So’nggi yangiliklar

13:29"Нефтчи": Бугун 10 минг дона чипта сотилди, чунки...  0 12:57Ўзбекистон Австралияни 4:0 ҳисобида ютганини биласизми?  5 12:45Фабио Каннаваро Италиянинг йирик ҳисобдаги мағлубиятига изоҳ бермади  3 12:17"Нефтчи" - "Қизилқум" учрашувига чипталар 2 соатда сотиб бўлинди  9 12:04U-17 Жаҳон чемпионати. Осиёдан учта жамоа қолди  3 11:43Жалолиддин Машарипов: "Каннаваро менга қўнғироқ қилди ва жамоага кераклигимни таъкидлади"  21 10:45ПСЖ Аргентина терма жамоаси футболчиси учун 120 миллион евро беришга тайёр  2 10:07U-17 Жаҳон чемпионати. Бугунги рақибимиз – Италия: улар мусобақани қандай ўтказяпти?  14 09:40Бугун Олимпия терма жамоамиз Хитойга қарши баҳс олиб боради  2 09:13ФИФА президенти табрик йўллади  2 08:45"Андижон"нинг асосий футболчисининг жароҳати жиддий бўлиб чиқди  4 08:18Жаҳон чемпионатида иштирок этувчи 48 жамоадан 34 таси маълум бўлди  6 07:50U-17 Жаҳон чемпионати. Ўсмирларимиз чорак финал йўлланмаси учун майдонга тушади  15 07:22Бугун ФИНАЛ  13 04:38ЖЧ-2026 саралаши. Германия ва Нидерландия мундиал йўлланмасини қўлга киритди, Польша ва Словакия саралашни давом эттиради  1

Ilyos Zeytullaev "Bugungi durang biz uchun g'alabaga teng" Yangiliklar

Ilyos Zeytullaev "Bugungi durang biz uchun g'alabaga teng"

Superliganing 7-turidan o'rin olgan "Nasaf" - "Bunyodkor" (0:0) uchrashuvidan so'ng mehmonlar bosh murabbiyi Ilyos Zeytullaev matbuot anjumanida ishtirok etdi.

O'yin haqida

- Og'ir uchrashuv, kuchli raqibga qarshi bosimlarga boy o'tgan o'yin. Bugun yigitlar o'zlarini nimaga qodir ekanliklarini isbotlash uchun ham harakat qilishdi. "Bunyodkor" so'ngi o'rinlarda yuradigan jamoa emas, biz bu vazifani bosqichma-bosqich uddalashimizga ishonamiz. Bugungi o'yin uchun yigitlarga minnatdorchilik bildiraman.


- Jamoangiz birinchi bo'limda hujumkor futbol ko'rsatdi. Ikkinchi bo'limda esa ikkinchi raqamli jamoa sifatida o'ynadi. Bu qizil kartochka tufaylimi?


- Men murabbiy sifatida natijani hohlayman. Kuchli raqibga qarshi 10 kishi bo'lib o'ynash oson emas, qizil kartochkadan so'ng himoyaga etibor qaratdik. Mezbonlarga imkon qadar bo'sh xudud qoldirmaslikka intildik.


- "Nasaf" namoyish etgan o'yin haqida fikringiz?


- "Nasaf" juda kuchli jamoa. Klubda eng yaxshilardan bo'lgan murabbiylar shtabi ishlaydi. Hujumkor, kurashuvchan va zo'r jamoa.


- Bitta g'alaba jamoada nimalarni o'zgartirib yuboradi?


- Bugungi durang biz uchun g'alabaga teng. SHu kabi kuchli klublar bilan o'yinda ochko qo'lga kiritilishi jamoa ruhiyatini ko'tarishga, yigitlarda o'zlariga bo'lgan ishonchni oshirishga xizmat qiladi.


- Italiya futbolidan qanday taktik uslublarni jamoaga olib kirmoqchisiz?


- Superliga kuchli futbolchilar o'ynaydi. CHempionat darajasi ham yuqori darajada. G'alaba qozonish uchun metin himoya kerak. Italiya futboli himoya chizig'i bilan nom qozongan. Jamoaga hujumkor o'yin bilan bir navbatda temir himoyani ham olib kirmoqchimiz.


Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика