"Inter" Koutinoni ijaraga olishga tayyor
27 iyu 2021 01:57
Yangiliklar
"Inter" Koutinoni ijaraga olishga tayyor
"Barselona"ning 29 yoshli braziliyalik hujumkor yarim himoyachisi Filippe Koutino "Inter"ga o'tishi mumkin.
"Inter" Koutinoni sotib olish sharti bilan ijaraga olishga tayyor. Braziliyalik futbolchining Milan klubi bilan aloqasi juda yaxshi ekanligi aytilmoqda.
"Inter" o'yinchiga "Barselona"dagidek maoshni to'lay olmaydi, shu bois Filippe o'z maoshi sezilarli darajada kamayishiga rozi bo'lishi lozim.
Eslatib o'tamiz, Koutuno "Barselona"ga 2018 yilda 135 million evro evaziga "Liverpul"dan kelgan edi.
Filippe 2020/21 yilgi mavsumda "ko'k-anorranglilar" uchun 14 o'yinda qatnashib, 3 ta gol urdi va 2 ta golli uzatma qayd etdi. Uning kataloniyaliklar bilan shartnomasi 2023 yilning yozigacha mo'ljallangan. Transfermarkt uni 30 million evroga baholayapti.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
ЕЧЛ. "Реал Мадрид" Вальверденинг хет-триги эвазига "Манчестер Сити"ни мағлуб этди
Суперлига. "Насаф" сўнгги дақиқаларда урилган гол эвазига "Динамо" билан дуранг ўйнади
Opta. EЧЛ учун асосий даъвогарлар рейтингини қайтадан тузиб чиқди
Камолиддин Тожиев: "Эртанги ўйинга 100 фоиз шаймиз. Пенальтилар сериясига тайёрланмадик" (тўлиқ матбуот анжумани)
Fikrlar