So’nggi yangiliklar

22:21Фабио Каннаваро: "Сафар энди бошланмоқда, бироқ биз тўғри йўлдамиз"  4 21:51"Бавария" ва "Барса" Гримальдога қизиқиш билдирмоқда  0 21:35Суперлига. "Шўртан" – "Бухоро" 1:1  0 21:09ФИФА рейтинги янгиланди: Ўзбекистон беш поғона юқорилаб, Осиёнинг бешинчи жамоасига айланди  15 20:57Тони Кроос Винисиусни танқид қилди  1 20:36Криштиану Роналду АҚШ президенти Дональд Трамп билан учрашди  9 19:50"Боруссия Дортмунд" форварди уйидан қурол топилди  0 19:28Александр Хомяков: "Бугун ҳаракатнинг ўзи камлик қилди"  1 19:00Италия яна ЖЧ саралашида омадсизликка дуч келди — олдинда ўтиш ўйинлари. Буёғига нима бўлади?   5 18:55Асрор Алиқулов: "Ўз майдонимиздаги охирги ўйинда мухлисларга ғалаба совға қилишни мақсад қилгандик"  0 18:39Globe Soccer Awards талқини бўйича йил мураббийи мукофотига даъвогарлар номи эълон қилинди  0 17:55Суперлига. "Шўртан" ўз уйида "Бухоро" билан дуранг ўйнади  5 17:44УЕФА "Барселона"га рухсат берди  3 17:27"Гулистон" қайтмоқда. Жамоа иккинчи лигада чемпион бўлди  3 17:24Максим Шацких: “Мухлисларнинг қўллаб-қувватловини доимо ҳис қилиб турдим. Барчага раҳмат”  8

Ilyos Zeytullaev: "O'yin haqida fikr bildirishning o'zi og'ir" Yangiliklar

Ilyos Zeytullaev: "O'yin haqida fikr bildirishning o'zi og'ir"

Superliganing 17-turidan o'rin olgan "Bunyodkor" - OKMK (0:1) uchrashuvidan so'ng mezbonlar bosh murabbiyi Ilyos Zeytullaev matbuot anjumanida ishtirok etdi.

O'yin haqida

- Bu o'yin haqida fikr bildirish ham og'ir. Bugun ochiq futbol o'ynashga intildik. Balki natija keltirishi ham mumkin edi. Gol urganimizda natija boshqacha bo'lardi. OKMK jamoasi o'z imkoniyatidan foydalanib ketdi. Javobgarlikni o'z zimmamga olaman.

- "Bunyodkor" ikkinchi davrani yaxshi boshladi. Jamoa himoyasi ham yaxshilangan. Biroq, hujumda, vaziyatlarni yakunlashda aniqlik etishmayapti. Bu borada fikringiz qanday?

- Biz raqiblarga jiddiy qarshilik ko'rsatayapmiz. Bugun kuchli raqibga to'qnash keldik. Kuchli jamoa, kuchli murabbiylar shtabi jam bo'lgan. Birinchi bo'limda 4-5 ta golli vaziyatlar yaratdik. Ikkinchi bo'limda ham vaziyatlarimiz bo'ldi. Aniqlik etishmagani rost, biz bu borada ishlayapmiz. Ayrim vaziyatlar bo'ldi, nega gol ura olmaganimizni qabul qilish qiyin. 

- O'tgan o'yinda hakamlar "Navbahor" foydasiga xato qaror chiqarib, "Bunyodkor"dan ochko tortib olishdi. Bugun jamoangiz yaqqol golli vaziyatlardan foydalana olmadi. "Metallurg" bilan ochkolar farqining ko'p emasligi xavotirga sabab bo'lmaydimi?

- Futbolda ruhiyat, ruhiy holat juda muhim. Biz jadvalda qiyin ahvolda ekanimizni bilamiz. SHunday vaziyatda hakam o'yinning so'ngi daqiqasida xato qaror chiqarib, g'alabaning yo'qotilishiga sabab bo'ldi. Biz uchun hozir har bir ochkoning qadri oltinga teng. Kurashishda davom etamiz. Biz uchun navbatdagi har bir o'yin final maqomida bo'ladi.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика