So’nggi yangiliklar

18:24"Бавария" 14 ёшли Ямаль билан шартнома имзоламоқчи бўлган  2 17:56"Челси"га Англия футбол ассоциацияси томонидан 74 та айблов қўйилди  1 17:27Суперлига. "Машъал" - "Шўртан" (матнли трансляция)  1 17:22Вадим Абрамов: "Андижон" Азмиддинов қизил карточка олгани учун биз билан ҳозир ўйнашга рози бўлмади"  6 16:52ЖЧ-2026 фаворитлари айтилди. Ўзбекистон қайси ўринда?  13 16:24Франция терма жамоаси собиқ дарвозабони фаолиятини якунлади  0 15:556 минг сиғимли стадион "Барса" – "Валенсия" учрашувини қабул қилади. Ла Лига рози  2 15:28"Реал" собиқ футболчиси Гонконгга кўчиб ўтди  0 14:54АПЛ топ-клублари "Барселона" вундеркиндини сотиб олмоқчи  5 14:27Чемпионлар Лигаси 2026/27 йилги мавсум финали Мадридда ўтказилиши мумкин  4 14:05Суперлига. "Насаф" — "Бухоро" 5:0  1 13:57Тимур Кападзе: "Атрофдаги воқеалардан жуда чарчадим"  110 13:34Ямаль: "Олтин тўп"ларим кўп бўлишини орзу қиламан"  6 13:06Аёллар ОЧЛ гуруҳ босқичига қуръа ташланди: "Севинч" Эрон, Хитой ва Ҳиндистон жамоалари билан ўйнайди  4 12:49ЖЧ-2022 ярим финалчиси Ўзбекистон билан ўртоқлик ўйини ўтказмоқчи  14

Ilyos Zeytullaev: "Bugun futbol o'ynadikmi?" Yangiliklar

Ilyos Zeytullaev: "Bugun futbol o'ynadikmi?"

Superliganing 10-turidan o'rin olgan "Bunyodkor" – "Navbahor" (2:3) uchrashuvidan so'ng mezbonlar ustozi Ilyos Zeytullaev matbuot anjumanida ishtirok etdi.

- Bugungi o'yin haqida fikrlaringiz bilan bo'lishsangiz?

- Bugun futbol o'ynadikmi? Men yigitlarimga rahmat aytaman.

- Sizning kayfiyatingizdan kelib chiqsak, hakamning qarorlaridan norozi ko'rinasiz...

- Yo'q. Hammasi yaxshi va joyida.

- "Bunyodkor" bugun 3ta gol o'tkazib yubordi. Jamoangiz joriy mavsumda buncha ko'p gol o'tkazmayotgan edi. Himoya chizig'ining o'yiniga baho berib o'tsangiz?

- Himoyachilarimiz ajoyib o'yin o'tkazishdi.

- O'yinga tuzilgan reja qanday edi?

- Futbol o'ynash.



- Bugungi mag'lubiyatning sababi nimada deb o'ylaysiz?

- Bu savolga javob berish qiyin. Iltimos, shu savolni o'tkazib yuboraylik(uzoq vaqt jim turadi). Vaqt o'tgandan so'ng ushbu savolga javob berishim mumkin bo'ladi.

- Balki bugun "Navbahor" yaxshi o'ynagandir?

- Balki yaxshi o'ynagandir. Men o'z futbolchilarimga minnatdorchilik bildirishdan boshqa so'z topa olmayapman. Men ular bilan o'tgan mavsumdan buyon ishlab kelmoqdaman va ular nimalardan o'tib kelayotganini bilaman. Hozir taktika va boshqa jihatlar haqida gapirish noto'g'ri. Vaqti kelsa, sizlar jurnalistlar bilan yig'ilib futbol haqida gaplashishni istayman. Futbol taktikasi va shunga o'xshash masalalar bo'yicha suhbat quramiz. Kelinglar, shunday tadbir tashkillashtiraylik. Futbol haqida gaplashaylik. Men futbolni yaxshi ko'raman.

- O'yin natijasi adolatli bo'ldimi?

- O'zingiz nima deb o'ylaysiz?

- Bahsli.

- O'zingiz savolga javob berib qo'ydingiz-ku.

Reyting: -5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика