So’nggi yangiliklar

18:22"Барселона" ва "Арсенал" "Ноттингем Форест" футболчисини нишонга олди  0 18:00CAFA Nations Cup. Афғонистон Ҳиндистон билан баҳс юритмоқда (онлайн ҳисоб)  3 17:54"Фулхэм" "Бавария" футболчисини ижарага олди  0 17:28"Арсенал" ярим ҳимоячиси бу йил "Олтин тўп"ни кимга бериш кераклигини айтди  2 16:59"Барселона" ҳимоячиси жароҳати сабаб 3 ҳафта майдонга туша олмайди  0 16:30Манба: Паулу Бенту Мисрда ишлаши мумкин  20 16:02Станислав Черчесов: "Ўзбекистонни умуман билмайдиган ва кўп нозик жиҳатлардан бехабар чет эллик мураббийнинг дарҳол натижа келтиришига ҳеч ким кафолат бера олмайди"  38 16:01"Байер" ва "Фенербахче" бош мураббийлик учун Постекоглу номзодини илгари сурмоқда  1 15:34Туркия клуби яқин кунларда Онанани ижарага олмоқчи  3 15:06ФИФА ЖЧ-2026 чипталарининг бошланғич нархини белгилади  3 14:38Россия – Иордания учрашувини ўзбекистонлик ҳакамлар бошқаради  5 14:11Бундеслига юлдузи трансфер ойнасининг сўнгги кунида МЮ таклифини рад этгани маълум бўлди  2 13:43Нагельсманн Германиянинг ЖЧ-2026даги мақсадини айтди  5 13:17Қозоғистондагилар "Реал" билан ўйин чиптаси билан боғлиқ фирибгарликлардан хавотирда  1 12:49Мажлис келишилган ўйинлар масаласини кўтарди  6

Intervyu. Baxtiyor Ashurmatov: “O'z o'yinimiz bilan muxlislarni stadionga qaytarmoqchimiz” Yangiliklar

Intervyu. Baxtiyor Ashurmatov: “O'z o'yinimiz bilan muxlislarni stadionga qaytarmoqchimiz”

Superliga jamoalari yangi mavsumga tayyorgarlikning navbatdagi qismiga kirishishgan.

“Surxon”, “Sug'diyona” yig'inni Toshkentda davom ettirishayotgan bo'lsa, “Buxoro”, “Qizilqum”, “Mashal” o'z qarorgoxlarida mashg'ulotlarni olib borishmoqda. SHu qatori joriy yilda yuqori maqsadlarni ko'zlayotgan “Qo'qon-1912” poytaxtda yangi murabbiy Baxtiyor Ashurmatov boshchiligida yig'inni qizg'in ruhda o'tkazmoqda. Biz esa o'z navbatida mutaxassisdan fikrlari bilan qiziqdik.

- Baxtiyor aka, yangi jamoani qabul qilib oldingiz. Albatta, bu klub avvalgilaridan farq qiladi. Muxlislar ham talabchan. Qolaversa jamoa sizga begona emas. SHunday ekan, mashg'ulotlar qanday o'tyapti?

- Gapning ochig'i Qo'qon shahri jamoasini boshqarish men uchun sharaf. CHunki, o'zim qo'qonlikman. Bo'ynimizga juda katta masuliyat yuklangan. Muxlislar oldida, rahbariyat oldida yuzimiz yorug' bo'lishi uchun astoydil harakat qilamiz. Hozirda Superliga o'yinlariga tayyorgarlik ketyapti. Dekabr oyida birinchi bosqichni o'tkazgan edik, mana endi poytaxtda yig'ilib tayyorgarlikning asosiy qismiga kirishdik. Mazkur yig'in davomida bir nechta o'rtoqlik uchrashuvlarida maydonga tushishni rejalashtirganmiz. Ulardan biri Tojikistonning “Istiqlol” jamoasiga qarshi bo'lib o'tadi. 14 yanvar kuni “Sug'diyona” bilan, 18 yanvar kuni “Andijon” bilan nazorat bahsida maydonga tushishni rejalashtiryapmiz. Mashg'ulotlarda yigitlar yaxshi ishlashyapti. SHogirdlarimga etirozlar yo'q.

- Barchani qiziqtirayotgan narsa, yani selekciya ishlari qay darajada ketmoqda? Avval “Buxoro”da birga birga ishlagan Ergash Ismoilov, Andrey Sidorovlar kelib qo'shildi. Yana bu borada o'zgarishlar ko'ramizmi?

- Muxlislarimizga ham qiziq. To'g'ri, selekciya jarayoni oson bo'lmayapti. Asosiysi jamoamizning etakchi o'yinchilarini saqlab qolishga erishdik. CHempionat boshlanguniga qadar jamoamizni munosib himoya qila oladigan futbolchilar bilan shartnoma imzolashga urinamiz. O'ylaymanki mavsum arafasida optimal formaga kira olamiz.



- Oldingi jamoalaringizda vaqt bilan bog'liq muammolarga duch kelgansiz. “Buxoro”da ham, “Surxo”da ham jamoani to'liq shakllantirishga ulgurmagansiz. Natija ham salbiy ko'rinish olgandi...

- “Buxoro”da yomon jamoa tuzmagan edik. Lekin, o'zim sabrsizlik qildim. 3-4 o'yinda g'alaba qozona olmaganimizdan so'ng istefo berishga qaror qilgan edim. “Surxon”dagi ishimga bahor berish qiyin. CHunki, ikkita uchrashuvda boshqardim holos. Qisqa fursatda natija ko'rsatish murabbiy uchun qiyin hisoblanadi. Bu erdagi eng katta yutug'im jamoa muxlislari va raxbarlari menga ishonch bildirishmoqda. Etarli darajada imkon va vaqt berishadi. Men berilgan imkoniyatdan unumli foydalanishga va yuqori o'rinlar uchun kurashadigan, jangovar jamoa tuzishni oldimga maqsad qilib qo'yganman.

- “Qo'qon-1912”ning o'tgan mavsumdagi o'yinlarini kuzatdingizmi?

- Albatta. Men o'zim qo'qonlik bo'lganim uchun qaysi jamoada ishlashimdan qatiy nazar, doim kuzatib kelganman. O'tgan yili ishlagan murabbiylar ham yomon boshqarishmadi. Ayrim o'yinlarda omad etishmadi. SHu sababli jamoa mag'lubiyatlar girdobiga tushib qoldi. Natijada Superligada jon saqlab qolish uchun kurashishdi. Men o'ylaymanki bu yilgi mavsumda omadsizliklar ortga chekinadi. Biz o'z uslubimiz va namoyish etadigan o'yinimiz bilan ishqibozlarni ishonchini qaytarishimiz kerak. Yuqori o'rinlar uchun kurashishni niyat qilganmiz.



- Klub rahbarlari oldingizga qanday talabni qo'yishmoqda?

- Birinchi navbatda etiborimizni selekciya ishlariga qaratganmiz. Yaxshi saviyadagi futbolchilar kam. Borlarini ham o'z jamoalari bilan shartnomalari bor. SHunga qaramay oldimizga qo'yilgan vazifani bajarishga intilamiz. Avvalgi mavsumga qaraganda yaxshiroq natijani qayd etishga bor kuchimizni beramiz.

- “Qo'qon-1912” jamoasida aynan nimani o'zgartirmoqchisiz?

- Oxirgi yillarda jamoani omd takr etgandi. Muxlislar ishonchi nisbatan yo'qolgan edi. Eng asosiy maqsadim ularni mehrini qozonish, stadionga qaytarish. Jamoamizni juda ham jonkuyar ishqibozlari bor. Har bir bahsda muntazam qo'llab quvvatlashadi. Bu ham bizga qo'shimcha ruhiy ustunlik beradi. Ohirgi yillarda jamoa qandaydir chuqurlikka tushib qolgandek. Har yili kuchlilar safida qolish uchun harakat qiladi. SHuning uchun futbolchilarni ruhiyatini ijobiy tomonga o'zgartirmoqchimiz. “Qo'qon-1912” yuqori o'rinlar uchun kurasha olishini ularga etkazib berishni xohlayman. Buni amalda isbotlashga bel bog'laymiz.


Abdulaziz Iskandarov suhbatlashdi

Reyting: -15   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика