"Inter" sobiq futbolchisiga taklif bilan chiqdi
30 jan 15:17
Yangiliklar
"Inter" sobiq futbolchisiga taklif bilan chiqdi
"Inter" qishki transfer oynasida tarkibni kuchaytirishga intilmoqda va avval ham "neradzurri" safida o'ynagan Ivan Perishichga etibor qaratdi.
Insayder Fabricio Romanoning so'zlariga ko'ra, "Inter" 36 yoshli futbolchi uchun PSVga ilk taklifini yuborgan. Biroq Niderlandiya klubi hozircha uni qabul qilmagan. Futbolchining o'zi transferga qiziqmoqda, ammo yakuniy qaror PSV tomonidan qabul qilinadi.
Tajribali xorvatiyalik yarim himoyachi joriy mavsum 28 o'yin o'tkazib, 5 ta gol urdi va 10 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Shu bilan birga, "Inter" "Al Ittihod"ning franciyalik vingeri Mussa Diabini mavsum oxirigacha ijaraga olishi mumkin. Bitimda taxminan 35 mln evro evaziga sotib olish huquqi ham ko'zda tutilgan.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ўзбекистон Суперкубоги. "Нефтчи" — 2026 йилги Ўзбекистон Суперкубоги соҳиби.
"Пахтакор" Суперкубокдаги ҳакамлик устидан шикоят киритди
Ла Лига. "Барселона" ўз майдонида "Севилья"ни тор-мор этди
ЕЧЛ. "Манчестер Сити" – "Реал Мадрид" 1:2
Fikrlar