Inesta Braziliya va Ispaniyaning JCH-2022'dagi imkoniyatlarini baholadi
29 sen 2022 08:54
Yangiliklar
Inesta Braziliya va Ispaniyaning JCH-2022'dagi imkoniyatlarini baholadi
Ispaniyalik sobiq futbolchi Andres Inesta Braziliyani Qatarda o'tkaziladigan JCH favoritlari qatoriga kiritdi.
"Braziliya doimo g'alaba uchun davogarlardan biri bo'ladi. Futbol olamida JCH g'olibligi uchun davogarlar sanalganida, xech kim Braziliyani yoddan chiqarib qo'ymaydi. Ishonamanki, ular ham yaxshilab kurashishadi.
Ispaniya? Menga terma jamoa juda yoqadi. Luis Enrike boshchiligidagi murabbiylar shtabidan tortib, butun terma jamoagacha. Jamoada yaxshi yosh futbolchilar, shuningdek Buskets, Alba kabi tajribali o'yinchilar bor. Jahon chempionati qiyin musobaqa, har qanday mayda ko'ringan detal balansni o'zgartirib yuborishi mumkin. Ammo ushbu jamoada g'alabaga kurashish uchun etarli bo'lgan barcha narsa bor", - dedi Inesta.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Аргентина ЖЧ-2026дан четлатилиши мумкин
Ла Лига. Рафиньянинг дубли "Барселона"га "Осасуна" устидан ғалабани тақдим этди
Эрлинг Ҳоланд Криштиану Роналдуни қувиб ўтиб, АПЛ рекордини янгилади
Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди
Fikrlar