So’nggi yangiliklar

23:13As ўқувчиларининг 72% "Реал" Винисиус билан шартнома узайтиришини хоҳламайди  0 22:45"Реал" ва яна бир қатор жамоалар клублар ўртасидаги ЖЧ ҳар 2 йилда ўтказилишини хоҳлашмоқда, ФИФА эса...  1 22:15Луиджи Ди Бияджо: "Мусобақага қийин ҳолатда тайёргарлик кўрмоқдамиз"  0 21:47"Барселона" 2025 йилда "Камп Ноу"да ўйнай олмаслиги мумкин  2 21:36Дмитрий Плетнёв - "Динамо" футболчиси  4 20:45Назорат учрашуви. "Қизилқум" Про лига жамоасига йирик ҳисобда мағлуб бўлди  0 20:18"Манчестер Сити" "Ньюкасл"нинг 22 ёшли ҳимоячиси учун 65 миллион фунт таклиф қилишга тайёр  5 20:00"Арсенал" ҳимоячиси Саудия Арабистони клублари қизиқишини инкор этди  1 19:38"Манчестер Сити" футболчисини 40 млн еврога сотмоқчи  0 19:16"Сурхон" тажрибали дарвозабонини "Хоразм"га ижарага берди  5 18:55Оливер Кан телевидениега қайтмоқда  3 18:28Гвардиола дарвозага янги посбон изламоқда. Португалия терма жамоаси аъзоси – номзодлардан бири  0 18:00"Барселона" Рэшфордни ўз таркибига қўшиб, таваккал қилди. Маркус бу трансфер амалга ошиши учун 10 миллиондан воз кечди  3 17:46"Навбаҳор" 7 кун ичида ФИФА тақиқидан қутулиши, собиқ футболчилари олдидаги қарзларини тўлаб бериши лозим — ПФЛ  21 17:36ПСЖ "Реал" ярим ҳимоячисини харид қилмоқчи  3

Intervyu. Javlon Guseynov: “Tailand klubiga aslida o'tgan yil o'tishim mumkin edi” Yangiliklar

Intervyu. Javlon Guseynov: “Tailand klubiga aslida o'tgan yil o'tishim mumkin edi”

“Andijon” klubi himoyachisi Javlon Guseynov o'tgan hafta Tailandning klubi bilan shartnoma tuzdi.

O'zbekistonlik futbolchi Tailand birinchi divizionida “CHainat Xornbill” safida o'ynaydigan bo'ldi. Biz Guseynov bilan bog'lanib dastlabki taassurotlari bilan qiziqdik.

- “CHainat Xornbill” klubiga o'tish qanday yuz berdi?

- Aslida bu transfer o'tgan yilda ham amalga oshishi mumkin edi. Biroq ayrim sabablarga ko'ra o'xshamagandi. SHu bois yana bir yil “Andijon”da qolishga qaror qilgandim. Dekabr oyi boshida Tailandga uchib bordim va "CHainat Xornbill" klubi safida bitta o'rtoqlik uchrashuvida maydonga tushdim. SHundan keyin rahbariyat menga shartnoma taklif qildi va bir yilga mo'ljallangan shartnomaga qo'l qo'ydim.

- Klub safida qaysi legionerlar o'ynashar ekan?

- Bu jamoa safida mashhur futbolchi bitta desam to'g'ri bo'ladi. Bu franciyalik - Floran Sinama Ponol. O'z vaqtida “Liverpul” klubida o'ynagan va Evropa chempionlar ligasini yutgan. Bunday saviyali futbolchi bilan bir jamoada o'ynash albatta yoqimli. Undan tashqari Urugvay va Janubiy Koreyadan ham legionerlar bor ekan.

- “CHainat” klubi haqida nima deya olasiz?

- 2009 yilda tashkil topgan klubda infratuzilma alo darajada. Futbolchidan talab qilinadigani faqat futbol o'ynash. Qolgan barcha narsa muhayyo ekan.


- Klubdagilar bilan qaysi tilda gaplashayapsiz? Qiyinchilik bo'lmayaptimi?
- Til borasida muammo yo'q. Ota-onamga rahmat, ingliz tilini ancha yaxshi bilaman. Sababi yoshligimda ular mendan til o'rganishni talab qilishardi. Jamodagilar bilan shu tilda muloqot qilayapman. Yosh futbolchilarga maslahtim til o'rganishsin kelajakda albatta as qotadi.

- Jamoa oldiga qanday vazifa qo'yilmoqda?

- Klub 2016 yilda premer-ligadan tushib ketganidan xabaringiz bo'lsa kerak. “CHainat” rahbariyati klub oldiga premer-ligaga qaytish vazifasini qo'ygan. Aynan shu ham jamoa bilan shartnoma tuzishimga turtki bo'ldi.

- Murabbiy bilan suhbatlashdingizmi?

- Yaqindagina jamoaga germaniyalik yangi murabbiy tayinlandi. Germaniyalik Born Kleym jamoaga Evropa futbolini singdirishni istamoqda. U bilan albatta suhbatlashishga ulgurdim. U qisqa paslar orqali o'yin olib borishning tarafdori ekan. Eng asosiysi nemischa tartib-intizomga rioya qilayapmiz.

- Tailand iqlimiga moslashish qiyin bo'lmayaptimi?

- Hozircha iqlimga moslashish qiyin bo'lmadi. CHunki ob-havo meyorida bo'lib turibdi. Lekin aytishlaricha mart oyidan boshlab Tailandda issiq boshlanar ekan. O'shanda o'zimni sinab ko'raman.

- Tailandda sizni nima hayron qoldirdi?

- Tailandda meni hayron qoldirgan narsa bu mahalliy ovqatlar. Sababi bu erda barcha taom achchiq bo'lar ekan. Baribir o'zimizning ovqatlarimizga etmaydi-da (kuladi).


Narzulla Saydullaev


Javlon Guseynov Tailand klubiga o'tdi FOTO

Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика