Mirjalol Qosimov: "Ikkinchi taymda xotirjamlikka berilib qoldik"
06 mar 23:27
Yangiliklar
Mirjalol Qosimov: "Ikkinchi taymda xotirjamlikka berilib qoldik"
- O'yin haqida fikringiz?
- Qiziqarli o'yin bo'ldi. Qo'ldan kelgancha harakat qildik. "Xorazm" jamoasida ishtiyoq yuqori edi va bu holat ikkinchi bo'limda yaqqol ko'rindi. Birinchi bo'limda biz ham yomon o'ynamadik. O'tgan tur "Bunyodkor"ga qarshi bahsning birinchi taymini ham yaxshi o'tkazgandik, lekin ikkinchi bo'limda sustkashlikka yo'l qo'ydik. Nimagadir bugun ham ikkinchi taymda tushunarsiz holatga ko'ra, xotirjamlikka berilib qoldik. Raqib o'z imkoniyatidan foydalanib gol urdi. Biz esa vaziyatlardan foydalana olmadik. Realicaziya borasida oqsoqlanish bor. "Xorazm" jamoasini tabriklayman. Biz esa o'z xatolarimizdan xulosa chiqarib keyingi o'yinlarga tayyorgarlik ko'ramiz. Ishlashda davom etamiz. Albatta, start biz uchun kutilmagan voqealar bilan boshlandi. Bundan to'g'ri xulosa chiqarishga harakat qilamiz. Buning ham xayrli tomoni bo'lsa kerak.
- Bugungi o'yinda rejalaringiz amalga oshishiga nima xalal berdi?
- Bo'lim boshida yaxshi vaziyat bo'lgandi. "Bunyodkor" bilan bahsda ham yaxshi vaziyatga ega bo'lgandik. Bu kabi o'yinlarda ko'p vaziyat yuzaga kelmaydi. Chempionat boshi bo'lgani uchunmi kam vaziyat yaratyapmiz. O'sha vaziyatlardan esa foydalanishimiz kerak. Asosan etibor standart vazityalarga qaratilyapti va gollar ham standartdan so'ng kiritilyapti. Bizga shu jihat pand beryapti. "Bunyodkor" bilan shunday bo'lgandi. O'yinchilar ko'zi uchrashuv boshidan yonib oxirigacha shu davom etishi kerak deb o'ylayman.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
ЕЧЛ. "Реал Мадрид" Вальверденинг хет-триги эвазига "Манчестер Сити"ни мағлуб этди
ЕЧЛ. "Барселона" меҳмонда "Ньюкасл" билан дуранг ўйнади
Суперлига. "Насаф" сўнгги дақиқаларда урилган гол эвазига "Динамо" билан дуранг ўйнади
ЕЧЛ. "Реал Мадрид" — "Манчестер Сити" 3:0
Fikrlar