So’nggi yangiliklar

12:04U-17 Жаҳон чемпионати. Осиёдан учта жамоа қолди  1 11:43Жалолиддин Машарипов: "Каннаваро менга қўнғироқ қилди ва жамоага кераклигимни таъкидлади"  12 10:45ПСЖ Аргентина терма жамоаси футболчиси учун 120 миллион евро беришга тайёр  0 10:07U-17 Жаҳон чемпионати. Бугунги рақибимиз – Италия: улар мусобақани қандай ўтказяпти?  9 09:40Бугун Олимпия терма жамоамиз Хитойга қарши баҳс олиб боради  2 09:13ФИФА президенти табрик йўллади  1 08:45"Андижон"нинг асосий футболчисининг жароҳати жиддий бўлиб чиқди  4 08:18Жаҳон чемпионатида иштирок этувчи 48 жамоадан 34 таси маълум бўлди  5 07:50U-17 Жаҳон чемпионати. Ўсмирларимиз чорак финал йўлланмаси учун майдонга тушади  15 07:22Бугун ФИНАЛ  12 04:38ЖЧ-2026 саралаши. Германия ва Нидерландия мундиал йўлланмасини қўлга киритди, Польша ва Словакия саралашни давом эттиради  1 00:17Мбаппе ПСЖдан суд орқали 240 млн евро талаб қилмоқда. Клуб эса ундан 180 млн евро зарар ундиришни сўради  1 23:49"Ал Айн Халқаро Кубоги-2025". Миср пенальтилар сериясида ғалабага эришди ва учинчи ўринни эгаллади   6 23:35Жалолиддин Машарипов жароҳатдан қутилдими?  20 23:03Достон Ҳамдамов: "Ҳаммаси ўзимизнинг қўлимизда, яхши тайёргарлик кўрсак Бразилия билан ҳам ўйнай оламиз деб ўйлайман"  11

Ilyos Zeytullaev: "Hozir kamroq gapirib, ko'proq ishlashimiz kerak" Yangiliklar

Ilyos Zeytullaev: "Hozir kamroq gapirib, ko'proq ishlashimiz kerak"

Superliganing 6-turidan o'rin olgan "Bunyodkor" - "Surxon" uchrashuvidan so'ng mezbonlar murabbiyi Ilyos Zeytullaev fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

"Umuman o'yinni 2 qismga ajratish mumkin. Birinchi bo'limni hamma ko'rdi. Tezkor gol ruhan tasir qildi deb o'ylayman. Bunday vaziyatga tushganda butun jamoa bo'lib harakat qilish kerak. Ikkinchi bo'limda jamoa hujumkor va agressiv o'yin ko'rsata olishini isbotladi. Hamma narsa ruhiy holatga borib taqalmoqda. Bitta o'yinn yutib olsak barchasi iziga tushib ketadi",- deydi Zeytullaev. 

- Jamoa tarkibidagi himoya va boshqa chiziqlarda raqobat yo'q. Raqobat futbolda muhim ahamiyat kasb etadi. Tarkibda raqobat yo'qligi qanchalik muammo tug'dirmoqda?

- Hozir himoyachilar haqida gapirish noto'g'ri. Bu erda etiborni boshqa joyga qaratish kerak. G'alabani butun jamoa qo'lga kiritganidek, mag'lubiyatni ham butun jamoa bosh murabbiy bilan birga qabul qiladi. Demak men va shtab qaerdadir xato qildik. Yigitlarning ko'zida katta ishtiyoq ko'rinib turibdi. Ularni sobiq futbolchi, murabbiy sifatida tushunaman. Hozir kamroq gapirib, ko'proq ishlashimiz kerak. Bunday vaziyatlarda har bir futbolchi va murabbiy javobgarlikni zimmasiga olishi kerak.  

- Jamoada aynan qaysi kamchiliklarni bartaraf etish kerak deb hisoblaysiz?

- O'tgan 2 haftada juda yaxshi shug'ullandik. Bugun "Surxon" ustidan yutishimizga ishongandim. "Surxon" birinchi bo'limda juda sifatli futbol ko'rsatdi. Barcha poziciyalarni yopdi va qarshi hujumga o'tdi. Murabbiylar shtabi bilan birga o'yin tasvirini ko'rib chiqamiz. Xatolarni tahlil qilamiz. Jon saqlash uchun kurashishda davom etamiz. 

Futbolchilar ayni paytdagi vaziyatni his qilib turibdi. "Bunyodkor"da doim bosim bo'ladi. Barcha javobgarlikni bo'ynimga olaman. Maydonga hech kim yutqazish uchun chiqmaydi. Futbolchilarda xarakter bor va ishonamanki birgalikda qiyin holatdan chiqib ketamiz.

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика