qanday futbolchi futbolni sog'insa kerak. Ammo birinchi navbatda sog'liqni asrash kerak va karantin ham shu niyatda elon qilindi. Xudo xohlasa, Superliga bahslari tez kunlar ichida start oladi, degan umiddaman.

- Karantindan so'ng, davom etadigan Superliga bahslarida sizningcha, sensaciyalar yuzaga kelishi mumkinmi?


- Menimcha, sensaciyalar yuz berishining ehtimoli yuqori. Boisi, karantindan so'ng, barcha jamoalar bir xil saviyada bo'ladi. SHunday ekan, grand klublar o'zidan kuchsizroq jamoadan mag'lubiyatga uchrashi ehtimoldan xoli emas. Ammo sensaciyalarning bo'lgani yaxshi. Boisi, shunday o'yinlar orqali milliy chempionatimiz bahslariga qiziqish yanada kuchayadi.

- Siz “Navbahor”dagi eng tajribali futbolchilardan birisiz. Sizningcha, tajriba futbolda nechog'lik muhim rol o'ynaydi?

- Millionlar o'yinida ruhiy hamda jismoniy tajribaning o'rni katta, albatta. Bu esa mashg'ulotlar jarayoni, shuningdek, maydonda to'p bilan muomala qilish, raqibga qarshi kurash olib borish, aniq zarba yo'llash kabi ko'plab holatlarda o'z samarasini bermoqda. Bir so'z bilan aytganda, futbolda tajriba katta rol o'ynaydi.



- Tajribali futbolchi sifatida jamoadagi yosh o'yinchilarga o'z maslahatlaringizni berib turasizmi?

- Qo'limdan kelganicha, tajribam bilan o'rtoqlashib, o'z maslahatlarimni berib turaman. Yosh futbolchilarga ko'proq o'z ustilarida ishlashlari, mehnat qilishlari va kibrga berilmasliklarini takidlayman.

- Joriy mavsumda “Navbahor”ning oldiga Osiyo CHempionlar Ligasi yo'llanmasini qo'lga kiritish vazifasi qo'yilgan. Jamoaning ushbu imkoniyatini qanday baholaysiz?

- Mazkur maqsadni amalga oshirish uchun barcha imkoniyatimizni ishga solamiz. Jamoamizning ayni paytdagi tarkibi esa bunga qodir. Superligada chempionlik unvoniga erishish, shuningdek, O'zbekiston kubogini qo'lga kiritishga harakat qilamiz. O'zbekiston kubogi finalining Namanganda, o'zimiz uchun qadrdon maydonda o'tkazilishi bizga qo'shimcha kuch-quvvat bag'ishlaydi hamda fidoiy va jonkuyar muxlislarimizning qo'llab-quvvatlashlari ostida billur sovrinni qo'lga kiritamiz, degan umiddaman.

- Muxlislarga qanday tilaklaringiz bor?

- Barcha hamyurtlarimiz, shuningdek, “Navbahor”ning sadoqatli hamda jonkuyar muxlislariga ayni paytda yurtimizda hukm surayotgan muborak Ramazon oyida Allohdan kuch-quvvat, sog'lik-salomatlik tilab qolaman. Tutgan ro'zalari va ibodatlari, shuningdek, qilgan ehsonlarini Alloh o'z dargohida qabul qilsin, ilohim! Duolari ijobat bo'lsin. Asosiysi kasal bo'lishmasin hamda koronavirusdan ehtiyot bo'lgan holda, uyda qolishsin.

Malumot uchun
Mirzohid G'ofurov –
1988 yil, 22 avgustda Namangan viloyati, CHortoq shahrida tug'ilgan.
Futbol bilan 6 yoshidan shug'ullana boshlagan
Birinchi murabbiyi: Abdullo Jo'raboev.
Namangandagi futbol maktab-internatini tamomlagan.
Ampluasi: himoyachi.
O'ynagan jamoalari: “Navbahor” (Namangan) – 2006 yilning 2-davrasi – 2007 yillar, 2009 yil, “UzDongJu” (Andijon) – 2008 yil, “NBU- Osiyo” (Toshkent) – 2010 yil, “Mashal” (Muborak) – 2011 – 2014 yillar, 2016 yil, “Bunyodkor” (Toshkent) – 2015 yil.
2017 yildan yana “Navbahor”da.
Oilali, 2 nafar o'g'ilning otasi.

“Navbahor” PFK matbuot xizmati.

Reyting: +8   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика