So’nggi yangiliklar

23:31Суперлигада 2025 йилги мавсумнинг илк қисмидаги энг яхши 10 ўйинчи  2 22:36"Барселона"га "Челси" форварди керак  4 22:11ЦСКА ва Аббос Файзуллаев — Россия Суперкубоги соҳиби  8 21:40Элдор Шомуродов нега айнан "Истанбул Башакшеҳир"ни танлади?  7 20:48"Ливерпуль" футболчиси "Реал"га ўтишга тайёр  2 20:20Неймар қиз фарзандли бўлди, Роналду яхтада Жоржина билан сайрга чиқди. Футбол юлдузлари ҳафтани қандай ўтказди?  3 19:55Тебас "Реал"нинг Ла Лигадаги биринчи ўйинини кўчирилмаслигини айтди  8 19:24"Ювентус" футболчиси Дуглас Луис фаолиятини АПЛда давом эттириши мумкин  0 18:59"Арсенал" "Барселона" ярим ҳимоячиси учун курашга қўшилди  9 18:52"Навбаҳор", "Динамо", "Бухоро"га жарима ва яна кўплаб қарорлар – Тартиб-интизом қўмитасининг навбатдаги йиғилиши тафсилотлари  12 18:29Эшитдик-да! Жамшид "Нефтчи"дан "Навбаҳор"га қайтмоқда  20 18:15"Арсенал" мухлислари Мадуэке трансферига қарши чиқишмоқда  4 17:46Абрамов, Алибоев, Неъматов ва Сергеев — Суперлигада 1-давранинг энг яхшилари  2 17:20Месси "Барселона" учун хайрлашув учрашувини янгиланган "Камп Ноу"да ўтказади  7 16:52Пенальтилар статистикаси: Биринчи даврада ким кўп пенальти тепди ёки умуман нуқтага ҳам яқинлашмади?  0

Intervyu. Asror G'ofurov: "Surxon" oldiga qo'ygan maqsadi sari intilishda davom etadi" Yangiliklar

Intervyu. Asror G'ofurov: "Surxon" oldiga qo'ygan maqsadi sari intilishda davom etadi"

Termizning "Surxon" jamoasi Superliganing oxirgi ikki turida mazmunli o'yini bilan muxlislarning ishonchini biroz qaytargan bo'lsa ajab emas.

Ayniqsa jamoa murabbiylik postiga Ravshan Haydarov kelgach futbolchilar avvalgi turlarga qaraganda yanada ishonchliroq harakat qilmoqda. Qaysidir manoda yangi murabbiyning imzosi ko'zga tashlanyapti desak mubolag'a bo'lmaydi. Albatta, tarkibida bir qator nomdor va tajribali futbolchilari bor jamoaga quyi o'rinlarda yurish yarashmaydi. "Andijon" ustidan qozonilgan muhim g'alabadan so'ng termizliklarning tajribali yarim himoyachisi Asror G'ofurov bilan suhbatlashib bir qator savollar bilan yuzlandik.

 Birinchi galda restartdagi ilk g'alaba bilan tabriklaymiz. Dastlab "Andijon" bilan kechgan o'yin haqida qisqacha fikringiz bilan o'rtoqlashsangiz. CHunki, "Surxon" muxlislari ushbu g'alabani ancha vaqt kutishga majbur bo'ldi...

- Tabrik uchun rahmat. To'g'ri aytdingiz uzoq va intiqlik bilan kutilgan uch ochkoni qo'lga kiritdik. O'ylaymanki, mazkur g'alaba o'zimizga bo'lgan ishonchni yana qaytaradi va bizga ruhiy tomondan ustunlik beradi. 

- "Andijon" jamoasining uy uchrashuvlarini o'tkazadigan stadionining chimini holati yaxshi emas edi. SHu bois bu stadionda to'p tepish jamoalar uchun doim qiyinchilik tug'dirgan. "Surxon" bunday holatga tayyor edimi?

- Albatta, bunday maydonda o'ynash oson emas. Bizga ham qiyinchilik tug'dirdi deya olaman. Lekin, bu g'alaba qozonishimizga to'sqinlik qila olmadi. "Surxon" shu kuni 26 yillik tarixni yangilashni uddasidan chiqdi. Bu bizga nasib qilganidan xursandman. 

- "Andijon" aksariyat uchrashuvlarda  himoyaviy uslubda to'p tepishni afzal ko'rmoqda va o'z uslubidan kecha ham voz kechgani yo'q. "Surxon" jamoasi esa Ravshan Haydarov kelganidan keyin ancha mazmunli va kombinacion futbol ko'rsatmoqda. Yani jamoaning o'yinida malum bir manoda o'zgarish sezilib turibdi...

- Gapingizga qo'shilaman. "Andijon" oxirgi o'yinlarda yopiq o'yin ko'rsatmoqda. Raqibimizni o'tgan bir hafta davomida etarlicha o'rganib chiqqandik. Bu esa kecha o'z samarasini berdi. Ravshan Haydarovga ortiqcha tarifni keragi yo'q. Uzoq yillardan buyon o'zbek futbolida mehnat qilib kelmoqda. Turli yoshdagi terma jamoalarimiz bilan yutuqlarga erishgan. Tajribali mutaxassis.

- "Andijon" jamoasida o'tgan mavsumda bir davra to'p tepgan edingiz. U erdagi vaziyatga qanday munosabat bildirasiz? Jamoa nima uchun mana ikkinchi yildirki, jon saqlab qolish uchun kurashmoqda...

- O'zbekiston chempionatidagi debyutimni shu jamoada o'tkazganman. Bilasiz, bunga qadar asosan xorijda to'p tepganman. O'zim ham hayronman. Biror nima deyish qiyin. Lekin, "Andijon"da mashg'ulotlar uchun barcha sharoitlar yaratib berilgan. Ularga keyingi o'yinlarda omad tilayman.


Asror G'ofurov 77-raqamda. 

- Meni nazarimda Bahrom Haydarovning uslubi va falsafasi "Surxon" jamoasiga mos tushmadi. CHunki, jamoada hujumkor uslubga moslashgan futbolchilar talaygina edi. Ular bilan qo'rqmasdan har qanday jamoaga qarshi ochiq o'yin taklif qilsa bo'lardi...

- Keling shu savolni ochiq qoldiraylik. 

- Umuman olganda joriy mavsumda tarkib kuchaytirilgan holatda jamoa oldiga yuqori maqsadlar qo'yilgan edi. Balki, buning uchun jamoa bosqichma-bosqich tayyorlanib borishi kerakdir. Endi "Surxon" Ravshan Haydarov qo'l ostida hujumkor va tartibli o'yin ko'rsatayotganini inobatga olsak hali yuqori o'rinlar uchun umid saqlanib qolingandek...

O'rinli savol. Jamoamiz tajribali va nomdor futbolchilar bilan kuchaytirilgan. Bu - futbol. Ertaga nima bo'lishini bilmaymiz. Har qanday holat yuz berishi mumkin. Barchasi o'zimizga bog'liq. Biz hozirda hammasini boshidan boshlamoqdamiz desam to'g'ri bo'ladi. Yangi murabbiyning taktikasi va falsafasi jamoamizning o'yiniga ijobiy tasir qilmoqda. Yuqoriga intilishda davom etamiz. 

- Restartdan so'ng chempionatimiz yanada shiddatliroq o'tmoqda. Har bir uchrashuvda kurash kechmoqda. Bu karantin sababli yuzaga kelgan tanaffusning tasirimi?

- Restartdan so'ng hech bir jamoaga oson bo'lmayapti. Deyarli uch oy futbolsiz yashadik. Bu futbolchilar uchun juda katta muddat hisoblanadi. Futbolchilardagi yashil maydon va katta futbol sog'inchi o'yinlarni murosasiz va keskin ruhda o'tishini taminlayapti. 

- Barchaga berilayotgan savol. Superligani markazlashgan holatda o'tishiga "Surxon" jamoasi futbolchisi sifatida qanday munosabat bidirasiz? Bilamiz, jamoa ayni paytda Toshkentda istiqomat qilmoqda. Jamoa baribir o'yinlarni o'tkazish uchun esa uzoq masofa bosib Termizga boryapti...

- Avvalo mamlakatimizda yuzaga kelgan vaziyatni hisobga olsak uchrashuvlarni Toshkentda o'tkazish barcha tomonlama qulay. CHunki, poytaxtda barcha sharoitlar mavjud. Hammasi nazorat ostida bo'ladi. 

- 2021 yildan chempionatimizda 12ta jamoa ishtirok etishi mumkinligi haqida PFL direktori vazifasini bajaruvchi Diyor Imomxo'jaev takidlab o'tgandi. 2018 yil bu o'zini oqlamagan edi. Bunga qanday fikr bildirasiz?

- O'ylashimcha jamoalar soni 16 yoki 18ta bo'lgani maqul. CHunki, biz havasi qiladigan va andoza oladigan chempionatlarda huddi shunaqa tizm joriy etilgan. 



Abdulaziz Iskandarov suhbatlashdi. 

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика