So’nggi yangiliklar

18:27"Аркадағ" кетма-кет иккинчи йил Туркманистон кубоги соҳибига айланди  1 18:15Дунёдаги энг йирик кўча футболи чемпионати яна Ўзбекистонда  1 18:00"Металлург" назорат баҳсида "Гулистон"ни мағлуб этди  0 17:45"Барса" Гави тиззасидан олган жароҳатидан сўнг сафга қайтганини эълон қилди. Хавбек август ойидан бери ўйнамади  7 17:05Ўзбекистон Суперкубоги: дебютант “Нефтчи” саккизинчи жамоа, рекорд “Пахтакор”да  5 16:49"Футбол олами". 3-турдаёқ илк истеъфо  0 16:29Аёллар ўртасидаги Осиё кубоги. Ўзбекистон чорак финалда Жанубий Кореяга йирик ҳисобда мағлуб бўлди  14 15:35Ўзбекистон Суперкубоги–2026: Бердиев рекордчи, рўйхатда хорижлик мураббийлар ҳам бор  2 15:25"Имишли" — "Сабаҳ". Таркиблар маълум  0 14:50Ким Мин Же "Бавария"ни А Серия топ клубига алмаштириши мумкин  1 14:28Ўзбекистон Суперкубоги. Тарихдаги илк учрашув ва қолган тўқнашувларда қандай натижалар қайд этилган? Кимлар майдонга тушган?  2 13:36"Интер" Саудия Арабистонидаги ўйинчига кўз тикди  1 12:48Суперлиганинг 3-туридаги ҳакамлик таҳлили: "Пахтакор" – "Навбаҳор" ва "Насаф" – "Динамо" ўйинларидаги хатолар ҳамда баҳсли қарорлар  20 12:17Мауро Брасил — Суперлигада дебют қилган илк уругвайлик футболчи  5 11:52Эндрик "Реал"даги келажаги ҳақида қарор қабул қилди  12

Mirjalol Qosimov: "Ahmadaliev masalasida nega hech kim O'FAga iltimos qilmadi? Asqarov jamoaga to'g'ri kelmadi" Yangiliklar

Mirjalol Qosimov: "Ahmadaliev masalasida nega hech kim O'FAga iltimos qilmadi? Asqarov jamoaga to'g'ri kelmadi"

Superliganing 1-turi doirasida OKMK – "Bunyodkor" (0:1) uchrashuvidan keyin mezbonlar bosh murabbiyi Mirjalol Qosimov matbuot anjumanida ishtirok etdi.


– O'yin haqida...

– Birinchi tur uchun yomon o'yin ko'rsatganimiz yo'q. Birinchi bo'limda harakatlarimiz chakki bo'lmadi, vaziyatlar yaratdik. Nodir Abdurazzoqovda yaxshi vaziyat bo'lgandi, bunday imkoniyatlarni golga aylantirish kerak. Raqib 30-35 metrlardan yo'llagan zarbasi bilan gol urdi va bu o'yin taqdirini hal qildi. Ikki jamoa ham yomon o'yin ko'rsatgani yo'q. Natijadan xulosa chiqarib, xatolar ustida ishlaymiz. Jamoani 10 dan ortiq futbolchi tark etgani o'z tasirini o'tkazdi, lekin ishlashda davom etamiz. Maydonga chiqqandan keyin chiroyli va muxlisbop o'yin ko'rsatishimiz kerak.

– Dilshod Ahmadaliev va Behruz Asqarov bilan bog'liq hodisalarga oydinlik kirita olasizmi? Uchrashuv davomida "Bunyodkor" muxlislari uni xoinga chiqarishdi.

– Hayot shunaqa, o'tadi-ketadi. Odamni tilida suyagi yo'q. Gapirish oson. Nega u o'ynamagan payti hech kim O'FAga borib iltimos qilmadi. O'z paytida shunday o'yinchini yo'qotishimiz mumkinmidi? Har kimning o'z fikri bor. Muxlislarni muhokama qilmayman. Bizning ishimiz – maydonga chiqib o'yin namoyish etish. Asqarovga kelsak, u jamoaga to'g'ri kelmadi. Yig'in davomida uning o'yinini tekshirib ko'rdik. Ikki taraflama kelishuv orqali ijaraga berdik. Bu normal holat. 

– OKMK yaxshi o'yin ko'rsatmoqda, biroq hujumlar yakunlamay qolayotgandek. Bu mavsum davomida pand bermaydimi?

– Xavotir bor. Siz jurnalistlar tarkibni yoshartir-yoshartir deyapsizlar, men nima qilay? Yoshlarning malakasi oshishi uchun yillar kerak. Moskva bir kunda qurilmagan. Asta-sekin yoshlarning malakasi oshib, jamoaga foydasi tegadi. Bundan boshqa iloj yo'q.

– Yangi mavsumga qadar 10 ta nazorat o'yini o'tkazildi. Bu vaqt ichida asosiy tarkibni shakllantira oldingizmi yoki bazi poziciyalarda hamon ikkilanish bormi?

– Ikkilanish bor, negaki o'rtoqlik va rasmiy o'yinlar boshqa-boshqa dunyo. Rasmiy bellashuvlar orqali xulosa chiqarmiz.

– Yangi futbolchilardan qanchalik qoniqish hosil qildingiz? Ularning ikki nafari o'yinni asosiy tarkibda boshladi.

– Ular yomon harakat qilgani yo'q. Eng keraklisi – dinamika. Hujumchimizga uzatmalar qulay bo'lmaganining sababi – raqib qarshilik ko'rsatdi. Birinchi bo'limda Abdurazzoqovda yaxshi vaziyat bo'ldi, lekin 100 foizli imkoniyatdan foydalana olmadi. Legionerlarning bitta o'yini bilan xulosa chiqarib bo'lmaydi. Rianga kelsak, u juda katta hajmdagi ishni bajardi. Lekin bu poziciyada aqlni ko'proq ishlatish kerak.

– 2024 yilda jamoa yaxshi natijalar qayd etgandi. O'tgan yil ikkinchi davrada susayish bo'ldi. Bu yilgi maqsad qanday?

– Har bir o'yinga jiddiy tayyorgarlik ko'ramiz. Qo'l ostimda kim bo'lishidan qati nazar, futbolda princip bor – kurash. Shunga amal qilinadi.

– Futbolchilarning ro'za tutishi ularning jismoniy holatiga tasir o'tkazmaydimi? Masalan, Gvardiola "Siti"da tajribali nutriciologlar borligini aytgan. OKMKda vaziyat qanday?

– Shifokorlarimiz buni nazorat qilishadi, vitaminizaciya ishlari bor. Bu yomon narsa emas, aksincha. Mashg'ulotlarni ham ro'za holatda o'tkazyapmiz. Fursatdan foydalanib PFLga ham rahmat aytaman. Oldinlari o'yin boshlanib, keyin iftorlik qilinardi. Hozir iftorlikdan so'ng keyin o'yinga chiqilyapti. Bu normal holat. Tarixga qaytadigan bo'lsak, Saudiyada OCHLda o'ynaganimizda ham ro'za oyiga to'g'ri kelgandi. O'shanda ham ro'za payti og'iz ochish bilan o'ynashgan, hammasi joyida bo'lgan. Mana, bugungi o'yin ham ko'rsatdi – hech kimning tomiri tortishib qolgani yo'q yoki jismonan charchab yiqilib qolmadi.

Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика