So’nggi yangiliklar

23:37"Пахтакор" 7 ўйин деганда Суперлигада "Насаф"ни мағлуб этди  0 23:13Дуайт Йорк "Юнайтед"да Шешконинг ўрнига кимни ўйнатиш кераклигини айтди  0 22:50Каррагер "Ливерпуль" ҳақида: "Мавсумни тўлақонли пароканда қилиш учун марказий ҳимоячи жароҳат олса бўлгани"  0 22:16Жорди Альба: "Ямал ва Мессини солиштириш нотўғри"  0 21:54Камолиддин Тожиев: "Мухлисларга ёқадиган ўйин бўлди"  2 21:39Рўзиқул Бердиев "Пахтакор" майдонидаги мағлубиятдан кейин нималар деди?  31 21:21Аденис Шала: "Пахтакор"дан яхшироқ ўйнадик"  4 20:59Игорь Сергеев: "Мавсумни муносиб якунлаш керак"  2 20:39"Сурхон"нинг футболчилари олдида қарзлари бор  14 20:19Суперлига. "Пахтакор" "Насаф"ни мағлуб этиб, турнир жадвалида ортда қолдирди  167 20:05Суперлига. "Сурхон" – ОКМК 0:0  0 19:47Бьелса Уругвай терма жамоасини тарк этиши мумкин  1 19:18Миржалол Қосимов жамоасининг ушбу мавсумдаги ўйинларига неча баҳо қўйди?  4 19:05Февзи Давлетов: "Бу каби баҳсларда кўп ҳам вазиятлар яратилмайди"  0 18:52Kelme бренди Аёллар Осиё Кубоги-2026 мусобақаси учун расмий тўпни тақдим этди  0

Ilyos Qurbonov: "Hayot-mamot o'yinida zafar quchdik. "Nasaf"ga qarshi ham g'alaba uchun maydonga chiqamiz" Yangiliklar

Ilyos Qurbonov: "Hayot-mamot o'yinida zafar quchdik. "Nasaf"ga qarshi ham g'alaba uchun maydonga chiqamiz"

Superliga 25-tur doirasidagi "Metallurg" - "Surxon" o'yinidan so'ng mezbonlar bosh murabbiy vazifasini bajaruvchi Ilyos Qurbonov matbuot anjumanida ishtirok etdi.

— "Surxon" O'zbekiston chempionatida eng tartibli va hujumkor futbol o'ynaydigan jamoa. Raqibni o'rganish va tahlil qilish uchun ikki hafta vaqtimiz bor edi va bu amalda ish berdi. Bir qancha vaziyatlar bo'ldi va o'yin taqdirini ertaroq hal qilishimiz ham mumkin edi. Bahs so'nggiga qadar asabiy o'tdi va uch ochko biz uchun juda ham muhim edi. Mag'lubiyatga uchragan taqdirimizda Pro ligaga ravona bo'lishimiz aniq bo'lardi. SHu bilan birga, Qarshida ham munosib o'ynaymiz deb o'ylayman.


— Bugun menga "Metallurg" himoyachisi Oleksandr Kucherenko Klod Makeleleni eslatdi. U ham mudofaada, ham hujumda ajoyib o'ynadi. Nima deb o'ylaysiz, agar jamoa mavsum so'nggida o'z maqsadlariga etsa, ushbu himoyachini jamoada olib qolasizmi?

— Kucherenko oldingi o'yinlarda ham ajoyib harakat qilgandi. "Surxon" o'yinchilari oldinda to'rt kishi bo'lib harakatlanadi va pastroqqa tushib to'pni egallashardi. Biz o'yinga tayyorgarlik chog'ida Kucherenko va Majidovga raqibga to'pni qabul qilishga imkon bermaslik, ko'proq Abdusalomov va Jumaevni yopish kerak edi. Kucherenkoning bu harakatlari gol bilan mukofotlandi. Rejalarimizga kelsak, uning shartnomasi keyingi yilda ham davom etadi, agar vazifalarni bajarsak, u biz bilan qoladi va jamoaga yordam beradi deb o'ylayman.

— Jamoa legionerlari bo'lmish Yosovich va Sekulich maydonga tushmayapti. Buning sababi nimada?

— Yosovich ikki oy davomida jarohatini tiklash bilan band bo'ldi va o'n kundan beri umumiy guruhda shug'ullanmoqda. Oldin takidlaganimdek, bizda hujumchilar ko'p. Sekulichga ham imkoniyat berildi, ammo bugun qarshi hujumda o'ynamoqchi edik va bizga tezkor hujumchilar kerak edi. Masalan, Daler SHaripov.

— Bosh murabbiy sifatida yaqinda ish boshladingiz va OAVda siz haqingizda iliq fikrlar bor. Umuman, jahon futbolidan qaysi mutaxassislarning ishlarini kuzatasiz va jamoangizni qaysi uslubda o'ynatishga intilasiz?

— Avvalambor, har qanday murabbiy tarkibida bor o'yinchilarga qarab o'yin tuzadi. Bizning markaziy chizig'imizda mehnatkash yigitlar juda ko'p va shu sabab zich va qarshi va hujumda o'ynashga harakat qilamiz. Menga "Manchester Siti" bosh murabbiyi Xosep Gvardiola yoqadi. Unikidek jamoa qilish qiyin, ammo shuni xohlardim.

— Kecha "Nasaf" bosh murabbiyi Ro'ziqul Berdiev "Neftchi" bilan o'yindan so'ng "Metallurg" bilan ham yoshlarni o'yinga qo'yamiz deb aytdi. Bunga qanday izoh berasiz?

— Ro'ziqul Berdiev bilan to'rt yil mobaynida Qarshida, bitta jamoada o'ynaganman. Oilasi va o'zi bilan yaxshi tanishman. Ha, yoshlar bilan o'ynaymiz deb intervyu berishdi. Bunday chempion va OCHLda o'ynaydigan jamoada ikkita bir xil tarkib bo'ladi. Hatto yoshlar tushirilgan taqdirda ham, aynan ular katta ishtiyoq bilan harakat qilishadi. Nima bo'lganda ham oson o'yin bo'lmaydi, biz g'alaba uchun maydonga chiqamiz.

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика