So’nggi yangiliklar

18:28"Хоразм" – "Бунёдкор". Таркиблар билан танишинг  0 18:22"Қўқон-1912" – "Навбаҳор". Таркиблар маълум  0 17:54"Келиб олиб кетинглар!" Ниакате чемпионлик Марокашга олиб берилганидан даҳшатда  0 17:44Даҳшатли талаб! "Атлетико"нинг 55 минг мухлиси финалга бормоқчи, аммо чипталар етмайди  1 17:31"Реал"да катта хавотир: Куртуа "Атлетико"га қарши супердербини ўтказиб юборадими?  2 17:20Расман: Кудряшов жамоадан кетди. "Сурхон"ни вақтинча Анвар Ғофуров бошқаради   1 17:03Энрике "Челси"ни тор-мор этгач лол қолдирди: "Бизнинг иккита голимиз ўйин тақдирини ҳал қилиб бўлганди!"  1 16:55Ўзбекистон Жаҳон чемпионати арафасида Европанинг топ терма жамоасига қарши ўйнаши мумкин  11 16:46Котрина Кулбите: "Тарих яратишга бир қадам қолди"   2 16:26Дик Адвокат "Фейеноорд"да Робин ван Персига маслаҳатчи бўлади  1 16:21Гвардиола "Реал"ни "Манчестер Сити"нинг энг қийин рақиби деб ҳисобламайди  8 15:20Жалолиддин Машарипов: "Узоғи билан 1 ойда умумий гуруҳга қайтаман"  3 13:40ФИФА Эронга умид билдирмоқда  2 13:13Сенегал футбол федерацияси Африка кубоги финалидаги қарорни CASга олиб чиқади  2 12:19"Пахтакор" Суперкубок ҳакамлиги бўйича ОФКга мурожаат қилмоқчи   86

IMHO: o'zbek futboliga U-14 kabi chempionatlar kerak! Yangiliklar

IMHO: o'zbek futboliga U-14 kabi chempionatlar kerak!

4-14 oktyabr kunlari O'zbekiston U-14 chempionati o'tkazib kelinmoqda.

Musobaqa haqida

O'zPFL tomonidan o'tkazilayotgan mazkur turnir o'zining qiziqarli o'yinlari bilan yodda qolmoqda. Xususan, musobaqa finaliga finaliga Superliga va PRO Ligaga aloqasi yo'q Odil Ahmedov akademiyasi — «Odil Junior» jamoasi va Xorazm nomidan ishtirok etayotgan, ammo bu klubga aloqasi yo'q Xorazm oliy mahorat maktabi tarbiyalanuvyailaridan iborat «Xorazm» jamoasi etib kelganini ham ajoyib.

Yillar davomida o'zbek futbolining hozirgi yulduzlarini tarbiyalagan «Nasaf», «Bunyodkor», «Mashal» kabi klublarning yoshlari esa negadir bu turnirda omadli ishtirok etishmadi. O'zbekiston terma jamoasining 9 oktyabr kuni Malayziyaga qarshi o'yinda qaydnomada bor ayrim futbolchilarning qaysi akademiyadan chiqqanini eslab o'tsak.

Rustam Ashurmatov «Bunyodkor», Husniddin Aliqulov «Nasaf», Dilshod Saitov «Nasaf», Otabek SHukurov «Mashal», Aziz G'aniev «Nasaf», Jaloliddin Masharipov «Paxtakor», Doston Hamdamov «Bunyodkor», Husayn Norchaev «Nasaf», Eldor SHomurodov «Mashal», Ibrohimhalil Yo'ldoshev «Paxtakor», Islom Qobilov «Bunyodkor», Doston Tursunov «Neftchi», Xojiakbar Alijonov «Paxtakor», Oybek Bozorov «Nasaf», Igor Sergeev «Paxtakor» va hokazo.

Foto: O'FA matbuot xizmati

Futbol klublari o'z akademiyalariga etibor berib, buning ortidan o'zbek futboliga yaxshi futbolchi etishtirib bergani etiborga loyiq, albatta. Hozirda o'tkazilayotgan musobaqalar ham, aslida, maqsad jihatidan to'g'ri ko'zlangan. Yosh futbolchilar poytaxtga yig'iladi, o'z jamoasi sharafini yaxshi himoya qilishga harakat qiladi va buning ortidan hozirgi kundagi yaxshi saviyadagi akademiyalar murabbiylarining etiboriga tushishlari mumkin.

Bundan ham 14 yoshgacha bo'lgan bola, ham futbol akademiyasi va o'zbek futboli yutish ehtimoli bor.

Turnirdagi tashkilotchilik

Turnirning plyus tomonlari sanalganda o'yindan keyin eng yaxshi futbolchi uchun beriladigan sovg'a-yu, klublar joylashgan mehmonxonani alohida keltirish mumkin. Yosh viloyatlik futbolchi uchun bu katta ishtiyoq berishi turgan gap.

SHuningdek, O'zPFL ertaga bo'lib o'tadigan final oldidan medallar va kuboklarni ham tayyorlab qo'ygan.

Foto: O'zPFL matbuot xizmati

PFLga taklif

Turnirning ilk kuni «So'g'diyona» jamoasining aynan o'yini o'tadigan kuni Toshkentga etib kelgani haqida eshitdik. Ushbu malumotni muxlislar tomonidan shu kuni saytimizda yozilgan fikrlardan ham bilish mumkin.

«So'g'diyona U-14» bosh murabbiyi Ulug'bek Almatov 1-turdan keyin bergan intervyusida quyidagi fikrlarni bildirib o'tdi:

«Yo'ldan kelganimiz uchun biroz qiynaldik. Bolalar ochiq futbol ko'rsatishdi. O'yindan qoniqdim, lekin natijadan emas. Klub barcha sharoitlarni qilib berdi. Xudo xohlasa akademiyamiz qurilmoqda. Hammasi oldinda. To'g'ri bolalar futbolida natija talab qilinmaydi. Lekin bosqichma-bosqich bunga kelishimiz kerak. Baribir bolalarga motivaciya zarur».

SHuningdek, «So'g'diyona» va «Turon» jamoalari 2 kun davomida mehmonxona topishda qiynalgani haqida ham gap-so'zlarni eshitdik.

O'zPFL matbuot xizmati 2-3 bor bitta mehmonxona tashkilot bilan hamkorlik qilayotgani, futbolchilar esa ushbu hotel`da xordiq chiqarishayotgani haqida xabar berib keldi. Yuqoridagi ikki klub to'g'risida malumotlar qanchalik asosli, aniq fakt yo'q (shu o'rida adashgan bo'lsak mazur tutasiz).

U-14 va U-16 O'zbekiston chempionati nizomga ko'ra, jamoalarning xizmat safari (yo'lkira, ovqatlanishi, yashash joyi) va musobaqalar o'tkaziladigan davr mobaynida o'z futbolchilarini sug'urta qilish bilan bog'liq harajatlar klub tomonidan qoplanadi.

Yagona taklif - PFL reglamentda jamoalar poytaxtga (musobaqa o'tkaziladigan joyga) eng kamida bir kun avval kelishni majburiy qilib ko'rsatsa yaxshi bo'lardi. Bunda jamoalar ko'nikib olishadi, uzoq yo'l bosmasdan stadionga kelishadi.

Bu kabi musobaqalar kerak o'zbek futboliga. Ishonamizki, bu harakatlar o'z samarasini beradi. Ertaga final, CHig'atoyda ko'rishguncha!

Muallif : Og'abek Samisov
Reyting: +7   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика