So’nggi yangiliklar

07:34Суперлига. Бугун мавсумнинг сўнгги тур учрашувлари бўлиб ўтади  2 02:37Франция. "Ланс" сафарда "Реймс"ни мағлуб қилди, Ҳусанов тўлиқ ўйнади  14 02:02Туркия чемпионати. "Сивасспор" мағлуб бўлди, Турғунбоев захирадан майдонга тушди  1 01:11Ханс-Дитер Флик "Барселона"нинг 125 йиллик юбилейи ҳақида: "Клубдан-да юқорироқ"  2 00:33Расман: Руд ван Нистелрой - "Лестер" бош мураббийи!  1 00:07"Ланс" арманистонлик ҳимоячини трансфер қилмоқчи  4 23:51Франция. "Реймс" - "Ланс". Абдуқодир Ҳусанов асосий таркибда!  5 23:08Йилнинг энг яхшиларини ким аниқлайди?  3 22:47Пеп Гвардиола: "Тезда қайтамиз, кўнглим сезяпти"  8 22:22Де Брюйне ёзда "Сити"дан кетади, унга бир талай харидорлар бор  4 21:44Саудия Арабистони. "Ал Насср"дан ишончли ғалаба, Роналдудан дубль!  50 21:13Туркия. Турғунбоев "Антальяспор" - "Сивасспор" баҳсини захирада бошлайди  0 20:47Ортиқхўжаев истаган "Пахтакор" шуми?  15 20:21"Энг зўр-2024". Йилнинг энг яхши футболчиси ким бўлади?  46 20:11"Энг зўр-2024". Йилнинг энг яхши мураббийи бўлиш учун номзодлар маълум қилинди  8

Intervyu. Alvaro Arbeloa: "Real" har narsadan ustun turadi" Yangiliklar

Intervyu. Alvaro Arbeloa: "Real" har narsadan ustun turadi"

Teglar :  RealArbeloa
“Real”ning “Valensiya”ga qarshi 37-turdagi uchrashuvidan keyin madridlik futbolchilar va jamoa ishqibozlari Alvaro Arbeloaga munosib sovg'a tayyorlashdi.

Professional faoliyatini Madridda boshlagan Arbeloa shu kuni “Santyago Bernabeu”da oxirgi bor maydonga tushdi. Bellashuv yakunlangach, uni jamoadoshlari tepaga otgancha klubga qilgan ishlari uchun minnatdorchilik bildirishdi. Ishqibozlar esa ulkan banner tayyorlab, uning ismini baralla aytib, hayqirishdi. 10-“Desima” qo'lga kiritilishida munosib hissa qo'shgan himoyachi jamoa razmlaridan biriga aylanib ulgurdi. “Marka” nashri o'sha o'yindan oldin u bilan suhbatlashdi.


- Nimani his qilyapsiz – quvonch va xafalik aralashmasimi yoki xayrlashuv oldidan mahzunlikmi?

- Albatta, xafalik va yolg'izlikni his etyapman. Hayotimning eng ajoyib qismini ortda qoldirganimni tushunib turibman. Qaerga ketgan taqdirimda ham menda shu erdagidek yaxshi bo'lmaydi. SHu bilan birga qachondir xayrlashuv kuni kelishini anglardim. Muhimi, klub va ishqibozlar bilan buni quvonchli tarzda amalga oshiryapman. Bu eng yoqimli narsa.


- Ketishingiz haqida anchadan beri gap-so'zlar tarqalgandi.

- Qolishni xohlardim, lekin vaziyatni adolatli qabul qilish kerak. Lekin ketishimdan tashvishlashimni ham aytashim zarur.



- Arbeloa uchun Madriddagi bosqich yakuniga etishi nimani bildiradi? Bu faoliyatingizdagi eng qiyin vaziyatlardan birimi?

- Bu erda 7 yilni o'tkazdim. Eng yaxshi lahzalarda ham buni tasavvur qilolmasdim. Hozir ortga nazar tashlab, faxr tuyg'usini his qilyapman. “Real”ni tark etish hamisha qiyin va xafa bo'lyapman. Lekin tarixga boqib, faqat faxr va zavqni his qildim. Bu ajoyib bo'ldi, “Real”da o'tkazgan davrim hayotimdagi eng yaxshi davrga aylandi.


- Siz yutish mumkin bo'lgan barcha sovringa ega chiqdingiz. O'zingizni baxtli deb o'ylaysizmi?

- “Real” uchun o'ynash katta baxt: balki, futbolchi faoliyatida erishishi mumkin bo'lgan eng katta narsa. Jamoa uchun o'ynab, har kuni Valdebebasda shug'ullanish men uchun tengi yo'q voqea edi. Keyin sovrinlarni yutish bilan bog'liq quvonch keldi. Bu davrda o'zim bilan ishlagan barcha murabbiylarning ishonchini his qildim. Manuel Pellegrini, sevimli ustozim Joze Mourino, Karlo Anchelotti, Rafa Benites va albatta, Zinedin Zidan – bolalikdagi kumirim. Jahonning eng yaxshi futbolchilari bilan birga mashq qilish – ulkan baxt, lekin o'zingni “Real” futbolchisi sifatida his qilishdan ortiq baxt bo'lmasa kerak.


- SHartnomani uzaytirish imkoniyati bormidi?

- Tushuning, o'zimni foydali deb his qilishim lozim. Mavsum mobaynida bir necha marta maydonda foydali o'yinchi bo'lishga harakat qildim, ammo bunday bo'lmadi. Bu erda hech kim o'tmishdagi xizmatlari uchun joy olishi kerak emas – bunday jamoada kelajak bo'lmaydi: o'ylashimcha, hozir xayrlashish uchun eng omadli palla.


- Ko'pchilik siz kiyinish xonasida katta ahamiyatga egasiz deb hisoblaydi.

- Jamoadoshlarimdan yaxshi izdoshlarni qoldirdim: Serxio Ramos, Kazemiro, Dani Karvaxal, Nacho… Muxlislarimiz birinchi kundan yoqtirib qolgan Luka Modrich. U boshqa jamoadan kelib ham klub razmlaridan biriga aylandi. Umid qilamanki, ular jamoa sharafini xuddi men kabi faxr bilan himoya qilishadi.


- Ishqibozlarga nima deyishni xohlardingiz?

- Madrid muxlislariga ushbu ajoyib yillar uchun o'zim va oilam nomidan minnatdorchilik bildiraman: ularning oldida qarzdorman. “Real” ramzi ishqibozlar uchun hamma narsani anglatishi, ular jamoa va futbolchilarni olqishlashi hamda ular jamoaning bir qismi ekanligini tushunishlarini istayman.


- Qanday yodda qolishni istaysiz?

- Dastlab jamoa uchun stadionda qayg'urgan, keyin “Real” sharafini maydonda himoya qilish baxtiga sazovor bo'lgan ishqiboz sifatida. Men jamoaning muxlislaridan biriman.


- “Real”ga uning sharafini himoya qiladigan odam kerak deb hisoblaysizmi?

- Emilio Butrageno ommaviy aloqalar direktori sifatida o'z ishini juda yaxshi bajarmoqda. “Real” bilan doimo qiyin, bizga o'zgacha munosabatda bo'lishadi. Klub va boshqalar uchun baholashning turli mezonlari bordek ko'rinadi. Bu muxlislarni g'azabga soladi va klub sharafini himoya qiladigan futbolchiga o'zgacha munosabatda bo'lishadi. Albatta, bunday odam muxlislarga kerak.


- “Real”ning haqiqiy etakchisi siz uchun Raulmi?

- Raul – bu sardor va o'rnak uchun misol. Mashhurligi va sovrinlariga qaramay, u hamisha mashg'ulotda birinchi raqamli edi. U haqiqiy etakchi edi, masuliyatni o'ziga faqat so'zlar bilan emas, ish bilan ham olardi va hech qachon taslim bo'lmasdi.


- Qachondir “Real”ni g'alabalardan keyin avtobusda yurganda kutib olgansiz, keyin o'zingiz o'sha avtobusdan joy oldingiz.

- Kelajakda ham “Real” avtobusini kutib olaman. Vaqt meni o'zgartirmagan, jamoaga hamisha birdek munosabatda bo'lganman.


- Murabbiylar orasida Mourinoni alohida takidladingiz. Nima uchun aynan u sizda shunday taassurot qoldirgan?

- Uning jurnalistlar va men bilan munosabati qarama-qarshi bo'lgandi. Mourino menga nafaqat futbol, balki shaxsiy tomondan ham katta yordam bergan. SHaxsiy qarashlarini bildirib, klubni himoya qilishdan qo'rqmaslikni o'rgatgan. Buning uchun Jozedan minnatdorman. Bunday munosabat muammo keltirishi mumkin, lekin sen toza vijdon bilan uxlaysan.


- Ijtimoiy tarmoqlardagi faoliyatingiz xususida nima deya olasiz?

- Odamlar Arbeloaning “Qirollik klubi”ni himoya qilayotganini ko'rishlarini istadim. Uning oqibatlari meni qiziqtirmaydi. Nimani qilishim kerak bo'lsa, o'shani qildim. “Real” men uchun har narsadan ustun turadi.


- Doim yulduzlar bilan birga o'ynadingiz. Ulardan kimlar sizda eng katta taassurot qoldirgan?

- Bu haqiqiy mo'jiza bo'lgan. Bir jamoada Raul, Zidan, Ronaldo, Roberto Karlos, Figu bilan bo'lganman. 20 yoshda edim va ularni ko'proq televizorda ko'rgandim. Keyin Florentinoning ikkinchi davrida jamoada Krishtianu Ronaldu, Karim Benzema, Kaka paydo bo'ldi. Jahondagi eng yaxshi o'yinchilar bilan shug'ullanish baxt edi. Bazida o'zimga futbolni qanday qilib bunchalik yaxshi o'ynash mumkin deb savol beraman.


So'nggi so'z o'rnida muxlislarga shu yillar davomida qo'llashi, muhabbati va etibori uchun rahmat aytaman. Ularga deyman: “Ko'rishguncha! Sizlardan biringiz ekanimni unutmang. Hala Madird!”.


Behzod Nazarov tayyorladi

Reyting: +10   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика