So’nggi yangiliklar

18:12Александр Хомяков: "Аввало, руҳий босимни енгиб ўтишимиз лозим эди"  0 17:58Неъматулла Қуттибоев: "Маҳорат ўз сўзини айтди"  4 17:35Доннарумма — ФИФА талқинига кўра 2025 йилнинг энг яхши дарвозабони  0 17:09Мирзаҳаким Тўхтамирзаев футбол шарҳловчилигига қандай кириб келганини айтди  4 16:37Мукофот жамғармаси — 1 миллиард сўм. United MFL — Ўзбекистондаги биринчи медиа футбол лигаси ташкил этилмоқда  3 16:31МЮ 40 млн фунтлик хавбекка кўз тикди  0 15:58"Бухоро" Табатадзенинг голи эвазига "Арал"ни ютиб, Суперлигада қолди!  31 15:39Суперлига-2025: мавсум якунлари — дубллар ёмғирдек ёғди, хет-трик эса...  2 15:18Расман: ОКМК ҳужумчиси Таиланд жамоасига ўтди  2 14:57Суперлига кашфиётларидан бири муваффақиятли операция қилинди  1 14:35Норчаев бугун Германияда операция қилинади  1 14:15Эшитдик-да! "Сурхон" футболчиси "Локомотив"га ўтди  0 13:39Шомуродов рамзий жамоадан жой олди  3 12:40TVCOM'да бугунги тақвим: Суперлигага ўтиш ўйини, “Челси” сафарда ва бошқалар  1 12:38"Рома" Дибаланинг жамоадаги келажаги бўйича қарор қабул қилди  0

Intervyu. Klarens Zeedorf: "CHiroyli o'yin doim ham foyda beravermaydi" Yangiliklar

Intervyu. Klarens Zeedorf: "CHiroyli o'yin doim ham foyda beravermaydi"

Golland futbolining "Oltin avlod" vakillaridan biri Klarens Zeedorf FIFA rasmiy saytiga intervyu berdi.

Malumki, Klarens Zeedorf futbolchilik faoliyatini yuqori notada o'tkazgan. Uning ayniqsa "Milan"da kechgan yillarini futbol ishqibozlari juda yaxshi eslashadi. 

Endilikda Zeedrof murabbiy sifatida ham o'zini ko'rsatmoqchi. O'tgan yilning avgust oyidan beri Kamerun terma jamoasini boshqarib kelayotgan gollandiyalik yulduz yaqinda FIFA sayti uchun intervyu berdi. 

- Klarens, to'qqiz oydan beri Kamerun terma jamoasini boshqaryapsiz. O'z ishingizni qanday baholaysiz? 

- Biz jahon chempionati saralash bosqichini yaxshi o'tkazdik. Marokash bilan bir xil ochko jamg'ardik. Biroq to'plar nisbatiga ko'ra ular mundialga yo'l olishdi. Bizga faqat ikkita gol etmay qoldi. 

- O'shanda uchrashuv mezboni o'zgargani sizga alam qilganmidi? 

- Men birinchi kundanoq guruh peshqadami bo'lishni xohlashimizni aytgandim. Biz uchun har bir o'yin muhim bo'lib, mashg'ulotlarda ham shunga yarasha ishlagandik. Ammo yakunda vaziyat o'zimiz xohlagandek tus olmadi. 

- Sizga hatto "Real Madrid"dan taklif tushgandi? 

- Albatta, "Real"dan qiziqish bo'lishi har qanday kishini xursand qiladi. Biroq Kamerun ham Afrikaning eng kuchli terma jamoalaridan biri hisoblanadi. Bu jamoa katta tarixga ega va Rossiyada bo'lib o'tgan jahon chempionatiga bora olmagani muxlislarni juda xafa qildi. 

- Nima deb o'ylaysiz, Kamerun shu yilning yozida (21 iyun - 19 iyul) Misrda bo'lib o'tadigan Afrika Millatlar Kubogida zafar qucha oladimi? 

- Buni har bir kamerunlik xohlaydi. Bosh murabbiy sifatida men ham shunday bo'lishini istayman. Biz juda yaxshi formadamiz va futbolchilar musobaqaga nihoyatda jiddiy tayyorgarlik ko'rishmoqda. Mana ko'rasiz, bizga qarshi bahs hech bir jamoa uchun oson kechmaydi. 

- Afrika jamoasidan tushgan taklifni qanday qabul qildingiz? 

- Kamerun xuddi Braziliyaga o'xshaydi, bu erda iqtidorlar juda ko'p. Futbolchilarni qadrlashadi va har bir muxlisning o'z yoqtirgan o'yinchisi bor. Tabiiyki menda ham futbolni yaxshi ko'radigan mamlakatda ishlash xohishi tug'ildi. 


- Murabbiylar shtabida sizga Patrik Klyuyvert yordam beryapti va uni 25 yildan beri bilasiz. Murabbiy sifatida bir-biringiz bilan til topishish qiyin bo'lmayaptimi? 

- Biz ajoyib tandemga o'xshaymiz. Bir-birimizni juda yaxshi tushunamiz. Bu murabbiylik faoliyatida muhim o'rin tutadi. Bir so'z bilan aytganda Patrik bilan ishlash fantastika. 

- 1998 yil siz tarkibida o'ynagan Gollandiya jahon chempioni bo'lishi mumkin edi, shunday emasmi? 

- Bilasizmi, ko'p narsa mentalitetga ham bog'liq. Gollandiyada doim chiroyli futbolga etibor qaratib kelingan. Buni o'z vaqtida men ham tanqid qilgandim, chunki har doim ham chiroyli futbol naf bermaydi. Italiyaning o'yinini hech kim maqtamasligi mumkin, lekin ular to'rt marta jahon chempioni bo'lishgan. To'g'ri, futbol baribir o'yin turi, lekin yutish uchun bazan boshqacha munosabatda bo'lishga to'g'ri keladi.

Reyting: +13   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика