So’nggi yangiliklar

18:22"Барселона" ва "Арсенал" "Ноттингем Форест" футболчисини нишонга олди  0 18:00CAFA Nations Cup. Афғонистон Ҳиндистон билан баҳс юритмоқда (онлайн ҳисоб)  3 17:54"Фулхэм" "Бавария" футболчисини ижарага олди  0 17:28"Арсенал" ярим ҳимоячиси бу йил "Олтин тўп"ни кимга бериш кераклигини айтди  2 16:59"Барселона" ҳимоячиси жароҳати сабаб 3 ҳафта майдонга туша олмайди  0 16:30Манба: Паулу Бенту Мисрда ишлаши мумкин  20 16:02Станислав Черчесов: "Ўзбекистонни умуман билмайдиган ва кўп нозик жиҳатлардан бехабар чет эллик мураббийнинг дарҳол натижа келтиришига ҳеч ким кафолат бера олмайди"  38 16:01"Байер" ва "Фенербахче" бош мураббийлик учун Постекоглу номзодини илгари сурмоқда  1 15:34Туркия клуби яқин кунларда Онанани ижарага олмоқчи  3 15:06ФИФА ЖЧ-2026 чипталарининг бошланғич нархини белгилади  3 14:38Россия – Иордания учрашувини ўзбекистонлик ҳакамлар бошқаради  5 14:11Бундеслига юлдузи трансфер ойнасининг сўнгги кунида МЮ таклифини рад этгани маълум бўлди  2 13:43Нагельсманн Германиянинг ЖЧ-2026даги мақсадини айтди  5 13:17Қозоғистондагилар "Реал" билан ўйин чиптаси билан боғлиқ фирибгарликлардан хавотирда  1 12:49Мажлис келишилган ўйинлар масаласини кўтарди  6

Intervyu. Mirjalol Qosimov: "Futbol hech qachon ikkinchi darajaga o'tishi kerak emas" Yangiliklar

Intervyu. Mirjalol Qosimov: "Futbol hech qachon ikkinchi darajaga o'tishi kerak emas"

O'zbekiston terma jamoasi sobiq bosh murabbiyi, bugungi kunda AGMKni boshqarayotgan Mirjalol Qosimov "Orzu" loyihasi mehmoni bo'lgan edi.

"O'zbekiston iftixori" o'smirlik paytida nimalarni orzu qilgani, Pele bilan uchrashuv, Jahon chempionatida g'olib bo'lgani haqidagi fikrlari bilan o'rtoqlashdi.


- Taxminan 6-7 yoshlik davrlarni eslayman, mahallada oyoqyalang futbol o'ynardik. Ko'chalardagi o'yinlardan keyin oyoqlarimizning tirnoqlari ko'chib ketardi xatto. Futboldan tashqari "lanka", "eshak-eshak" o'ynardik. O'sha paytlarda Sobiq Ittifoq chempionatida bizdan faqat "Paxtakor" o'ynardi. Yoshlikdagi orzularimdan biri aynan "Paxtakor" safida o'ynash edi. Bir necha marta dadamga futbol maktabiga olib boring deb aytganman. Yaxshi o'qisang, odobli bo'lsang deb cho'zib yurganlar. 1980 yil 5 yanvarda Qoraqamishdagi "CHig'atoy" bazasiga (u paytlarda FSHM deb yuritilardi). O'shanda futbolga ilk qadamni tashlaganman. Tezda jamoaga qo'shilib ketganman. SHuhrat Maqsudov, Sergey Andreev, Botir Karimjonov kabi futbolchilar mendan ikki yilcha oldin kelishgandi. Dastlab Toshkent birinchiligida ishtirok etganmiz. So'ngra viloyatlarga chiqqanmiz, undan keyin yoshlar orasida futbolchilar saralab olinib terma jamoa yig'ilib Moskvaga borilardi. "Yunost" degan, "Nadejda" degan musobaqalar o'tkazilardi. O'zbekiston terma jamoasi safida 1983 yilda Voronejda bo'lgan "Yunost" musobaqasida ishtirok etganmiz. U erda Moskva, Ukraina, Gruziya, Ozarbayjon kabi terma jamoalar ishtirok etishardi. Sobiq Ittifoq terma jamoasiga shu o'yinlar orqali futbolchilar jalb etilardi va meni ham terma jamoaga chaqirishgandi. Yig'inlar juda ko'p bo'lardi, saralash o'yinlari orqali Evropa chempionatiga chiqish vazifa qilib qo'yilgandi. Terma jamoa bazasi Suxumida bo'lardi. Uyda deyarli bo'lmasdim. GDR, Polsha, CHexoslovakiya kabi jamoalarga qarshi o'rtoqlik o'yinlarida maydonga tushganmiz. 1986 yilda Polsha bilan pley-offda o'ynaganmiz. Uydagi bahs Lvovda bo'lgan. Ikkala uchrashuvda ham yutib Franciyadagi Evropa chempionatiga chiqqanmiz. 1987 yilgi mundialda kuchli uchlikka kirgan jamoalar avtomatik tarzda Jahon chempionatiga chiqishgan. Evropa chempionatida Sobiq Ittifoq terma jamoasi finalda Italiyaga yutqazgandi.



- Futbolchi bo'lishning mashaqqatli mehnati bor. Uydagilar ham meni qattiq ushlashgan. Istalgan yosh bola ko'chada o'ynagisi keladi, ish qilishni xohlamaydi. Ammo dadam "jilov"ni qattiq ushlaganlar. 14 yoshimda ko'chaga chiqib ketganman. Bir o'zim Moskvaga borganimni hozir eslasam qo'rqib ketaman. Samolyotda uchib borib, avtobusga o'tirib, metroga tushib...yana u erdagi metro juda katta. Til bilsang uzoqqa borasan deyishadiku. 14 yoshimdan mustaqil bo'lganman va shu ham meni "pishitgan" deb o'ylayman.


- Sobiq Ittifoq terma jamoasida ham, o'ynagan klublarda ham jamoa sardori bo'lganman. Futbolni juda yaxshi ko'rganimdan bo'lsa kerak. Sardor bo'lish baqirib chaqirish degani emas. Boshqalarga o'rnak bo'lishi lozim. Sport principiga doim intilganman. Qaysi jamoada o'ynasam ham foydam tegishini istaganman. Jamoa formasini kiydingmi o'sha libos uchun o'ynash kerak. Ayniqsa terma jamoa formasi bo'lsa. Terma jamoa o'ynash hammaga ham nasib etavermaydi. Dildan futbol o'ynash kerak. Futbolda omad degan narsa bor. Futbolchi bo'ldingmi, doim birinchi raqam bo'lib qolishing kerak. Yuqori saviyada qolish hammaga ham emas. Futbol hech qachon ikkinchi darajaga o'tishi kerak emas. Agar shunday bo'lsa o'yini chiqmaydi, kerak bo'lsa jarohat ham oladi, omad yuz o'giraveradi. SHu bois yoshlarga ko'p bor buni takrorlayman. Bunga amal qilish, to'g'ri xulosa qilish esa yoshlarning o'zining vazifasi.



- Sobiq Ittifoq terma jamoasi safida Jahon chempioni bo'lganimizda maydonga futbol qiroli Pele tushib kelgani, o'sha muhit hali hamon yodimda turibdi. Pele bilan ko'rishganimizdan keyin jamoadagilar bilan hazillashib bir oy qo'limni yuvmayman deganimiz hali hamon esimda. Buni keyinchalik inson his qilishni boshlar ekan. O'sha damda esa biz, 16 yosh bolalar shunchaki futbolda yutganimizdan quvonganmiz xolos. Qaysi sohani egasi bo'lsangiz ham mehr qo'ying. SHunda o'z oldiga qo'ygan maqsadga kelajakda erishadi deb o'ylayman.



TAS-IX emas


Reyting: +37   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика