So’nggi yangiliklar

15:01Opta "Манчестер Сити"нинг муваффақиятига ишонмаяпти  0 14:17МЮ португалиялик юлдузга кўз тикди  1 13:30Ўзбекистон Суперкубоги тўпурарлари: Черан етакчи, Кошелев ва Акопянц ҳам рўйхатда бор  1 13:02"Барселона" ёз учун устувор мақсадни танлади  12 12:30"Ютқазиш ва хато қилишдан қўрқиб, мухлисларни зериктириб қўйишмаса бўлгани" — Суперкубок олдидан сўз Суперлига матбуот котибларига  8 12:01"Ливерпуль” Алиссон билан шартномани узайтирди  1 11:33"Манчестер Юнайтед" Давид Раумни нишонга олди  1 11:05Ўзбекистон Суперкубоги: “Насаф” энг кўп соврин ютган, “Пахтакор” энг кўп мағлубиятга учраган  6 10:45Макс Доуман кечаги голидан сўнг АПЛ тарихига кирди  0 10:16Финалиссима бўлиши учун Аргентина ўз талабларини қўйди, акс ҳолда...  6 09:41"Машъал" жамоа бош мураббийининг соғлиғи ҳақида маълумот берди  0 09:14Кечаги йирик мағлубиятдан сўнг "Истанбул Башакшехир" устози нималар деди?  1 09:00Ўзбекистон Суперкубоги: томошабинлар рекорди янгиланадими?  13 08:46Кечаги дурангдан сўнг Гвардиола чемпионлик учун кураш ҳақида гапирди  9 08:20Sofascore. "Истанбул Башакшехир" йирик ҳисобда мағлуб бўлган баҳсда Шомуродов неча баҳо олди?  0

Ilyos Zeytullaev: "Ahmadalievning tanlovini hurmat qilamiz. Qiyin vaziyat esa bizni yanada tarbiyalaydi" Yangiliklar

Ilyos Zeytullaev: "Ahmadalievning tanlovini hurmat qilamiz. Qiyin vaziyat esa bizni yanada tarbiyalaydi"

"Qaldirg'ochlar" parvozga tayyormi?

Jamoa kecha "Sho'rtan" bilan nazorat uchrashuvida maydonga tushdi (0:0). Bellashuvdan so'ng "Bunyodkor" bosh murabbiyi Ilyos Zeytullaevga bir nechta savollar bilan yuzlandik.

"Sho'rtan"ga qarshi o'yin qishki yig'in doirasidagi oxirgisi edi. Jamoa mavsumga qanchalik tayyor?

— Ha, OKMK bilan o'yin oldidan so'nggi nazorat uchrashuvimizni o'tkazdik. Jamoaning umumiy holatini ko'rib oldik. Yigitlar yaxshi sport formasiga etib kelishmoqda, deya olaman. Jarohat olgan futbolchilarimizni imkon qadar tezroq tiklashga harakat qilamiz. O'yinlarga tayyorlanyapmiz, ortiqcha faktorlarga chalg'iyayotganimiz yo'q. Futbolchilarning diqqat-etibori bo'lajak bahsga qaratilgan.

— Dilshod Ahmadalievning ketishi tarkib va o'yin borasidagi rejalarga tasir ko'rsatmaydimi?

— Dilshod bilan yaxshi munosabatlarni saqlab qoldik. OKMKga qaytish istagini bildirdi. Bu uning xohishi va tanlovi, shunday ekan, fikrini hurmat qilishimiz kerak. O'yinga tasiri bo'lmaydi, chunki tarkibda boshqa yigitlar ham bor. Oldinga yurishda davom etamiz, bizni qiyin mavsum kutyapti. Boshqa tomondan, yosh futbolchilarga o'zini ko'rsatishi uchun imkoniyat ochiladi.

— Atrofda yangrayotgan tashqi gaplar, omillar jamoa kayfiyatida o'zgarish qilmadimi?

— Futbolchilarim professional. Bunday vaziyat istalgan jamoada bo'lishi mumkin. Shuni aytamanki, klubdagi barcha yurakdan mehnat qilmoqda. Tasir qilmaydi, emas, baribir o'z so'zini aytadi. Ikkinchidan, qiyin holatdan chiqib keta olishda kimni qandayligini ko'rib olasiz, bu orqali hayotda tarbiyalanasiz.

— Italiyalik darvozabon Federiko Botti oxirgi yillarda o'yin amaliyotiga ega bo'lmagan. Bu transfer qanchalik muvaffaqiyatli chiqadi?

— Bunga qadar u S, B Seriyada to'p tepgan. Hozirgi imkoniyatimiz shu darvozabonni olib kelishga etadi. Botti darvozabonlarimizga raqobat tug'dira oladi. Darvozabonlar murabbiyi, darvozabonimiz ham Italiyadan. Italiya darvozabonlar maktabini hamma yaxshi biladi. Men Italiya futbol maktabidan yangilik olib kirishni, yosh darvozabonlarimizga yangi narsalar o'rgatishni istadim. Tanlov shu faktor asosida amalga oshdi.

— OKMK bilan bahs jamoa va siz uchun principial ahamiyatga ega...

— Mirjalol Qosimov jamoasini yaxshi bilamiz, yaxshi shakllangan tarkibga ega. Hujumkor futbol ko'rsatadi. O'tgan mavsum birinchi davrada biz g'alaba qozongan, ikkinchi davrada esa mag'lub bo'lgan edik. Yakunda turnir jadvalida kichik farq bilan ortda qoldira oldik. Bu yil boshqacha kechadi. Tabiiyki, ular favorit maqomida. Lekin biz ham munosib kurash taqdim qilamiz. Kuchli raqibga qarshi maydonda bir daqiqa ham to'xtamasligimiz lozim.

 Murabbiylar shtabida yangi nomlar paydo bo'ldi. Italiyalik mutaxassislar atrofingizda jamlandi. Bu haqida malumot bersangiz?

— Shtabda nafaqat italiyalik, balki o'zbekistonlik murabbiylar ham borligini aytish kerak. Men atrofimga shunchaki italiyaliklarni yig'ib olmoqchi emasman. Italiyalik murabbiylar bu erda bir umr ishlamaydi. Maqsadim — ulardan o'zbek futboliga nimadir qolsin.

Reyting: +4   

Fikrlar

+1   
24 fev 21:28:59
Abdusalom Mirzayev
Майлида, рангбаранглик олиб киряпти, катта бўлмаган бюджет ҳисобига
   
26 fev 02:34:20
МЕNТАL!SТ
Akbar Umarov foydalanuvchining fikriga javob berish
Bunyodkor FC hozirda katta moliyaviy muammolar kuzatilyapti lekin bunday holat yosh Futbolchilar uchun katta imkoniyatlar taqdim etadida.
Buvini amiga
   
24 fev 21:02:51
Nod34 34
Joxongir otajonovni egizagiga uxshaydi, yo familyasi bir xilmi bilmadim
   
24 fev 17:50:25
Haqiqat-2
Akbar Umarov foydalanuvchining fikriga javob berish
Ilyos Zeytullaev 1979 yilda Angrenda tug'ilgan lekin yoshini 1984 yil qilib o'zgartirgan
Одил Аҳмедов ва Александр Гейнрихчи?
   
24 fev 17:43:20
Bilolmuhammad
Akbar Umarov foydalanuvchining fikriga javob berish
Ilyos Zeytullaev 1979 yilda Angrenda tug'ilgan lekin yoshini 1984 yil qilib o'zgartirgan
Toʻgʻri Yoshi urilganini oʻzi ham tan olgan lekin 1979 emas 1982 yil ekan asl pasportida. Keyinchalik asl yilini toʻgʻirlatgan ekan
   
24 fev 16:48:08
Akbar Umarov
Haqiqat-2 foydalanuvchining fikriga javob berish
Ёшининг урилганини тан олган ЭРКАК!
Ilyos Zeytullaev 1979 yilda Angrenda tug'ilgan lekin yoshini 1984 yil qilib o'zgartirgan
   
24 fev 16:47:59
Akbar Umarov
Haqiqat-2 foydalanuvchining fikriga javob berish
Ёшининг урилганини тан олган ЭРКАК!
Ilyos Zeytullaev 1979 yilda Angrenda tug'ilgan lekin yoshini 1984 yil qilib o'zgartirgan
   
24 fev 16:46:50
Akbar Umarov
Bunyodkor FC hozirda katta moliyaviy muammolar kuzatilyapti lekin bunday holat yosh Futbolchilar uchun katta imkoniyatlar taqdim etadida.
   
24 fev 16:46:23
Akbar Umarov
Bunyodkor FC hozirda katta moliyaviy muammolar kuzatilyapti lekin bunday holat yosh Futbolchilar uchun katta imkoniyatlar taqdim etadida.
   
24 fev 16:44:47
Haqiqat-2
Ёшининг урилганини тан олган ЭРКАК!
championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика