So’nggi yangiliklar

21:10Жозе Моуринью Арда Гюлерни жамоасига олиб келмоқчи  0 20:47Россия термаси октябрь ойидаги ФИФА кунларида ўйин ўтказмайди. Ўйинчилар очиқ машғулот ўтказиб, клубларига қайтишади  4 20:21Расман: "Сўғдиёна" жамоанинг асосий ўйинчиси билан шартномани узайтирди  3 19:56Англия футбол ассоциацияси Пакетани футболдан умрбод четлатишга чақирмоқда  3 19:31Шайхлар "Сент-Жеймс Парк" стадионини реконструкция қилиш учун 1 млрд фунт сармоя киритади  0 19:02Нико Уильямс жароҳати сабаб Испания терма жамоаси ўйинларини ўтказиб юборади  0 18:39Ўзбекистон МТЖ Эронга қарши ўйин олдидан расмий машғулот ўтказди ГАЛЕРЕЯ  15 18:21"Футбол олами". Фарғонадаги "Аср финали" қандай ўтди?   9 18:13Аббос Файзуллаев: "Таркибимиздаги барча футболчилар ўз чемпионатларида яхши формага кириб олишди. Бу бизга анча қўл келади"  3 17:39ПСЖда можаро: футболчилар Луис Энрикенинг тактикасидан норози  1 17:12Сердар Азмун: "Ўзбекистон терма жамоаси сўнгги маротаба бизга жиддий муаммо туғдирганига 12 йил вақт бўлди"  43 16:58Икки турда максимал натижа: Эрон устидан тарихий ғалабага эришамиз(ми)?  10 16:36"Барселона" Войцех Шенснини Чемпионлар Лигаси учун рўйхатдан ўтказди  1 16:07"Коринтианс" молиявий муаммолар гирдобида: Депай Бразилияни тарк этиши мумкин  1 15:38"Бавария" Мусиала билан шартномани янгилаб қўймоқчи  0

Ilhom Mo'minjonov: “Raqibga qarab taktika tanlaymiz” Yangiliklar

Ilhom Mo'minjonov: “Raqibga qarab taktika tanlaymiz”

Superliga 12-turi doirasidagi “Navbahor” – “Metallurg” (3:0) uchrashuvidan keyingi matbuot anjumanining birinchi qismida “lochinlar” ustozi Ilhom MO'MINJONOV va jamoa hujumchisi Azamat ALLANIYOZOV ishtirok etishdi.

Ilhom Mo'minjonov (“Navbahor” bosh murabbiyi): - Uch kun oldin uchrashuv o'tkazishgani bois, bugungi o'yinda shogirdlarimda charchoq alomatlari bor edi. Ikkinchi bo'limda yigitlarga shunga bog'liq ko'rsatma berdik va ular shunga amal qilib, yirik hisobda g'alaba qozonishdi. Bundan xursandmiz. Bugungi bahs taqdirini zaxiradan maydonga tushgan futbolchilar hal qilishdi. Ayniqsa, shogirdim Azamat Allaniyozovni ajoyib o'yin va  “xet-trik” bilan tabriklayman.

“Metallurg” futbolchilari bizga qaraganda ko'proq dam olishdi. SHuning uchun bugun 2ta bo'limda ikki xil o'yin guvohiga aylandik. Tanaffusdnkeyin shogirdalarim o'z irodalarini anmoyish etib, yirik hisobdagi g'alabani tantana qilishdi. 

Hujumkor futbol namoyish etish boorasida to'xtaladigan bo'lsam, biz raqibga qarab, taktika tanlaymiz. Bugungi bahsning ikkinchi bo'limida hujumkor futbol namoyish etgandik, buning natijasida yirik hisobda zafar quchdik.     

Azamat Allaniyozov (“Navbahor” hujumchisi): - Avvalo bugungi g'alaba bilan barcha namanganlik muxlislarni tabriklayman. Murabbiylarimizning ko'rsatmalarini maydonda to'liq bajarib, g'alaba qozonishga muvaffaq bo'ldik. Bundan xursandmiz. Maydonga bugun o'zgacha ishtiyoqda tushgandim va gol urishimni sezgandim. Asoosiysi, jamoamizga ko'proq foyda keltirsam bo'ldi. 

Uchrashuvning ilk daqiqalaridan maydonda harakatlanganimda, nechta to'p kiritgan bo'lardim? Bilmadimu, lekin gol urishim aniq edi.

“Navbahor” PFK matbuot xizmati.


Reyting: +37   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика